Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon (1898-1938)

Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon (1898-1938)

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon (1898-1938) - rasmi

Material tavsifi

Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon (1898-1938) Cho'lpon asarlari mustabid sovet tuzumi davrida o'zbek adabiyoti bo'stonidan yo'lib tashlangani uchun uning ijodini o'rganish va asarlarini nashr etish ishlarining boshlanganiga ko'p bo'lganicha yo'q. Shunga qaramay, Cho'lpon hozirning o'zidayoq xalqimizning eng buyuk va sevimli yozuvchilari qatoridan mustahkam o'rin egalladi. Ayni paytda, Cho'lponning hayoti va ijodiga bag'ishlangan bir qator ilmiy hamda ilmiy-ommabop kitob va risolalar maydonga keldi. Biz bu kitob va risolalar bilan tanishar ekanmiz, Cho'l-ponning XX asrda o'zbek adabiy tilini shakllantirish va rivojlantirishga katta hissa qo'shgani, o'zbek adabiyotini yangi, zamonaviy adabiy janrlar bilan boyitgani, zamonaviy tarjima maktabiga asos solgani, shuningdek, milliy teatrimizning asoschilaridan biri bo'lganiga amin bo'lamiz. Adibning hayot va ijod yo'li. Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lponning tug'ilgan sanasi shu paytgacha ilmiy adabiyotlarda 1897-yil deb kelingan edi. Adabiyotshunoslar shu sanani Cho'lponning tug'ilgan yili sifatida tanlaganlarida 1937-yilda bo'lib o'tgan tergov materiallariga asoslangan edilar. Ammo boshqa mo'tabar yozma va og'zaki manbalar uning 1898-yilda tug'ilganini tasdiqlaydi. Shuning uchun ham bundan keyin shu sanani Cho'lponning tug'ilgan yili, deb belgilashimiz to'g'ri bo'ladi. Cho'lpon Andijonning Qatorterak mahallasida gazlama savdosi bilan shug'ullanuvchi Sulaymonqul Muhammadyunus oilasida tug'ildi. Otasi o'z davrining ilg'or kishilaridan bo'lib, Rasvo taxallusi bilan hajviy she'rlar ham yozgan. Ayniqsa, uning qo'shni o'lkalarda nashr etilgan gazetalarga obuna bo'lganligi, o'g'lining zamonaviy bilimlardan xabardor bo'lishini istaganligi Cho'l-ponning shaxs sifatida shakllanishida muhim omillardan bo'ldi. Cho'lpon madrasa tahsilini ko'rgach, 1912-1914-yillarda rus-tuzem maktabida o'qidi. Shu vaqtda «Tarjimon» gazetasi va «Oyna» jurnaliga xabar va she'rlar yo'llab turdi. 1914-yilda «Sadoyi Turkiston» gazetasida Cho'lponning «Turkistonli qardoshlarimizga» she'rining e'lon qilinishi esa o'z mavzusiga ega, o'zbek xalqining taqdiri ustida ko'yinayotgan shoirning dunyoga kelganidan darak berdi. Cho'lponning shu yili Toshkentga vaqtincha ko'chib kelib, «Sadoyi Turkiston» gazetasining muharriri Ubaydulla Xo'jayev va shu gazetaning mutasaddilaridan biri, Toshkent jadidlarining sardori Munavvar qori Abdurashidxonov bilan uchrashuvi uning keyingi taqdiriga katta ta'sir ko'rsatdi. Shu yili Cho'lpon «Sadoyi Turkiston» gazetasida, yuqorida tilga olingan she'ridan tashqari, ,,Qurboni Jaholat» va «Do'xtur Muhammadyor» hikoyalarini hamda «Yozg'uvchilarimizga», «Adabiyot nadur» maqolalarini e'lon qildi. Ya'ni u ayni paytda ham shoir, ham nosir (yozuvchi), ham adabiyotshunos sifatida maydonga chiqdi. Holbuki, u bu vaqtda endigina 16 yoshga kirgan yigitcha bo'lib, Munavvar qori unga bejiz Cho'lpon -Tong yulduzi, degan taxallus bermagan ekan. Cho'lpon Andijonga qaytgach, ham «Sadoyi Turkiston», ham «Sadoyi Farg'ona» gazetalarining muxbiri sifatida faoliyat olib bordi. So'nggi yillarda topilgan ma'lumotlarga ko'ra, u o'z oldiga o'zbek xalqini madaniy qoloqlikdan olib chiqish vazifasini qo'ygan shoirgina emas, balki andijonlik taraqqiyparvarlarning chor hokimiyatidan xalos bo'lish maqsadi bilan tuzilgan yashirin tashkilotning ham a'zosi bo'lgan. Shunday shoirning 1917-yil Fevral inqilobini katta umidlar bilan qarshi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.29 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.29 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga