Badiiy adabiyotda mistifikatsiya hodisasi

Badiiy adabiyotda mistifikatsiya hodisasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy adabiyotda mistifikatsiya hodisasi - rasmi

Material tavsifi

Badiiy adabiyotda mistifikatsiya hodisasi Mistifikatsiya qadimgi yunoncha «mistika» so'zidan olingan bo'lib, sirli-sehrli degan ma'noni anglatadi. Adabiy mistifikatsiya badiiy tasvir usullaridan bo'lib, asarda muayyan maqsaddan kelib chiqqan holda hodisaga sirli tus berish, yo'q narsani bor deb o'quvchini ishontirishga urinishdir. Yozuvchi ko'pincha asar voqealarini biror hayotiy personaj yoki tarixiy shaxs nomidan hayotda aynan bo'lib o'tgan hodisa tarzida hikoya qiladi. Odil Yoqubov «Ko'hna dunyo» romanida yangi o'zbek adabiyotida birinchilardan bo'lib mistik sujet yo'nalishining yaxshi namunasini yaratdi. Muallif romandagi Abu Ubayd al-Juzjoniy xotiralaridan tarixiy voqealarni tasvirlashda hujjat sifatida foydalangan. Aslida Juzjoniy kundaliklari yozuvchi qayd etganidek, tarixiy hujjat emas. Balki obrazni ochish uchun qo'llanilgan badiiy usuldir. Bu usul esa romanda o'ta hayotiy chiqqan, muallif kitobxonlarni, hatto mutaxassislarni ham bunga ishontirishga erishgan. Juzjoniyning kundaliklari markazida buyuk olim va hakim Abu Ali ibn Sino turadi. Adib buyuk tabibning quvg'inlikdagi darbadar hayotini hikoya qilish orqali zamona qabohatlarini ko'rsatadi. Aslida yo'q, mavjud bo'lmagan kundalikni Juzjoniyning tilidan berilishi, ya'ni mistifikatsiya qilinishi romanda Ibn Sino hayoti va shaxsiyati dramasi hamda mohiyatini ochishda juda qo'l kelgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 12.75 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:54 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 12.75 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga