Jahon adabiyoti xazinasidan. Muhammad Fuzuliy, Sa'diy Sheroziy

Jahon adabiyoti xazinasidan. Muhammad Fuzuliy, Sa'diy Sheroziy

O'quvchilarga / Adabiyot
Jahon adabiyoti xazinasidan. Muhammad Fuzuliy, Sa'diy Sheroziy - rasmi

Material tavsifi

Jahon adabiyoti xazinasidan. Fuzuliy, Sa'diy Sheroziy Dars rejasi: 1. Sa'diy Sheroziyning hayoti va asarlari. 2. M.Fuzuliyning sharq xalqlari adabiyotidagi o'rni. 3. Fuzuliy g'azallarining o'ziga xos tomonlari. Tayanch so'z va iboralar: Shoir taxallusining ma'nosi, lirikasi, hikmatlar to'plami, Guliston, Bo'stonda insoniy fazilatlar, Gulistondan parchalar, hikoyatlarning ma'rifiy va tarbiyaviy ahamiyati, Fuzuliyning hayoti va ijodiy yo'li, g'azallarida ifodalangan yuksak badiiy mahorat, ishq va oshiqlik zavqi tasviri. XII arsdan e'tiboran Sharq-u G'arbda keng tanilgan va mashhur bo'lib ketgan o'lmas san'atkorlardan biri Sa'diy Sheroziydir. Uning to'liq ismi Abu Abduloh Mushrifiddin ibn Musliddin Sa'diy Sheroziy bo'lib, xalq orasida Shayx Sa'diy, Sa'diy Sheroziy kabi barchaga tushunarli va yaqin nomlar orqali mashhurdur. Unga hurmat va ehtirom yuzasidan ustoz va rahbar ma'nosida Shayx laqabi qo'shib ishlatilgan. Sa'diy Sheroziyning tug'ilgan yili aniq emas. Ayrim manbalarda shoir 580 hijriy (1148 milodiy), 589 hijriy (1193 milodiy) yoki 1203-1208 yillar taxmin etiladi. Qadimiy adabiyotchilar, tazkirachilar Sa'diy hayoti va faoliyatini afsonalashtirib, u 102 yil umr ko'rgani, shundan 12 yilini bolalikda o'tkazib qolgan 30 yilini o'qish-o'rganishiga, 30 yilini sayr-u sayohatga, qolgan 30 yilini ilm-u ijodga bag'ishlaganini aytadilar. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, Sa'diy 120 yil umr ko'rgan bo'lib, shundan 40 yilini esa sayohatda bo'lganligini, 40 yilini esa Sherozda ilmiy va badiiy ijod bilan shug'ullanib o'tkazganligini ta'kidlaydi. Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadi. San'atkor Sherozda tug'ilib, uzoq umr ko'rgan, ko'p sayr-u sayohatlarda bo'lgan va jahonga mashhur she'riy va nasriy asarlar yaratgan. Fors-tojik adabiyoti tarixida Sa'diyning mavqeyi, tutgan o'rni nihoyatda baland. U avlodlarga xilma-xil janrlarda yozilgan juda ko'p asarlarni meros qoldirdi. Ular orasida 1257-yilda yozilgan Bo'ston asarlari bor. Bu kitoblar talay asarlar eski maktablarda qo'llanma sifatida o'qitildi, muallif nomini ellarga butun jahonga mashhur qildi. Guliston 8 bobdan, iborat bo'lib, unda ta'lim - ta'rbiyaviy mazmundagi hikoyalar va she'riy uslubda yozilgan hikmatlar mavjud. Jahondagi ko'p mamlakatlarni kezib, juda ko'p odamlar, voqealar bilan tanishgan adib yozilgan mo'jazgina hikoyalarda o'z zamondoshlari va keyingi avlodlaga saboq bo'larlik gaplar aytadi. Ulardan inson hayoti uchun zarur bo'lgan hayotiy xulosalar, umumlashmalar kelib chiqadi. Bu o'git va pand-nasihatlarni quloqqa olib, unga amal qilgan kishilar, shubhasiz, hayotda katta martabalarga erishadilar, boy-badavlat, tinch va farovon hayot kechiradilar. Sa'diy hikoyalariga aksariyat paytlarda beg'ubor kulgi payvand etilgan bo'lib, inson xulq-atvori, axloq-odobi takomillashuviga ijtimoiy ta'sir qiladi. Sa'diyning Bo'ston asari she'riy uslubda yozilgan bo'lib, u 10 ta bobdan iborat. Bu asar ta'limiy-tarbiyaviy ruhdagi ibratli hikoyatlardan tuzilgan. Ulardan shoir inson va jamiyat, insonlararo munosabat, ma'naviy - axloqiy fazilatlar haqidagi muhim fikr-mulohazalarini ifoda etadi, vatanparvarlikni, odamgarchilikni, mehhatsevarlik va ilm - ma'rifatni ulug'laydi. Masalan: inson o'z hayotida ro'baro' bo'lishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.8 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.8 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga