Musa Jalil Hayoti va Ijodi Tatar xalqining zabardast shoiri Musa Mustafievich Jalilov (Musa Jalil) Orenburg gubernasiga qarashli Mustafo qishlog'ida kambag'al dehqon oilasida tug'ildi. Dastlab Orenburgdagi Husayniya madrasasida tahsil oldi. U 1931 yilda Moskva Davlat universitetining adabiyot fakultetini bitirgach, tatar tilida bosiladigan «Kichkina», «Oktyabr bolasi» jurnallari redaktsiyalarida muharrirlik vazifasida ishladi. Ulug' Vatan urushi arafasida Tatariston yozuvchilar soyuzining mas'ul kotibi vazifasida ishladi. Urushda qattiq yaralangan Musa asirga olinib, 1944 yilda fashistlar tomonidan Berlindagi Shpandav turmasida qatl etildi. Musa Jalilning ijodi 1919 yildan boshlandi. Uning ko'p tillarga tarjima qilingan «Moabit daftari» she'rlar to'plami 1957 yilda Lenin mukofoti bilan taqdirlandi. Musa Jalilning «Moabit daftari» to'plami o'zbek tiliga tarjima kilinib, alohida kitob shaklida nashr ettirildi. ERK O'zim xohlab yura olmagach, Yo'q oyog'im, demak, yo'q qo'lim. Qandayin farq, erkim bo'lmagach, Bor bo'lganim yoki yo'qligim. Otam, onam yo'qdir yurtimda, Aytingiz, men yetim edimmi? Men yo'qotdim «d»(ushman) yerida Otamdan ham yaqin elimni. Qulman bunda yurtsiz va erksiz, Erksiz hamda elsiz-men o'ksiz: Ota-onam garchi bo'lsa-da, Joyim bo'lar edi bo'sag'a. Bo'lar edim hamon men yetim, Va talangan itlar bilan teng. Oltin erkim, ozod turmushim, Qayga uchding uchar qush bo'lib? So'nggi damim nega uchmadi Sening bilan birga qo'shilib? Bilarmidim erkning qimmatin Totgan chog'da erkning bahrini; Og'ir qullik jabrini tortib, Endi bildim erkning qadrini! Quvontirsa taqdir ko'nglimni, Yetishtirib erkka - yo'ldoshga, Bag'ishlardim qolgan umrimni Erk uchun bu ezgu kurashga. 1942 KECHIR, YURTIM Kechir meni, yurtim, sening buyuk Noming bilan kurashib jangda, Shonli o'lim bilan ko'molmadim Bu tanimni men so'nggi damda. Yo'q, o'zimning kichik zarraday Umrim uchun seni sotmadim. Volxov guvoh bo'lar, jang ontin So'ng damgacha dog'siz saqladim. Men qo'rqmadim, boshga yomg'ir kabi To'p o'qlari yoqqanida ham. Yo'qotmadim o'zni, o'lik bilan To'lganda ham atrof-aylanam. Oldda-ortda va o'ngu so'lda Kesilsa ham yo'lim; ko'kragim- O'q yeb, qonga belanganda ham, Bo'sh kelmadim, yoshim to'kmadim. Men qarshimda ko'rdim qoq suyak - Shum o'limning qora ko'lkasin. Kelgil, o'lim, qolgan bu umrim Tutqunlikda tamom bo'lmasin! Men emasmi yoriga yozgan: «Xafa bo'lma, jonginam, biroq, So'nggi qonim tomsin, mayliga, Pok ontimga to'shmayajak dog'!» Men emasmi, she'r o'ti bilan, Yurak bilan ont ichgan jangda: «O'limga men nafratim bilan Jilmayarman eng so'nggi damda». «Chidam berar sevging so'nggi jang, Shum o'limning azoblariga. Yurtim, seni sevganligimni Qonim bilan yozarman yerga». «Tinch uxlardim butun hayotim Bag'ishlasam agar yurt uchun!» Mana shu ont madori bo'ldi, Ishon, yurtim, qalbim tepishin. Taqdir kuldi, o'lim tegmasdan Utib ketdi, qilmadi jur'at, Netay, axir, so'nggi minutda Pistoletim qildi xiyonat! Chayon o'zin chaqar so'ng damda, Burgut jardan tikka tashlanar. Men ham burgut edim-ku, ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:48:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.14 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:48 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.14 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:23 ]
Arxiv ichida: docx