Abdurauf Fitrat (1886-1938)

Abdurauf Fitrat (1886-1938)

O'quvchilarga / Adabiyot
Abdurauf Fitrat (1886-1938) - rasmi

Material tavsifi

Abdurauf Fitrat (1886-1938) Abdurauf Fitrat o'zbek xalqi hayotida XX asr tongida boshlangan Yangi Milliy Uyg'onish davri va uyg'onish adabiyotining buyuk vakilidir. Adibning hayoti va ijod yo'li. Abdurahim o'g'li Abdurauf 1886-yil Buxoroda tug'ildi. Mir Arab madrasasida o'qidi. Turkiyaning Istanbul dorilfununidagi to'rt yillik (1909-1913) tahsil Abdurauf dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. «Yosh buxoroliklar»ning siyosiy kurashlaridagi faol ishtirok, maorifni isloh etish, jadidchilik harakatlaridagi jiddiy izlanishlar tufayli tug'ilgan savollarga bu mamlakatning zamonaviy kechmishlaridan javoblar qidirdi. Bu vaqtda u «tug'ma iste'dod» ma'nosini anglatuvchi Fitrat taxallusi bilan ijod etayotgan shoir va yozuvchi sifatida el-yurtga taniqli edi. 1917-yil Fevral inqilobida Fitrat o'z orzularini ham ko'rgandek bo'ldi, biroq Oktabr to'ntarishi uning teran dunyoqarashiga yangi titroqlar soldi. Bir qarashda umidbahsh ko'ringan, aslida esa, zamirida bosqinchilik g'oyalari, qatag'onlik siyosati yashirin havolarda umidlarini goh ichiga yutib, goh oshkor etib yashadi. Turkistonda til, adabiyot, san'at masalalari bilan ilk bor tashkiliy ravishda shug'ullangan «Chig'atoy gurungi» jamiyatiga rahbarlik qildi. Samarqanddagi Pedakademiyada dars berdi, Toshkentda Fan qo'mitasi qoshidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo'lib ishladi. Buxoro Xalq Respublikasining Tashqi ishlar xalq noziri, maorif noziri singari lavozimlardagi faoliyatida Fitratning davlat arbobi sifatidagi fazilatlari namoyon bo'ldi. Fitrat o'zbek adabiyotini istiqlol ruhidagi ajoyib she'rlar, publitsistik maqolalar, nasriy asarlar, dramalar hamda tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga bag'ishlangan teran tadqiqotlar bilan boyitdi. Uning «Chin sevish» (1920), «Hind ixtilolchilari»(1923), «Arslon»(1925), «Vose' qo'zg'oloni»(1927), «Abulfayzxon»(1924), «Shaytonning tangriga isyoni»(1924) singari dramatik asarlari muallifga katta shuhrat keltirdi. Bulardan tashqari, Fitratning yana bir qator dramalar yozgani ma'lum, biroq ular bizgacha yetib kelmagan yoxud hozirgacha topilmagan. Yozuvchi «Hindistonda bir farangi ila buxorolik bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilg'on munozarasi»(«Munozara»), «Hind sayyohi bayonoti», «Qiyomat» nomli nasriy asarlarida zamonning dolzarb muammolarini yoritdi, xalqni ma'rifat va ziyoga chorladi, yurt va yurtdoshlarining taraqqiyparvar bo'lishlarini orzu qildi. Fitratning eng buyuk orzusi Vatanni ozod, elini erkin ko'rish edi. Bu yo'ldagi faoliyati va ijodi esa, mustabid tuzum maqsadlariga zid edi. U ana shu fidoiylikning qurboni bo'ldi. Fitrat tamomila nohaq ayblar bilan 1938-yil 4-oktabrda otib tashlandi. Mustaqillik davriga kelib Fitratning buyuk nomi tiklandi. Hayoti va ijodini atroflicha va chuqur o'rganish boshlandi.Uch jilddan iborat «Tanlangan asarlar»i bosilib chiqdi. Yuksak saviyadagi asarlari 1991-yilda Alisher Navoiy nomidagi Respublika davlat mukofotiga munosib deb topildi. Milliy uyg'onish jarchisi Fitrat butun faoliyatini el va yurt ozodligi, taraqqiyot maqsadla-riga bo'ysundirgan, shu zaylda davlatning boshqaruv tizimini, maorifni, jamiyatni, tuzumni isloh qilish g'oyalarini ilgari surgan, faylasuf va davlat arbobidir. Shularni amalga oshirajak qahramonlar qiyofasini, orzu, umid, armonlarini badiiy asarlarida gavdalantirgan ulug' san'atkordir. Olim sifatida uning tilshunoslik va adabiyotshunoslikda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.06 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.06 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga