Mumtoz adabiyot chashmalari. Rabg'uziy Qissasi Rabg'uziy asari Dars rejasi: 1. Rabg'uziyning o'zbek mumtoz adabiyotidagi o'rni. 2. Qissasi Rabg'uziy asarining yuzaga kelishi. 3. Qissa va hikoyatlarning tarbiyaviy ahamiyati. Tayanch so'z va iboralar: Rabg'uziyning hayot yo'li, asarning yaratilishi, o'zbek nasrining eng qadimiy namunasi, Qur'on, hadis, xalq og'zaki ijodi, payg'ambarlar haqida, hikoyatlarda insoniy fazilatlarning ulug'lanishi. Rabg'uziy turkiy yozma adabiyoti tarixida alohida mavqe qozongan adibdir. Uning asl ismi Nosiriddin bo'lib, Xorazmning Raboti O'g'o'z degan joyida tug'ilgan. Rabg'uziy Qissasi Rabg'uziy asarining muqaddimasida otasi Burhoniddinning O'g'o'z RabOtining qozisi bo'lganligini aytib o'tadi. Asarda bu haqda… bu kitob tuzgan, toat yo'lida tizgan, ma'siyat yobonin kezgan, oz ozug'luq qozisi Burhon o'g'li Nosiriddindeb qayd etilgan. Asar Nosiriddin To'qbo'g'aning topshirig'i asosida yozilgan. Rabg'uziyning ushbu asaridan boshqa ijodiy merosi haqida ma'lumotlar mavjud emas. Rabg'uziyning asari turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. U payg'ambarlar haqidagi qissalardan iboratdir. Qissasi Rabg'uziy o'zbek nasrining qadimiy namunalaridan biridir. XII asr oxiri XIV boshlarida o'zbek adabiyotining bir qator o'ziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bo'ldi. Payg'ambarlar haqidagi qissalar Rabg'uziyning olam va odam haqidagi qarashlarni badiiy jihatdan ifodalash uchun vosita bo'lgan. Ularda adib olamning yaratilishi, tabiat va jamiyat hodisalari, insoniy munosabatlar borasida fikr yuritadi. Qissalar asosini tarixiy voqealar tashkil etadi. Ular o'z ildizlari bilan Qur'on va Hadislarga tarixiy manbalarga, xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi. Ammo shu bilan birga, bu qissalar Rabg'uziy badiiy tafakkurining mevalaridir. Mavzu doirasiga ko'ra asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo'lgan Ollohni ulug'lash, payg'ambar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, sevgi va sadoqat, vatan va mehnatsevarlik, erk va adolat, do'stlik va sadoqat, urush va tinchlik mavzulari shular jumlasidandir. Qissalarning hajmi turlicha. Masalan: Qissai Yusuf sal kam yuz sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarning ko'pi qahramon haqidagi muayyan xabar bilan boshlanadi, so'ng she'riy madh, shundan so'ng qissaning asosiy voqealari boshlanadi. Ba'zi qissalar ichida yana mustaqil hikoya, rivoyat va naqllar ham keltirilgan. Yusuf qissasida bir necha hikoya, latifa, bayt, g'azal va boshqa janr namunalari uchraydi. Ammo ular asarda olg'a surilgan asosiy go'yaviy-badiiy maqsad bilan yahlitlikni tashkil etadi. Rabg'uziy hikoyalarida insonparvarlik, yurtparvarlik, insonlikni komillik darajasiga ko'tarish, axloqiy poklik, ma'naviy barkamollik sari undash yetakchilik qiladi. Ular orasida til odobi va qalb pokligi ham alohida o'rin tutadi. Bu jihatdan Luqmon va uning xojasi hikoyati ibratlidir. Luqmonga xojasi aytdi: Borg'ul, bir qo'y bo'g'izlab etindin qayu yaxshiroq yersa manga keltirgul… Qo'yni bo'g'izladi, til birla yurakin olib keldi. Xoja surdi: Bularni naluk (nima uchun) kelturding? Aydi: Qo'yni tilidin, yurakidan yaxshiroq yo'q. Agar yovuz ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:48:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.52 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:48 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.52 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:34 ]
Arxiv ichida: doc