Abdulla Qodiriy (1894-1938) Yurtimizda Abdulla Qodiriy asarlari kirib bormagan birorta ham xonadon bo'lmasa kerak. U faqat o'zbeklarning emas, balki Turkiston xalqlarining ham sevimli adibi, ozodlik va istiqlol kuychisidir. Islom Karimov Aziz o'quvchi! Siz bu nomni ko'p eshitgansiz. Balki buvilaringiz yoki ota-onangiz muqovasiga «O'tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» deb yozilgan kitoblarni Sizga ko'rsatishgandir, ularning ayrim voqealarini hikoya qilib berishgandir. Televizor ekranlarida, gazeta va jurnallar sahifalarida Abdulla Qodiriy asarlari asosida ishlangan badiiy va videofilmlarni, adibning o'zi haqidagi hujjatli filmlarni tomosha qilgansiz, maqola va xotira hikoyalarni o'qigansiz. o'yingiz va maktab kutubxonasining kitob javonlarida eng ko'rimli joyda o'sha kitoblar terib qo'yilganini, ma'naviyat xonalari, adabiyot sinflarida yozuvchining katta-kichik suratlaridan iborat plakatlar osig'liq turganini ko'rgansiz. Juda bo'lmaganda, o'zingizning ismingiz yoki do'stlaringiz ismlari Otabek, Kumush, Anvar yoki Ra'no bo'lishi mumkin. Shuning o'ziyoq Sizni ulug' o'zbek adibi Abdulla Qodiriyga daxldor ekanligingizni, uning kenja avlodlaridan ekanligingizni anglatadi. Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrining Samarqand darboza mavzesida «bog'bonlik bilan kun kechirguchi bir oilada» tug'ilgan. U dastlab eski usul maktabda, so'ng yangicha xat-savod chiqaradigan rus-tuzem maktabida o'qiydi. 12 yoshlarida bir boy savdogarga xizmatga yollanib, yozuv-chizuv ishlari bilan mashg'ul bo'ladi. Shu davrlarda Rossiyaning turli shaharlaridan keladigan va bevosita Toshkentning o'zida ham milliy ziyolilar tomonidan nashr etiladigan gazeta va jurnallar bilan tanisha boshlaydi. Mana shu o'qib, o'rganganlari ta'sirida o'zi ham ma'rifatparvarlik g'oyalarini tashuvchi, qoloq turmushni, bid'at va xurofotni tanqid qilib, ilm olishga, taraqqiyotga chorlovchi she'rlar, hikoyalar yoza boshlaydi. Uning «Ahvolimiz», «To'y», «Millatimga bir qaror!», «Fikr aylagil» she'rlari, «Baxtsiz kuyov» pyesasi, «Juvonboz», «Uloqda» hikoyalari 1913-1916-yillar oralig'ida yozilgan va e'lon qilingan ilk asarlaridir. Bu asarlarning aksariyati Julqunboy taxallusi bilan chop qilingan. Abdulla Qodiriy 1918-yillardan boshlab turli idoralarda ishlaydi, gazeta va jurnallar tahririyatlarida xizmat qiladi. 1924-yili Moskvaga borib, jurnalistlar tayyorlaydigan institutda tahsil oladi. 20-yillar yozuvchining eng ko'p ijod qilgan davridir. 1922-yilda uning «O'tkan kunlar» romani e'lon qilina boshlaydi va 1925-1926-yillarda har bir bo'limi uchta alohida kitob holida nashr etiladi. Shu yillar yana «Kalvak Mahzumning xotira daftaridan», «Toshpo'lat tajang nima deydi?» hajviy asarlari, 1928-yili «Mehrobdan chayon» tarixiy romani va o'nlab kichik hikoya va ocherklari e'lon qilinadi. 30-yil-larda zamonaviy mavzudagi «Obid ketmon» qissasi yaratiladi, yana ko'plab hikoya, ocherk, publitsistik maqolalar yozadi. Gogol, Chexov kabi rus va g'arb adabiyotining turli namoyandalari asarlaridan tarjimalar qiladi. «Amir Umarxonning kanizi», «Namoz o'g'ri» nomli romanlar yozish uchun ijodiy tayyorgarlik ko'radi. Biroq 1937-yillarga kelib yana avj olgan qatag'on siyosati milliy ziyolilarni - xalqning o'zligini tanitishga xizmat qiluvchi adib, shoir, olim va muallimlarni, boshqa ko'plab soha kishilarini qurbon qila boshlaydi. Ana shu to'lqinda Abdulla Qodiriy ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
64.44 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
64.44 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:43 ]
Arxiv ichida: docx