O'zbek xalq og'zaki ijodining janrlari, xalq dostonlari. «alpomish» qaxramonlik eposi. R E J A : Xalq og'zaki poetik ijodining janrlari rang-barangligi. Doston-xalq hayotini keng ko'lamada tasvirlovchi ishqiy qaxramonlik sifatida. Dostonlar tasnifi. «Alpomish» qaxramonlik, do'stlik, chin sevgini ulug'lovchi asar sifatida. Alpomish, Barchin, Qorajon v.b. obrazlar. «Alpomish» dostoni ustidagi bahslar. Dostonning 100 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirlar va ularning ahamiyati. A D A B I YO T L A R : Sarimsoqov B. O'zbek fol'klorining janrlari sostavi. «O'zbek fol'klorlari ocherki» 3-tomlik, T., 1988 Adabiyot nazariyasi, P-tomlik, T., 1978, 1979 Mirmunskiy V.M., Zarifov X.T. O'zbekskiy narodniy geroicheskiy epos. M., 1947 Saidov M. O'zbek xalq dostonchiligida badiiy mahorat T., 1969 Abdulaev X. Xalq dostonlari va ularning variantlari. T., 1984 Mirzaev T. «Alpomish» dostonining o'zbek variantlari. T., 1968 O'sha: Xalq bahshilarining epik repertuari. T., 1979. Boboev M. «Doston va hayot» T., 1982. O'sha: «Jizn' istoriya epos», T., 1991 Umarov S. «Tarix va doston» T., 1985 Jamoa. «Alpomish»-qahramonlik eposi» T., 199 O'ZBEK XALQ OG'ZAKI IJODINING JANRLARI Ma'lumki, adabiyot va sa'nat asarlari jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga kelib, mazkur jamiyat hayotini ifoda etib, aks ettirib, shu jamiyat bilan birga taraqqiy etadi o'z davrini yashab keyingi avlodlar uchun ham ma'naviy boylik sifatida xizmat qiladi. Muayyan ijtimoiy jamiyat yo'q bo'lib ketib, o'rniga yangi bir ijtimoiy tuzum kelishi mumkin. Lekin adabiyot va sa'nat asarlari yo'qolib ketmaydi, balki umuminsoniy ideallarni aks ettirib, muayayan davrga, xalqqa mansub bo'lgani uchun u tarixiy va abadiydir. Bu fikrlarni yozma adabiyotdan birmuncha avvalrroq paydo bo'lgan xalq og'zaki ijodiga ham tadbiq etishi mumkin. Fol'klor va uning janrlari uzoq va murakkab tarixiy yo'lni bosib o'tdi. Ming yillar davomida ijodkor xalq fol'klorning xilma-xil janrlarida boy adabiy meros yaratdi. Xalq og'zaki ijodi tarixiy kategoriya sifatida rivojlanib, boyib keldi. Fol'klorning janr formalari juda qadimiy bo'lsa-da, u hamisha o'zgarishda, rivojlanishdadir. Chunki, har bir adabiy forma, poetik janr muayyan tarixiy sharoitda turli o'zgarishlarga uchrashi, formal poetik jihatdan isloh qilinishi mumkin. Yozma adabiyotdagi adabiy turlar va janr formalari kabi fol'klordagi janr formalari ham bir-biriga ta'sir, etib bir-birini to'ldirib boradi. Aniqrog'i fol'klorda ham janrlar sintezi uzluksiz davom etadi. Xalq og'zaki ijodining janrlari bir tekisda taraqqiy etmaydi. Balki adabiyot jarayonda davr va jamiyat talabidan kelib chiqib, notekis taraqqiy etishi mumkin. Xalq og'zaki ijodining eng qadimgi janr formasi hisoblangan maqol hamma davrlar va jamiyatlarda uzluksiz taraqqiy etib keldi. Ammo bu fikrni fol'klorning yirik janri hisoblangan dostonlarga nisbatan taraqqiy etib bo'lmaydi. Chunki, Oktyabr' revolyutsiyasigacha bo'lgan davrda va revolyutsiyaning dastlabki yillarida dostonchilik ancha taraqqiy etgan bo'lsa, hozirgi ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:48:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.41 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:48 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.41 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:30 ]
Arxiv ichida: docx