Abdulla Qahhor (1907-1968)

Abdulla Qahhor (1907-1968)

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdulla Qahhor (1907-1968) - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Qahhor (1907-1968) Abdulla Qahhor yangi milliy adabiyotimizning ikkinchi avlodi sanalmish Oybek, G'. G'ulom, H. Olimjon, Mirtemirlar safida turib ijod etdi. Safdoshlari kabi A. Qahhorning qizg'in ijodiy faoliyati XX asrning eng fojiali paytida, mudhish 30-50-yillar sharoitida, mustabid yakkahokim mafkura, sovet adabiy siyosati ta'siri va tazyiqi ostida kechdi. Bu hol yozuvchining ijodiy taqdirida talay noxush asoratlar qoldirdi. Ayni paytda Alloh bergan benazir iste'dod, noyob shaxsiy fazilatlar-o'ziga xos o'tkir nigoh, fuqarolik tuyg'usi, qat'iyat, iroda-bardosh, haqgo'ylik, halollik va shijoat tufayli zamonasi talotumlaridan yuqori ko'tarila oldi. Adibning dilbar hikoyalari unga katta shuhrat keltirdi. «Sinchalak», ,,O'tmishdan ertaklar» qissalari, «Sarob», ,,Qo'shchinor chiroq-lari» romanlari, «Shohi so'zana», «Tobutdan tovush» komediyalari, o'nlab o'tkir publitsistik chiqishlari, adabiy-tanqidiy maqolalari, zargarona tarjimalari asr adabiyoti, ma'naviy-madaniy hayoti tarixida yorqin va o'chmas iz qoldirdi. Adibning hayot va ijod yo'li. Adibning tarjimaiy holida va boshqa shaxsiy huijatlarida qayd etilishicha, Abdulla Qahhor 1907-yilning kuzida, chorshanba kuni-17-sentabrda Qo'qonning Ko'mir bozori mahallasida tug'ilgan. Adibning bolaligi Qo'qon shahri va uning atrofidagi qishloqlarda o'tgan. Otasi Abduqahhor Tojikistonning Asht qishlog'idan bo'lib, asr boshlarida akasi usta Abdurahmonga ergashib Qo'qon shahriga ko'chib kelgan, ota kasbi temirchilik bilan shug'ullangan. Abduqahhor mustaqil oila tebratish ilinjida bo'lsa kerak, shaharni tark etib, bir necha yillar qishloqma-qishloq ko'chib yurgan. Onasi Roxatoy Abdulladan oldin va keyin tuqqan sakkiz bolasini qora yer bag'riga berib, yurak oldirib qo'ygani uchun bu o'g'lini yer-u ko'kka ishonmay, ko'z o'ngidan bir qadam ham jildirgani qo'ymay, avaylab o'stirdi. Biroq oilaning bu yolg'iz farzandi ko'z ochib, esini tanib, turmushning hadsiz xo'rlik, shafqatsizliklarini ko'radi. Ayniqsa darbadar, ko'chmanchi hayot, tahqir-u nadomatlar go'dak ko'ngliga og'ir botadi. «Bir qishloqda bolalarga endi qo'shilib, o'rtoq orttirganimda, boshqa qishloqqa ko'chib, yana «ko'chmanchining bolasi» bo'lib qolar edim. Bu gaplar qattiq haqorat yo'sinida aytilar edi, -deb eslaydi adib tarjimaiy holida.-Bir kuni kechqurun mahalla bolalari ilonni ko'rgan chumchuqday atrofimda chug'urlashib turganda, kuzatib turgan bir mo'ysafid menga rahm qilgan bo'lib: «Qo'yinglar, bolalar, tegmanglar, kelgindi bo'lsa o'zi bo'libdimi, xudo qilgan», -dedi. Mo'ysafidning bu gapi menga bolalarning ta'nasidan ham qattiqroq tegdi, uzoq yillar dilimda cho'kib yotdi. Bilmadim, ilgari qalay ekanman, lekin nazarimda meni shu gap indamas qilib qo'ydi. Uyda menga «indamas», «ichimdan top» deb dashnom beradigan bo'lishdi Bunaqa ta'na-dashnomlar meni battar «soqov» qilar edi». Bu murg'ak ozordiyda qalb endi «indamas» degan ta'nadan qutulish uchun odamlardan, hatto o'z ayasidan ham mumkin qadar qochadigan bo'lib qoladi. Faqat shulargina emas. Qo'li qisqalik, yo'qchilik tufayli oilada yuz beradigan dilsiyohliklar, odam bolasi dosh berishi mumkin bo'lmagan nochor turmush sharoitlari, qo'ni-qo'shnilar, odamlar orasidagi dag'al, beshafqat munosabatlar, yurtda avj olgan jaholat, uning har qadamdagi ham kulgili, ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.61 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.61 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga