Albert Malts - Eng baxtli odam (hikoya)

Albert Malts - Eng baxtli odam (hikoya)

O'quvchilarga / Adabiyot
Albert Malts - Eng baxtli odam (hikoya) - rasmi

Material tavsifi

Eng baxtli odam (hikoya) Albert Malts U 1908 yilda Nyu-Yorkda kambag'al oilada tug'ildi. Kolumbiya Universitetini tugatgach, Drama maktabida o'qidi va tez orada o'zining bir qator pesalarini e'lon qildi. Asarlari ko'proq ekspluatatsiyaga, ishsizlikka va irqiy kamsitishga qarshi ruhda sug'orilgan. Jessi yig'idan arang o'zini tutib turardi. U stulda Tomning kelishini kutib, yallig'langan oyog'iga dam berib o'tirganidan xursand va Tomning «Nega yo'q derkanman, albatta, xohlagan paytda ish boshlashing mumkin» deyishidan katta umid qilardi. Ikki haftadan buyon u yomg'irli kechalarda uxlamay, ham ochiqib, Kanzas shahridan Missuri, Tulza va Oklaxomaga ko'chib yurib, oxiri qidirgan yerini topdi. Nihoyat, Tom xonaga kirib keldi. U Jessiga e'tibor bermaganday, shunchaki qarab qo'ydi. Uni tanimadi chamasi. Aslida, Jessi Tomning jiyani edi. To'g'ri, ular besh yil bir-biri bilan ko'rishmadi. Faqat Tom o'sha ilgarigi Tom edi. Yo Xudo, nahotki u shunchalik o'zgarib ketgan bo'lsa? Tom Breket telefonda gaplashib bo'lib, stulga suyanibroq o'tirdi. Xunuk boqib turgan kichkina moviy ko'zlarini Jessiga qaratdi. U ilgarigiday pishik tadbirkorlarga o'xshab o'tirardi. «Eshitaman, dedi u nihoyat, - mendan biror nima xohlaydilarmi?» «Siz meni tanimadingiz chamasi, -dedi Jessi. - Men Jessi Fulton bo'laman. «A-ha» dedi Breket, boshqa hech narsa demadi. «Ha-ha, bu menman, Ella senga salom yo'lladi.» Breket o'rnidan turdi va burchakda o'tirgan jiyaniga yuzma-yuz keldi. Jessi astagina qo'zg'aldi. Breket burdalangan ot go'shtini ko'zdan kechirayotganday g'alati qarash qildi, uning ko'zlarida achinish alomati bor edi. «Ha, ana endi ishondim, bu rostdan ham sen ekansan, faqat Xudo haqqi, butunlay o'zgarib ketibsan.» «Besh yil hazil gapmi axir, buning ustiga meni bir-ikki borgina ko'rgan bo'lsangiz.» «Juda ozib ketibsan-ku» Jessi jim bo'lib qoldi. Oraga sukunat cho'kdi. Birdan Breket jonlanib «Nimaga qaqqayib turibsan, qani kel, o'tir-chi ukam» dedi va Jessining qo'lini qisib qo'ydi. «Seni ko'rganimdan judayam xursandman, shu xolos, boshqa hech narsa deb o'ylama!» «Hechqisi yo'q» ming'illadi Jessi va sekingina joyiga o'tirdi. «Nimaga oqsoqlayapsan?» «Toshga qattiq qoqilib ketdim; tuflimni ham yirtib oldim.» U oyog'ini stul ostiga yashirdi, tuflisining yirtiqligidan uyalib ketdi. Ertalabdan beri biror ishni boshlashdan avval tufli sotib olishni o'ylab o'tiruvdi. Breket uning tuflisiga qaradi. U bolaning ahvolini tushundi va rahmi kelib ketdi. Bu holni umrida birinchi marta ko'rib turishi edi. Singlisi unga har hafta xat yozib turgan bo'lsa-da, lekin biror marta shunchalik yomon ahvolda yashayotganini aytgan emasdi. «Yaxshi, menga qulok sol, -gap boshladi Breket, - qani, menga hammasini aytib ber-chi, Ellaning ahvoli kalay?» «O, u judayam yaxshi» darhol javob qildi Jessi. «Bolalari-chi?» «Ular ham yomon emas» «O'zing-chi? O'zing nima ish qilyapsan? Ishing nima bulyapti?» Jessi xuddi shu savolni kutib turgan edi: «Tom, eshit, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.7 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.7 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga