Muqimiy lirikasi

Muqimiy lirikasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Muqimiy lirikasi - rasmi

Material tavsifi

Muqimiy lirikasi Dars rejasi: 1. Muqimiyning hayoti va faoliyati. 2. Shoirning adabiy merosi. 3. Muqimiy lirikasi, hajviyoti, sayohatnomalari, maktuboti. Tayanch so'z va iboralar: Shoirning hayoti va faoliyati, ijodiy merosi, shoir lirikasi, murabba', hajviyoti, sayohatnomalari, shoir g'azallarida tabiat tasviri, Oshiq bo'libman…, Surma qo'ymay…, Navbahor g'azallarida ishq-muqaddas tuyg'u, bahor-hayot ramzi sifatida. Muqimiy she'riyati badiiyati, shoirning she'riy san'at qo'llash mahorati. She'riy san'atlar haqida ma'lumot. Muhammad Aminxo'ja Mirzaxo'ja o'g'li Muqimiy 1850-yilda Qo'qonda novvoy oilasida tug'ildi.Otasi Mirzaxo'ja asli toshkentlik, onasi Bibioysha xo'jandlik bo'lgan. Ular to'rt qiz, bir o'g'il ko'rganlar. Muhammad Aminxo'janing onasi Bibioysha adabiyot va san'atni sevuvchi, so'zga usta ayollardan bo'lgan. Uni yaqindan bilgan o'rtoqlari Xumorbibi der ekanlar. Yosh Muhammad Aminxo'janing she'rga havas qo'yishida onasining xizmatlari katta bo'lgan. Bo'lajak shoir eski maktabda xar-savod chiqargach, 1864-yil Qo'qon madrasalaridan birida o'qiydi. 1872-1873-yillarda Qo'qon madrasalarini bitirib, Buxoroga yo'l oladi. 1876-yilgacha bu yerda ta'lim oladi. Shoir Muqimiy 80-yillarda og'ir iqtisodiy tanglikda yashagan.1890-yil oatsidan qolgan yerni sotib, madrasa hujrasiga ko'chib o'tishga majbur bo'ladi. Xattotlik hunari joniga oro kiradi. Kishilar uchun xat yozib, kitob ko'chirib, shundan keladigan daromad hisobiga kun o'tkazgan. Muqimiy hayotining so'nggi yillari kasallikda kechdi. Quloq og'rig'i, so'ng yaraqon (jigar xastaligi) shoirni qiynab qo'yadi.1902-yil 16-dekabrda Andijonda dahshatli zilzila yuz beradi. Shir bundan qattiq larzaga tushadi. Shaharga borib, ofat oqibatlarini o'z ko'zi bilan ko'radi va iztirob to'la tarix-marsiya bitadi. She'r shoir o'limidan biro y oldinTurkiston viloyatining gazetida bosiladi. Muqimiy 1903-yil 25-mayda vafot etdi. Muqimiyning bizga yetib kelgan ijodiy merosi 10 ming misra atrofida deb taxmin qilinadi. Ular asosan lirika va hajviyotdan, oz qismi esa sayohtnoma va maktublardan iborat. Muqimiyning juda ko'p g'azallari uning tirikligidayoq qo'shiq qilib kuylangan. Bu g'azallarning mavui aksariyat an'anaviy, yor haqida. Shoir so'zning xilma-xil ma'nolaridan, ohang tovlanishlaridan unumli foydalanadi. Ichki qofiyaning ajoyib namunalartini yaratadi: Tiyg'ing mening qonimdadur,zulfing giribonimdadur, Yuz ming alam jonimdadur, man mubtalo qayga boray?! Muqimiy lirik janrlardan murabba'ga alohida e'tibor berdi. Ma'lumki, murabba' boshqa janrlardan avvalo vazn va qofiyasiga ko'ra farqlanadi. Ruboiy faqat hazaj bahrida ytozilsa, murabba' uchun bunday cheklanishlar yo'q.Ruboiy to'rtlikdir, murabba' esa bir necha to'rtliklar qo'shilishidanyaxlit asar bo'ladi va ular a a a a, b b b a, v v v a shaklida qofiyalanadi. Muqimiyning murabba'lari yigirmadan ortiq, deyarli hammasi ishqiy mavzuda. Ohangdor, ravon. Masalan: Emdi sandek jono, jonon qaydadur, Ko'rib gul yuzingni bog'da bandadur, Saqlay ishqing toki jonim tandadur, O'zim har joydaman, ko'nglim sandadur. Mehring o'ti tushti nogah jonlarga, Parvoyim yo'q zarra xon-u monlarga, Lola yanglig' to'lib bag'rim qonlarga, O'zim har joydaman, ko'nglim sandadur. Erta-yu kech fikr-u zikrim xayolim, Bir so'rmading: Nalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.64 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.64 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga