O'rta Osiyoning qomusiy olimlari

O'rta Osiyoning qomusiy olimlari

O'quvchilarga / Adabiyot
O'rta Osiyoning qomusiy olimlari - rasmi

Material tavsifi

O'rta Osiyoning qomusiy olimlari Dars rejasi: 1. Qomusiy olimlarning jahon madaniyati sivilizatsiyaga qo'shgan hissasi. 2. Qomusiy olimlar haqida ma'lumot: Al-Xorazmiy, Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy. 3. Ularning adabiyot sohasidagi xizmatlari. Tayanch so'z va iboralar: Qomusiy olimlar, milliy madaniyat, dunyoga mashhur matematik, Ikkinchi muallim, tabobat ilmi, Ibn Sinoning adabiyot ravnaqiga qo'shgan hissasi. O'rta Osiyo o'zining qomusiy olimlari bilan ham iftixor qiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, Imom Buxoriy, Imom At-Termiziy, Xoja Bahovuddin NAQSHband, Xo'ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko'plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga o'lkan hissa qo'shadilar, xalqimizning milliy iftixori bo'lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo'shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma'lum. Ana shunday qomusiy olimlardan biri Al-Xorazmiydir. Uning asl ismi Abu Abdullo Muhammad ibn Muso bo'lib, 780-yilda Xivada tug'ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Xorazmiy tarixda nomini qoldirgan buyuk asar Al-jabr val muqobala risolasidir. U keyinchalik matematikaning alohida sohasi bo'lgan algebra fanining nomiga asos bo'lgan. Ana shu asosda uning nomi Yevropamamlakatlariga ham yoyiladi. Hozirgi zamon hisoblash texnikasida keng qo'llanilayotgan algoritm atamasi ham olim nomidan kelib chiqqan. U matematikaning nazariy masalalarini o'rganish bilan cheklanmay, ularning amaliyotga tatbiq qilinishini ham ko'rsatib bergan. Xorazmiyning Kitob surat al-arz (Yerning surati) asari geografiya fani sohasidagi o'lkan kashfiyot bo'ldi. Olim tuzgan Astronomik jadvallar esa XII asrda arab tilidan lOtin tiliga tarjima qilingan va Yevropamamlakatlarida mashhur bo'lgan. Uning Yer kurrasi kattaligini aniqlash borasidagi xizmatlari ham tahsinga loyiqdir. Shuningdek , Xorazmiyning Quyosh soatlari to'g'risida, Tarix risolasi, Musiqa risolasi singari asarlar yozgani ham ma'lum. Al-Xorazmiy Ma'mun akademiyasining ilk tashkilotchilaridan va eng faol a'zolaridan biri edi. U 850-yilda Bag'dod shaharida vafot etgan. Muhammad Xorazmiyning asosiy asarlari arab tilidan atoqli olim Ashraf Ahmad tomonidan o'zbekchaga tarjima qilingan. O'rta asr mutafakkirlari orasida Abu Rayhon Beruniyning alohida o'rni bor (973-1051). Xorazmlik bu alloma afsonalarga ko'ra Navro'z (21-mart ) va Mehrjon (sentabr) bayramlaridan boshqa har kuni ilm bilan mashg'ul bo'lgan. Uning Al osor ul-boqiya an al-kurun ul-xoliya (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar) asari taqvim (kalendar) va yil hisobi, shuningdek, sug'diylar, qadimgi xorazmliklar, forslar, yunonlar, yahudiylar, xristian va musulmonlarning bayramlari, urf-odatlari tog'risida qimmatli ma'lumotlarni jamlagan. Shunga ko'ra, u O'rta O'siyo va butun Sharq xalqlari uchun muhim tarixiy manbadir. Mahmud G'aznaviy Xorazmni zabt etgach, Beruniyni o'zi bilan G'aznaga olib ketadi. U Mahmudning yurishlarida ishtirok etadi. Hindiston safarida esa Sanskrit tilini o'rganadi hamda Hindiston tarixiga oid yirik asar yozadi. Uning geografiya, minerologiya-ma'danshunoslik, astronomiya, kimyo va boshqa ko'plab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.52 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.52 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga