Lutfiy va uning ijodida insoniy fazilatlar

Lutfiy va uning ijodida insoniy fazilatlar

O'quvchilarga / Adabiyot
Lutfiy va uning ijodida insoniy fazilatlar - rasmi

Material tavsifi

Lutfiy. Shoir ijodida insoniy fazilatlar. Dars rejasi: 1. Lutfiyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida. 2. Shoir haqida ma'lumot beruvchi manbalar. 3. Shoirning ijodida insoniy fazilatlarning ulug'lanishi. Tayanch so'z va iboralar: Shoirning hayoti va ijodiy faoliyati, Malik ul-kalom, Lutfiy ijodi bo'yicha ma'lumot beruvchi manbalar, g'azallari, shoir lirikasining sehrlovchi kuchi, majoziy ishqning kuylanishi, she'riy san'atlar. O'zbek adabiyoti tarixining Alisher Navoiygacha bo'lgan davridagi eng yirik siymolaridan biri Mavlona Lutfiydir. O'zbek tilining izohli lug'atida Mavlon so'ziga shunday izoh berilgan: Musulmon sharqida olim va fozil kishilarni, ustozlarni ulug'lab, ularning nomlariga qo'shib ishlatiladigan so'z. Demak, Lutfiy nomiga Mavlono so'zining qo'shilishi o'z zamondoshlarining yuksak e'tibori va hurmati razmi deb tushinilmog'i kerak. Lutfiyning asl nomi Lutfulladir. U Hirot yaqinidagi Dehikanor qishlog'ida 1366-yilda dunyoga kelgan. Bu haqida Alisher Navoiy Nasoyim ul-muhabbat asarida shunday yozilgan. To'qson to'qqiz yoshda olamdan o'tdi, qabri Dehikanordadur. O'z maskani erdi. Bu faqir borasiga ko'p iltifoti bor erdi va fotihalar o'qur erdi. Xondamir Maqorim ul-axloq asarida Lutfiyni turkiy tilda Navoiygacha bo'lgan davrda ijod qilgan eng yirik shoir sifatida ta'riflaydi. Uning xassos qalbi va o'ta kamtarinligini ta'kidlab, bir voqeani eslatadi. Yosh Alisher Lutfiy huzurida ushbu bayt bilan boshlanadigan g'azalni o'qiydi. Orazin yopqach, ko'zumdin sochilur har lahza yosh, Bo'ylakim paydo bo'lu,r yulduz nihon o'lg'och quyosh. Mavlaviy janoblari, - deb yozadi Xondamir, - bu ravshan va yorqin g'azalni eshitib, hayronlik dengiziga tushdi va shunday deydi: Qasam tangrigaki, agar mumkin bo'lsa edi, men o'zimning fors va turk tillarida aytgan o'n ikki ming baytimni shu g'azalga almashar edim. Va shunday bo'lgan taqdirda men o'zimni katta maqsadga erishgan hisoblar edim. Bu yerda shoir ijodining hajmi 12 ming bayt, demak 24 ming misra ekani haqida ham eslatma mavjud. Demak, shoirning bundan ko'proq ijod qilganini taxmin etish mumkin. Chunki bu voqea Navoiyning juda yosh paytiga to'g'ri keladi. Vaholanki, Lutfiy olamdan o'tganida Navoiy 24 yoshda edi. Lutfiy iste'dodli shoir va nozik didli tarjimon ham bo'lgan. U Sharafiddin Ali Yazdiyning Zafarnoma asari tarjimasini boshlab qo'ygan edi. Adibning ikkita devoni bizgacha yetib kelgan. Devon muayyan tartibga, ko'pincha radif va qofiyalariga rioya etgan holda alifbo sirasi bilan tuzilgan to'liq she'rlar to'plamidir. Lutfiy o'zbek adabiyotini o'z g'azal, tuyuq va qit'alari bilan boyitgan adibdir. Lutfiy g'azaliyotidagi asosiy mavzu - ishq. Adib tasviridagi oshiq sadoqat timsoli. U o'z ishqiga mahbubining ham to'la ishonishini istaydi. Sensan sevarim, hoh inon, hoh inonma, Qondur jigarim, hoh inon, hoh inonma. Ayriliqdagi oshiq uyqu nimaligini bilmaydi. U tunlarni tonglarga ulaydi. Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh, Ohi saharim, hoh inon, hoh inonma. Bu yerda qorong'ilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.87 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.87 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga