Jahon Otin Uvaysiy. G'azallar. Dars rejasi: 1. Uvaysiy hayoti va ijodi. 2. Uvaysiy she'riyatining mavzu ko'lami. 3. Shoira chistonlari. Tayanch so'z va iboralar: Oilaviy muhit, ota-ona tarbiyasi, ijodiy faoliyati, Nodirabegim bilan yaqinlashuvi, adabiy merosi, she'larining janriy tarkibi, onalik baxti, farzand sog'inchi. Yirik o'zbek mumtoz shoirasi Jahon Otin Uvaysiy 1780-yillarning oxirlarida Marg'ilonning Childuxtaron mahallasida tug'ildi. Otasi Siddiq, Bobo onasi esa Chinni bibi ismli ayol edi. Siddiq bobo madrasa ta'limini olgan, adabiyot va musiqa ilmidan xabardor kosib-hunarmand bo'lgan. U fors - tojik, o'zbek tillarida she'r yozganidan mahalliy aholi orasida Hofiz bobo nomi bilan ham shuhrat topgan. Chinni bibi mahalliy kosiblar bolalariga xat - savob o'rgatib, maktabdorlik qiluvchi ma'rifatli ayol edi. Jahon Otin o'tkir zehni tufayli juda tez savod chiqarganligidan maktabda xalifalik vazifasini bajarib, ma'rifat tarqatishda onasiga yaqindan yordamlashgan. Fors-tojik va arab tillarini, badiiy adabiyot qoidalarini Jahon Otin otasidan o'rgandi. Shoiraning akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Otasi va akasi Jahon Otinga dutor, tanbur chalishni o'rgatdilar, musiqa ilmidan nazariy hamda amaliy ma'lumot berdilar. Jahon Otin Sharq mumtoz adabiy merosini mustaqil ravishda mutolaa etdi. U mana shu yo'sinda adabiy - ma'rifiy jihatdan balog'at qozondi. Jahon Otinning otasi erta vafot etdi. Onasi va akasi Oxunjon hofis 17 yoshli Jahon Otinni marg'ilonlik ziyoli Hojixonga uzatdilar. Shoira farzandlarini ham ziyoli, ma'rifatli insonlar yetib tarbiyalashga imkon qadar intildi. Uvaysiy umr yo'ldoshidan bevaqt judo bo'ldi. Qo'qon xonligi taxtiga ko'tarilgan Umarxon Nodira iltimosiga binoan Uvaysiyni ikki farzandi bilan birga Qo'qonga ko'chirtiradi. Uvaysiy Nodiraning doimiy homiyligida hayot kechiradi va ijod etadi. Uvaysiyning Ojiza, Jahon bibi, Hayot, Baqo, Dilorom ismli shoira shogirdlari bo'lganligi ma'lum. Amir Umarxon vafotidan keyin, Qo'qon xonligi Muhammadalixon tasarrufiga o'tgach Uvaysiy, Nodira va umuman ijod ahlining taqdiri tanazzuliga yuz tutdi. Shoiraning moddiy va ma'naviy-ruhiy ahvoli yomonlashdi. Qo'qondagi homiysi hamda boshpanasidan mahrum bo'ldi. O'g'lini diydoriga muyassar bo'lolmay, Nodiraning maslahatiga kirib, yolg'iz qizi bilan Marg'ilonga qaytdi. Uvaysiy bor murabbiylik mahoratini, onalik mehrini safarbar etib, go'zal qizi Quyoshxonni barkamol inson, yetuk shoira darajasida ulg'aytirdi. Quyoshxon Xokiy taxallusi bilan she'lar yozar, dutor va tanburda ajoyib kuylar chalar edi. Ammo Quyoshxon Abdusamad qori nomli kishiga uzatiladi, ijodiy fazilatlari unga yoqmasdi, qattiq siquvga olinib, azob - uqubatda 30 yoshida olamdan ko'z yumadi. Jabrdiyda Uvaysiyning so'nggi ilinji bir yoshar yetim qolgan nabirasi bibi Xadichaning insoniy - ijodiy balog'atga yetkazish bo'lib qoladi. Lekin farzandlari singari bu orzu ham juvonmarg bo'ladi. Xadicha 10-11 yoshlarga yetganida, 1850-yilda Uvaysiy Margilonda vafot etadi. Uvaysiy avlodlaridan bir qator shoir va shoiralar sulolasi yetishib chiqqan. Ko'rib o'tganimizdek, Jahon Otin Uvaysiyning daftari munavvar sahifalar ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:48:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.01 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:48 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.01 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:14 ]
Arxiv ichida: doc