Navoiyning avtobiografik g'azallarida ijtimoiy motivlar

Navoiyning avtobiografik g'azallarida ijtimoiy motivlar

O'quvchilarga / Adabiyot
Navoiyning avtobiografik g'azallarida ijtimoiy motivlar - rasmi

Material tavsifi

Navoiyning avtobiografik g'azallarida ijtimoiy motivlar Ma'lumki, XV asr va undan keyingi davrlar o'zbek lirik shoirlari ijodida bo'lganidek, o'n oltita janrdan tashkil topgan Navoiy lirikasi doirasida g'azal yetakchi o'rin tutadi. Navoiy g'azallari faqat son jihatidan emas, balki g'oyaviy-badiiy salmog'i jihatidan ham o'rta asr g'azalchiligining yuksak namunalaridan bo'lib qoldi. O'zbek adabiyotidagi mavjud g'azal namunalari XIV asrning boshlariga mansub. Rabg'uziy Qissai Rabg'uziy asari tarkibidagi Bahoriyot she'ri tavsifiy xarakterdagi g'azalning tipik namunasi hisoblanadi. Bundan tashqari, shu asar tarkibida yana 4 ta 7 baytli, 1ta 10 baytli va 1 ta 14 baytli g'azal shaklidagi she'rlar mavjud. Ularning aksariyati syujetli bo'lib, ayrimlarida qasida xarakteri ko'zga tashlanadi. Xorazmiyning Muhabbatnomasi tarkibida ham o'zbekcha va forsiy beshta g'azal mavjud. O'sha asrning ikkinchi yarmida esa o'zbek g'azalchiligi doirasi yana ham kengayganligini ko'ramiz (Sayfi Saroyi va uning zamondoshlari g'azallari). XV asrning boshlariga kelib, Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy va Gadoyilarning ko'plab g'azallari o'zbek tilidagi g'azalning yetuk namunasi sifatida keng shuhrat qozondi. Keyingi paytlarda topilgan Hofiz Xorazmiy devoni o'zbek g'azalchiligi borasida ancha samarali ijod qilinganligidan dalolat beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, o'zbek tilidagi g'azal namunalari XIV asr boshidagi yodgorliklarda uchrar ekan, bu o'zbek g'azalnavisligi ana shu davrdan boshlangan deb xulosa chiqarish uchun asos bo'lmaydi. Chunki X- XII asrga mansub ko'pgina asarlar bizning davrimizga qadar yetib kelmagan yoki hozircha topilgan emas. Buning ustiga XIV asr g'azallarining badiiy saviyasi ham o'zbek g'azalnavisligida ancha boy tajriba to'planganligidan guvohlik beradi. XV asr boshlarida esa o'zbek g'azali o'zining muayyan uslubi, tematikasi va boy tasviri vositalariga ega bo'lgan yetakchi janr sifatida mashhur bo'ldi. Hatto ko'pgina o'zbek shoirlari o'z devonlarini ham tuzganlar (Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy, Gadoyi, Hofiz Xorazmiy kabi) . Alisher Navoiy o'z ona tilida g'azallar yaratishga kirishar ekan, bu sohada vujudga kelgan bir necha asrli boy tajribalarga suyandi. Shuning uchun ham u o'ziga qadar o'zbek tilida ijod qilgan adabiyot namoyondalarini ehtirom bilan yondashib, xolisona baho beradi; ularning o'zbek tili va milliy adabiyotni rivojlantirishga o'ynagan roli va mavqeini belgilashga harakat qiladi. Alisher Navoiyning buyuk xizmati shundaki, u o'zbek lirikasini, jumladan g'azal janrini yuqori bosqichga, yuksak darajaga ko'tarish uchun kurash jarayonida faqat milliy an'analarbilangina qanoatlanib qolmay, ko'p asrlik tajribaga ega bo'lgan fors g'azalchiligining katta yutuqlari ham qunt bilan o'rganib, uning ilg'or tradisiyalarini o'zbek she'riyati taraqqiyotiga xizmat qildirdi. Navoiy g'azaliyotining yuzaga kelishida yana shunday an'analarning ma'lun rol o'ynaganligi shubhasiz, albatta. Lekin uning keyingi taraqqiyoti novator shoirning yuksak mahorati va o'ziga xos estetik prinsiplari bilan bevosita bog'langan. Navoiyning avtobiografik g'azallari haqida gapirar ekan, adabiyotshunos olim A.Hayitmetov shunday fikrlarni qayd etadi: Alisher Navoiyning avtobiografik xarakterdagi she'rlarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.03 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.03 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga