Bobur lirikasi va uning Boburnoma asari

Bobur lirikasi va uning Boburnoma asari

O'quvchilarga / Adabiyot
Bobur lirikasi va uning Boburnoma asari - rasmi

Material tavsifi

Z.M.Bobur lirikasi. Boburnoma asari haqida Dars rejasi: 1. Z.M.Boburning ayanchli qismati. 2. Boburnoma zamonlar oshib. 3. Bobur lirikasi. Tayanch so'z va iboralar: Andijon, Axsi qo'rg'oni, taxtga o'tirishi, Kobul safari, Hindiston orzusi, nozikta'b shoir, hayotga qaynoq mehr aks etgan jo'shqin g'azallar, afsus-nadomat to'la she'rlar, tolesizlik, Boburnoma haqida, Bobur haqida yaratilgan asarlar. Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, g'oyat iste'dodli farzandi edi. Bobur fe'li - sajiyasiga ko'ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir, - deya yozadi tarjimon Eduard Xolden. U o'ta notinch, sarson - sargardonlikda kechgan umrini zo'r salohiyati tufayli jozibali qila oldi. Uning hayoti faqat qahramonliklar ila emas, ijodkorlik, bunyodkorlik bilan ham to'la edi. U 20 yoshida yangi bir yozuv - Xatti Boburiyni kashf qildi. Ajoyib she'rlar yozdi, devon tartib qildi. Boburnomaday o'lkan tarixiy - badiiy asarni yaratdi. Musiqa bilan shug'ullandi Chorgoh maqomiga savtlar bitdi. 1521-yilda soliq ishlarini tartibga soluvchi Mubayyin ul - zakot (Zakot bayoni) asarini she'riy yo'lda yozdi. 1523-1525-yillarda aruz vazni haqida risola tuzdi. Muxtasar (Qisqa qo'llanma ) nomi bilan shuhrat topgan bu asar Alisher Navoiyning Mezon ul - avzonidan keyin aruz ilmiga bag'ishlangan ikkinchi asar edi. Boburning Harb ishi, Musiqa ilmi nomli asarlari hozirgacha topilgan emas. Bobur ikki tilda - o'zbek va tojik tillarida erkin ijod etdi. U o'zbekcha she'rlarini to'plab, 1519-yilda Qobulda, 1528-1529-yilda Hindistonda devonlar tuzdi. Bu ikki devon o'sha joylar nomi bilan Qobul devoni, Hind devoni, Musiqa ilmi nomli asarlari hozirgacha topilgan emas. Bizgacha yetib kelgan she'rlarining umumiy soni 400 dan ortiq. Sundan 119 tasi g'azal, 231 tasi ruboiy. U tarjima bilan ham shug'ullandi. Xo'ja Ahrorning Volidiya asarini o'zbekchaga ag'dardi. Bobur she'rlarining bir qismi an'anaviydir. Lekin deyarli hammasi benihoya samimiy tuyg'ular bilan yo'g'rilgan. Bobur she'rlarining ko'pchiligi Vatan haqidadir. Ular Vatandan judolik azobi, u bilan birga bo'la olmaaslik iztiroblarini ifodalaydi. Shoir bularning hammasini taqdirdan, deb biladi. O'zini baxtsiz, tole'siz deb hisoblaydi. Tole'sizlik bilan chiqisha olmaydi. Alam bilan Qobulni, Hindistonni zabt etadi, biroq bundan ko'ngli taskin topmaydi. Hech bir yurt uning uchun o'z yeridek - Vatanidek bo'lmaydi. Aksincha, Hind sori borishni xatolig', yuz qarolig' hisoblaydi. Shoir yozadi. Tole' yo'qi jonimga balolig' bo'ldi, Ne ishniki ayladim, xatolig' bo'ldi. O'z yerni qo'yib, Hind sori yuzlandim, Yorab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi. Ushbu she'r janriga ko'ra ruboiy. U aruzning xazaj bahridagi axrab vaznida bitilgan. G'azal ko'pgina Sharq adabiyotida ham asosiy she'riy janrni tashkil etadi. Shoirlar she'rlarini to'plab, devonlar tuzganlarida, undan salmoqli o'rinni g'azal egallagan. Shu sababli Bobur devoning ham katta qismi g'azallardan iborat. Bobur g'azallari ham mavzuiga ko'ra xilma - xildir. Unda hayotga qaynoq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.76 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.76 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga