Totor xalq adabiyoti

Totor xalq adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Totor xalq adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

Totar xalq adabiyoti Reja: Totar xalq og'zaki ijodi. Yozma adabiyotning shakllanishi. Totar adabiyotida realistik tendensiyalar. hozirgi zamon totar adabiyoti. Tayanch so'z va iboralar: Shoir Gali, «Yusuf va Zulayxo», arab va fors adabiyoti ta'siri, XIX asr totar adabiyoti, roman, drama, novellalarning paydo bo'lishi, Abdulla TuKay, Xodi TuKtash, Muso Jalil. Totarlar qadimgi boy madaniyatga ega bo'lgan xalqlardan biri sanaladi. Kozon totarlarining yozma adabiyoti IX asrlarda shakllangan. Bu yozma adabiyotning ilk namunalari xalq og'zaki ijodidagi ayrim dostonlarning yozib olinishi bilan boshlangan. Shulardan biri Gali nomli shoirning «Yusuf va Zulayxo» dostonidir. Bu diniy - falsafiy Kissa bo'lib, o'zbek adabiyotidagi «Yusuf va Zulayxo» bilan xamoxangdir. Keyinchalik Mahmud Bulgoriyning «Naxj-ul-farodis» va Muhammaddiyorning «Tuxfayi mardon», «Nuri Sodur» kitoblari yozildi. Bu asarlar fors va arab adabiyoti ta'sirida yozilgan edi. sharq adabiyotining ta'siri XIX asrgacha bo'lgan ijodkorlarda davom etdi. Totar xalqi tarixi dashti KipchoK va Volga bo'yida bo'lib o'tgan juda ko'plab tarixiy voKealar bilan bog'liq. Bu xalq tarixda ikki sivilizatsiyaning tutushgan joyida yashab keldi. Shuning uchun totarlar madaniyati tarixi xam o'ziga xos xususiyatlarga ega. Totar madaniyatining rivojlanishiga rus xalqi madaniyatining roli katta bo'ldi. Shu bilan birga, rus madaniyati rivojiga xam totar xalqining roli beKiyosdir. Oltin Urda xoni To'xtamishxon Amir Temurdan engilgach, Rus davlati kuchayib ketdi. U o'z territoriyalarini janubga va sharqKa Karab kengaytira boshladi. 1552 yilda Ivan Grozniy Kozonni bosib oldi, ikki yil o'tgach, Astraxan xam ruslar tomonidan bosib olindi. Ana shundan boshlab Totar madaniyati tarixida tanazzul davri boshlandi. Oradan 250 yil o'tgach, yani 1780 yilda rus imperatori Yekatirina P totarlarga malum darajada demokratiya - erkinlik berdi. Totar tilida o'qish, islom diniga erkinlik, mahalliy tilda maktab va madrasalar ochish kabilarga ijozat berildi. Totarlarning Turkiston bilan yana aloqasi tiklana boshladi. Juda ko'plab totar yoshlari Buxoroga kelib diniy madrasalarda taxsil olib ketardi. Ana shunday shoirlardan biri Abduraxim Utiz Emaniy (1754-1834) totar sheriyatida o'ziga xos burilish yasagan. U o'z ijodida xalq turmushi haqida, ijtimoiy hayotdagi turli voKealar haqida ko'plab asarlar yozdi. U Buxoro shaxrida o'n yil yashagan. Ana shu davr haqida «Dar bayoni sarguzasht» nomli doston yozgan. Bu dostonda XUSh asr oxiridagi Buxoro, Fargona, Afgoniston, Xorazm kabi joylardagi ijtimoiy muhit, xalqning turmushi, urf-odatlari haqida ko'plab ma'lumotlar bergan. Utiz Emaniy «Yusuf va Zulayxo» nomli sharqda mashxur bo'lgan dostonni totar tiliga tarjima qilib, uning bazi joylarini totar urf-odatlariga moslab ishlab chiKdi. Totar ma'rifatparvar shoirlaridan biri Abulmalik Pisboviy Kargali (1782-1826) xam Buxorada taxsil olgan. U Buxoraning mashxur mudarrisi NiyozKuli Turkmaniy Ko'lidan saboK oldi. Juda ko'plab totar ziyolilari ana shu mudarris Ko'lida tarbiyalangan. Kargali Buxoroning Turkiyadagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.88 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.88 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga