Uyg'ur adabiyoti

Uyg'ur adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Uyg'ur adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

Uygur adabiyoti Reja: Uygur xalqi tarixi haqida qisqacha ma'lumot. xalq og'zaki ijodi namunalari. Uygur xalq klassik adabiyoti. Adabiyotda xalq ozodligi mavzusi. hozirgi zamon uygur adabiyoti. Tayanch so'z va iboralar: Uygur xalqi tarixi bilan adabiyotining bog'liqligi. Uygur folklori, «Elikxon», «YuriKnoma», «Oltin yorug» kabi asarlar. Ertaklar. KushiKlar. Uygur xati, «Devoni lugotit turk», «Kutadgu bilik» kabi asarlar. Bilol Nozim, Sadir Polvon kabi klassik ijodkorlar. Umar Muhammad, Guliston, I.Iskandarov, Ziyo Samadov kabilar ijodi. Yangi Uygur adabiyotining asosiy xususiyatlari. O'zbekistondagi Uygur adabiyotining vakillari. Uygur xalqi Janubiy sharqiy Osiyo hududida Kadimdan yashab kelgan. Bu xalqning juda qadimgi va boy madaniyati mavjud. Turk xalqlari ichida eng qadimgi yozuvga ega bo'lgan xam uygur xalqi hisoblanadi. Lekin ko'p yillar o'z mustaqilligiga ega bo'lmaganligidan, uning madaniy yodgorliklari ruyobga chiKmay kelayotir. Uygur xalqining asosiy Kismi sharqiy Turkistonda yashaydi. Bu o'lka esa bugungi kunda Xitoy davlatining tarkibiga kiradi. Uygur xalqining bir Kismi o'rta Osiyo Respublikalari territoriyasida yashaydi.Uygur xalqi o'z ozodligi uchun, mustaqil davlat bo'lishi uchun uzoq davrlardan buyon kurash olib bormoKda. Uygur xalqining og'zaki ijodi xam juda boy bo'lib, unda kuplab KushiKlar, ertaklar, turli afsonalar va rivoyatlar mavjud. Uygurlarning «Oltin Yorug», «Elikbekxon», «Tabirnoma» kabi qadimgi obidalari bor. Bundan tashqari kupgina folklor namunalari boshqa turkiy xalqlar og'zaki ijodidagi asarlar bilan xamoxangdir. «Shoxsanam va Garib», «Guro'g'li» singari dostonlarning Uygur folklorida xam turli variantlari mavjud. Ertaklarda xalq orzu-umidlari, ezgulikka intilish, yovuzlikka nafrat tuyg'ularini ko'ramiz. Uygur xalq ertaklarida xam ana shunday holatlar ko'zga tashlanadi. Dono va uddaburon xalq farzandlari ertaklarning bosh Kaxramoni qilib olinadi. Ular ko'p qiyinchiliklardan so'ng yovuzlik ustidan galaba qilib, o'z orzulariga, murod va maqsadlariga etishadi. Uygur ertaklari ichida mazmunan turkiy xalqlar ertaklariga o'xshaydiganlari yoki aynan ularining takrorlari xam uchraydi, lekin ko'pgina uygur ertaklarining o'ziga xos tomonlari xam borki, biz ularda uygur xalqining urf-odatlari, o'ziga xos yashash sharoitlari, rasm- rusumlarini ko'ramiz. Uygur ertaklari xam mavzu jihatidan uchga bo'linadi: sexrli- fantastik, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklar. Biz ularga «Dono Kiz», «Donishmand vazir», «KovoK ichidagi Kiz», «Mis chovgum», «YamoKchi», «Xilol Kassob», «Bulbuligo'yo», «yog'och ot», «Tilla kavush», «Fil bilan maymun» kabi ertaklarni ko'rsatishimiz mumkin. Uygur ertaklarining ko'pchiligi nasriy yo'l bilan yozilgan. Lekin ularning ichida sheriy yo'lda yozilganlari xam uchraydi. Malumki, ertaklar xar bir zamonda qayta ishlanib kelgusi avlodlarga o'tkaziladi. Shu tufayli biz xalq og'zaki ijodi asarlari orqali o'sha xalqning bosib o'tgan tarixiy yo'lini xam ko'rishimiz mumkin. Uygur xalqining yozma adabiyoti xam juda qadimgi tarixga va boy an'anaga egadir. Uygur yozma adabiyotini uch davrga bo'lib o'rganish mumkin. 1. Birinchi davr islomgacha, yani X asrgacha bo'lgan qadimgi davr adabiyoti. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.95 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.95 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga