Hamid Olimjon (1909-1944)

Hamid Olimjon (1909-1944)

O'quvchilarga / Adabiyot
Hamid Olimjon (1909-1944) - rasmi

Material tavsifi

Hamid Olimjon (1909-1944) Lirika-har bir milliy adabiyotning xalq ommasi tomonidan sevib o'qiladigan turi. Biz o'zbek adabiyoti deganda, birinchi navbatda, Navoiy g'azallarini, rus she'riyati deganda Pushkin she'rlarini ko'z oldimizga keltiramiz va bu g'azal-u she'rlar qulog'imiz ostida jaranglay boshlaydi. XX asrda o'zbek she'riyati an'anaviy aruz vaznidan xalq ijodi uchun xarakterli barmoq vazniga o'tganida, Cho'lpon «Go'zal» singari so'lim she'rlari bilan yangi o'zbek lirikasini boshlab berdi. Uning barmoq vaznida yozilgan lirik she'rlari o'zbek adabiy tilining imkoniyatlari kengligini, o'zbek she'riyatining esa shakl va vositalarga boyligini namoyish etdi. Cho'lpondan keyin o'zbek lirikasining eng yaxshi namunalari uning izdoshlari tomonidan yaratildi. O'zbek lirikasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan shoirlar orasida Hamid Olimjon ijodi alohida ajralib turadi. Hamid Olimjon faqat lirik shoirgina bo'lib qolmay, «Oygul va Baxtiyor», «Semurg'», «Zaynab va Omon», «Roksananing ko'z yoshlari» singari dostonlari, «Muqanna» she'riy tragediyasi bilan ham mashhur. U ayni paytda tarjimon va adabiyotshunos ham bo'lgan. Shoirning hayot va ijod yo'li. Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug'ildi. To'rt yoshida otasi vafot etgach, bobosi qo'lida tarbiyalandi. Azim bobo xatli-savodli kishilardan bo'lib, mashhur bahshi Fozil Yo'ldosh o'g'li jizzaxlik do'st-yorlari huzuriga mehmon bo'lib kelganida uning uyiga ham tushar va shunday kunlarda Abdulhamid bobosi pinjida o'tirib, bahshining do'mbira jo'rligida aytgan doston va termalarini butun vujudi quloq bo'lib tinglar edi. Bo'lajak shoirning onasi Komila aya esa xalq ertaklarining «kon»i bo'lib, Abdulhamidning adabiyotga bo'lgan havasi shu ikki manbaning ta'sirida oshgan. Bo'lajak shoirning shakllanishida yana bir muhim omil bor. Bu 1916-yil Jizzax qo'zg'olonidir. Jizzax shahrining to'pga tutilishi, Abdulhamid yashagan qo'rg'onning yer bilan yakson etilishi, boshqa jizzaxliklar qatori, ular oilasining ham cho'l-u biyobonga haydalishi uning murg'ak ongida iz qoldirmay qo'ymadi. U bolalik kezlaridayoq dunyoda sharqirab oqqan soy-u beg'ubor osmondan boshqa zulm va zo'ravonlik ham borligini ko'rib, sezib o'sdi. Abdulhamid 1918-1923-yillarda Jizzaxda ochilgan to'liqsiz o'rta maktabda, 1923-1928-yillarda Samarqanddagi o'zbek bilim yurtida, 1928-1931-yillarda O'zbekiston pedagogika akademiyasida o'qib, oliy ma'lumotli bo'ldi. U dastlabki mashq she'rlarini 1925-yilda. bilim yurtida o'qib yurgan kezlarida yoza boshladi. «Kimdir» deb nomlangan ilk she'ri esa 1926-yili «Zarafshon» gazetasida bosildi. Ko'p o'tmay, u Hamid Olimjon imzosi bilan kattagina «Ko'klam» she'rlar to'plamini e'lon qildi (1929). Shundan keyin uning «Tong shabadasi» hikoyalar to'plami (1930), «Olov sochlar» (1931), «Poyga» (1932), «She'rlar», «Daryo kechasi» (1936), «Baxt» (1940) kabi she'riy kitoblari e'lon qilindi. Hamid Olimjon urushgacha bo'lgan davrda iste'dodli shoir sifatida shuhrat qozondi. 1931-yili Hamid Olimjon pedakademiyani tugatib, Toshkentga ko'chib keldi. «Yosh leninchi» gazetasida, «Qurilish» va ,,O'zbekiston sho'ro adabiyoti» jumallarida mas'ul kotib lavozimida xizmat qildi. 1932-1937-yillarda, «millatchi» sifatida ishdan haydalguniga qadar Madaniy qurilish ilmiy-tekshirish institutida ishladi. Qatag'on to'lqinlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.17 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.17 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga