Qadimiy-adabiy yodgorliklar. O'rxun-Enasoy obidalari

Qadimiy-adabiy yodgorliklar. O'rxun-Enasoy obidalari

O'quvchilarga / Adabiyot
Qadimiy-adabiy yodgorliklar. O'rxun-Enasoy obidalari - rasmi

Material tavsifi

Qadimiy-adabiy yodgorliklar. O'rxun-Enasoy obidalari Dars rejasi: Qadimiy-adabiy yodgorliklarning topilishi va o'rganilishi haqida O'rta Osiyo - qadimgi madaniyat o'choqlaridan biri Toshbitiklarning badiiy qimmati Tayanch so'z va iboralar: Obidalarning topilishi, o'rgatilishi, tosh bitiklari, turkiy xalqlar, VI -VII asr voqealari, Tunyuquq - buyuk vatanparvar shaxs, qahramonlik va vatanparvarlik g'oyasini ulug'lash. Mazkur obidalarning topilishi O'rxun hamda Enasoy daryolarning havzalari bilan bog'liq. Garchi bunday qadimiy obidalar keyinchalik Sibir va Mo'g'ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turkiston, O'rta Osiyo, Kavkaz, Volga bo'yi hatto Sharqiy Yevropadan topilgan bo'lsada tarixda bu nom muhim o'rnashib qoldi. O'rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o'rgatilishi XVII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Missershmitd yodgorlilarini Yevropailm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar. Dastlab, O'rxun, Selenga va Tuli daryolari atrofidan Shimoliy Mo'g'ilistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Ular O'rxun yodgorliklari nomini oldi. Enasoy daryosi qirg'oqlarida topilgan yodgorliklar ham shu nom bilan ataladi. Yodgorliklar topilganidan keyin ularni o'qish, o'rganish muammosi ko'ndalang bo'ldi. Ammo bu ish deyarli bir yarim asr mobaynida hech kimning qo'lidan kelmadi. Nihoyat, 1893-yildagina ularni o'qish uchun dastlabki qadam qo'yiladi. Shu yili daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V.Radlovning yodgorlilklardagi barcha harflarini o'qidilar. Shundan so'ng ularni jiddiy o'rganish boshlandi. O'rxun-Enasoy obidalari tosh bitiklari deb ham yuritiladi. Buning sababi ko'pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o'yib yozilganidadir. Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan joylar O'rxun-Enasoy daryolari atroflari, Turfon (Sharqiy Turkiston), Osiyo va Yevropaning ko'pgina joylaridir. Shunga ko'ra, ularning Mo'g'uliston, Germaniya (Berlin, Marburg, Mans), Rossiya (Sank -Peterburg, Qizil, Minsk), Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran, Suchjoy, Pekin), Buyuk Britaniya (London), Fransiya (Parij), Shvetsiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'izistonda saqlanishi kuzatiladi. Ma'lumki, turkiy xalqlar o'z davlatiga ega bo'lgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. O'rxun -Enasoy obidalari ana shu tarixni badiiy tarzda hikoya qiladi. Ular O'rta Osiyodan boshlab Dunaygacha bo'lgan o'lkan hududda o'z davlatlarini idora qilishgan. Yodgorliklar asosan VI -VII asr voqealarini aks ettiradi. V-VI asr o'rtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degan mamalakat yuzaga kelgan. Bu mamlakat O'rta Osiyo, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy o'lkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu yerlar geografik jihatdan nihoyatda qulay, buning ustiga Yevropava Sharqiy Osiyoni bog'lab turuvchi, Buyuk ipak yo'lining ustida edi. Shuning uchun ham turkiylar yashaydigan manzillarga qiziqish katta bo'lgan. Turli qabila va elatlarning doimiy hukmronlikka intilishi odatdagi hol edi. Bundan dushmanlar ham foydalanishga harakat qiladilar. Tashqi dushmanga qarshi hukmdorlikda kurashish qabila va elatlarning birlashtirishga olib keldi va 545-yilda Turk hoqonligi yuzaga keldi. Bu hoqonlik VII asrgacha hukmronlik qildi. Tosh bitiklarning katta qismi ana shu hoqonlikning o'ziga xos ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.82 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.82 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga