Badiiy adabiyotning vazifalari

Badiiy adabiyotning vazifalari

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy adabiyotning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Badiiy adabiyotning vazifalari Badiiy adabiyot o'zining vujudga kelish, shakllanish va rivojlanish tarixi davomida turli vazifalarni o'z oldiga qo'yib keldi. Shu kecha va kunduzda turli oqimlar va yo'nalishlardan iborat jahon adabiyotida yaratilayotgan asarlarda ham mualliflar o'z oldilariga turlicha vazifa va maqsadlarni qo'ymoqdalar. Hatto shunday yozuvchilar ham borki, ular nazarida adabiyot biror muayyan vazifani bajarishi shart emas. Ammo biz badiiy adabiyot deganimizda, ilg'or va taraqqiyparvar yozuvchilarning asarlaridan iborat badiiy olamni nazarda tutamiz. Antik davrdan to hozirga qadar davom etib kelayotgan Sharq va G'arb adabiyotining ilg'or namoyandalari uchun adabiyotning birinchi vazifasi hayotning haqqoniy badiiy in'ikosini yaratishdir. Biz hayot deganda mamlakat, jamiyat, xalq va ayrim shaxslar hayotini nazarda tutamiz. Badiiy adabiyot hayotni badiiy aks ettirish jarayonida shu hayotdagi go'zallik va ezgulikni tasdiqlaydi, jamiyat va kishilar hayotidagi yangi va ilg'or tamoyillarning qanot yozishiga xizmat qiladi. Badiiy adabiyotning ikkinchi muhim vazifasi inson obrazini yaratish, uning ichki olamini tasvirlash, tabiati va ruhiyatidagi go'zallik kurtaklarining tashqi olam ta'sirida g'uncha tugishi va gullashi jarayonini ko'rsatishdir. To'g'ri, kishilar tabiati va ruhiyatidagi ichki belgilar tashqi omillar ta'sirida har doim ham porlab yubormasligi, aksincha, salbiy xislatlar, xuddi gulzordagi yovvoyi o'tlar singari, bo'y cho'zishi mumkin. Lekin badiiy adabiyot, ibrat maktabi sifatida, kishilarda yaxshi fazilatlarning chaman bo'lib ochilishiga xizmat qilishi lozim. Badiiy adabiyotning uchinchi muhim vazifasi shundaki, u hayotni, insonni va uning ruhiy olamini aks ettiribgina qolmay, tabiatdagi va kishilar ruhiyatidagi go'zallikni tasvirlash, tarixiy o'tmishdagi, shuningdek, hozirgi davrdagi ibratli voqealar va ajoyib kishilar hayotini aks ettirish orqali -kishilarga emotsional ta'sir o'tkazish, zavq-shavq bag'ishlash, ularni tarbiyalash, ularning barkamol insonlar bo'lib shakllanishida faol ishtirok etishdir. Badiiy adabiyot ana shu jihatlari bilan adabiyotning boshqa turlaridan farqlanadi. Badiiy adabiyotga oshno har bir odam tabiat va jamiyat go'zalliklaridan yanada ko'proq bahramand bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.52 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.52 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga