Alisher Navoiy (1441-1501) 2

Alisher Navoiy (1441-1501) 2

O'quvchilarga / Adabiyot
Alisher Navoiy (1441-1501) 2 - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiy (1441 -1501) Agar bu ulug' zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir. Islom Karimov Har yili 9-fevral kuni butun O'zbekistonda buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning tug'ilgan kuni nishonlanadi. Barcha maktab va oliy o'quv yurtlarida, kollej hamda litseylarda va boshqa muassasalarda bu sana bayram qilinadi. Bu she'riyat bayrami, adabiyot bayramidir. Xo'sh, nima uchun shoir bobomizga bunday ehtirom va e'zoz bildiramiz? Buning asosiy sababi shundaki, Alisher Navoiy bizning Vatanimiz tarixidagi eng ulug' siymolardan biridir. Bu zot millatimizni dunyodagi eng madaniyatli va ma'rifatli xalqlar qatoriga olib chiqqan, jahon adabiyotining ulkan namoyandalari qatorida turadigan zotdir. Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tug'ildi. Bu shahar hozirda Afg'onistonning markaziy shaharlaridan. Alisherning otasining oti G'iyosiddin Muhammad edi. Uni «Kichkina bahodir» ham der ekanlar. Onasining ismi ma'lum emas. Alisher juda kichik yoshlaridan she'r va musiqaga havas qo'yadi, olim-u shoirlar davrasida ulg'ayadi. Uning otasi temuriylar xonadoniga yaqin odamlardan edi. Ularnikiga zamonasining mashhur kishilari tez-tez kelib turar edilar. Yosh Alisher uch-to'rt yoshlarida she'r yod olib, ko'plarni hayratga soldi. Besh yoshida maktabga bordi. Bo'lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o'qidi. 1447-yilda mamlakat podshohi Shohruhmirzo vafot etib, yurtda notinchlik boshlandi. Alisherlar oilasi Iroqqa ko'chadi. Olti yoshlik Alisher yo'lda bir tasodif bilan zamonasining mashhur tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiyga duch keladi. Odob va muomala bilan buyuk tarixchi mehrini qozonib, duosini oladi. Alisher (Alisherlar xonadoni) xonadoni Hirotga 1451-yilda qaytadi. Yo'lda yana qiziq voqea yuz beradi. Ilgari shahardan shaharga karvonlar qatnar, bordi-keldilar shular yordamida bo'lar va ular ko'pincha tunda yurib, kunduzlari dam olar edilar. Xullas, tunda ot ustida mudrab borayotgan o'n yoshdagi Alisher egardan yiqilib tushadi, uyqu zo'ridan uyg'onmay, karvondan ajralib qoladi. Ertalab uyg'onsa, cho'li biyobon. Nariroqda oti o'tlab turibdi. Odam zoti yo'q. Quyosh ko'tarilib kelmoqda. Bir lahza uni qo'rquv va vahima bosadi, biroq o'zini tezda qo'lga olib, yo'lga tushadi. Ko'p o'tmay, uni izlab kelayotgan o'z kishilariga duch keladi va eson-omon ota-onasi bag'riga boradi. 1452-yilda taxtga Abulqosim Boburmirzo chiqadi va Alisherning otasi Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher Sabzavorda o'qishni davom ettiradi. 1452-57-yillarda u dastlab Sabzavorda, so'ng Mashhadda yashadi. She'rga, musiqaga mehri oshib bordi. Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Shayx Sa'diy, Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o'qidi. Ayniqsa, Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi» Qush tili) kitobi yosh Alisherning xayolini tamom egallab oldi. Ota-ona tashvishga tushdilar (Ota-onasi tashvishga tushib, bu kitobni bekitdilar.) . Kitobni bekitdilar. Lekin kitob tamom yod bo'lgan edi (Lekin Alisher kitobni butunlay yod olgan edi.) . Bular beiz ketmadi. Bo'lajak shoir yetti-sakkiz yoshlaridan she'r mashq qila boshladi. Ikki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.79 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.79 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga