Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) Adabiyot darsligimizning «Vatanni sevmoq iymondandir» deb nomlangan bo'limi Hamza Hakimzoda Niyoziy mavzusi bilan boshlangani bejiz emas. Chunki bu ijodkorning butun hayoti, mehnat faoliyati, ijodi ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, qo'lidan kelgancha uning dardlarini yengillatish bilan kechgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yilning 6-mart kuni Farg'ona vodiysining yirik madaniy o'choqlaridan bo'lmish qadimgi Qo'qon shahrida tug'ilgan. Uning otasi Ibn Yamin mashhur tabib bo'lgan. Shu sabab shoir o'z taxallusiga Hakimzoda nomini qo'shgan. Onasining ismi Jahonbibi edi. Hamza dastlabki ta'limni shahardagi eski maktab va madrasalarda oldi, o'sha paytda urf bo'la boshlagan rus-tuzem maktabida rus tilini o'rganishga harakat qildi. Badiiy ijod sohasida uning dastlabki ustozlaridan bin tatar maorifchisi Abdulla To'qmullin bo'lgandi. Bu haqda keyinchalik adib shunday xotirlagan: «Ul menim qo'limda o'z qalamim bilan yuz sahifadan ortig'roq eski usuldagi yozishmalarimi ko'rib, tarbiyag'a kirishdi». 1909-yilda Hamza arab tilini o'rganish uchun Buxoroga boradi. Biroq shahardagi diniy guruhlar o'rtasidagi mojarolar tufayli Kogon shahriga chetlanib, u yerdagi matbaa korxonasida ishlaydi. 1910-yilda Toshkentga kelgan Hamza ma'rifatchilik faoliyatini boshlaydi. Bu yerda Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li boshchiligidagi jadidlar - yangilik tarafdorlari safiga qo'shiladi. Shaharning Qashqar mahallasida usuli jadid (yangi usulda o'qitadigan) maktabini tashkil qiladi. Xuddi shunday maktabni 1911-yilda Qo'qonda ochganida, hukmron chor ma'murlari tomonidan yopiladi. O'sha yili Hamza haj safari davomida Afg'oniston, Hindiston, Turkiya, Arabiston o'lkalarida bo'ladi. Yurtiga qaytib ma'rifatparvarlik ishini davom ettiradi, zamonasining dolzarb muammolari aks etgan badiiy asarlar yozishni kuchaytiradi. Uning Marg'ilon va Qo'qon shaharlarida ochgan maktablari yana tazyiqqa uchraydi: «1914-yilning oxirlarida Marg'ilonda maktab ochdim. Sakkizinchi oygacha bormay, Andreyev ismindag'i Skobel (Farg'ona shahri nomini chor hukumati shunday deb o'zgartirgan edi - tahr.) maorif rahbari tomonidan majburiy yopildi Undan yana Xo'qand kelib, yo'qsil bolalar uchun pulsiz o'qish maktabi ochdim o'zim 4 oyga davom ettirgandan keyin uyezd nachayligi Medinskiy tomonidan tintuv bo'lib yopildi. Lekin hech bir qanday qog'ozlarim qo'liga tushmagani uchun qamalmay qutuldim». Hamza o'zi ochgan maktablardagi ta'lim-tarbiya jarayoni tajribalaridan kelib chiqib, bu o'quv dargohlarida qo'llash uchun darsliklar yozishga ham jiddiy e'tibor beradi. Uning «Yengil adabiyot», «O'qish kitobi», «Qiroat kitobi» singari o'quv qo'llanmalari Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval», Munavvarqorining «Adibi avval», «Adibi soniy», Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat singari ma'rifatparvarlar kitoblari qatorida millat bolalarini savodli qilish ishiga munosib hissa qo'shdi. Hamza dastlab «Nihoniy» («yashirin», «maxfiy» ma'nosida) taxallusi bilan mumtoz adabiyotimiz janrlarida ijod qildi. Qariyb o'n yil davomida yaratgan she'riy asarlarini to'plab, 1914-yilda ilk qo'lyozma devonini «Devoni Nihoniy» nomi ostida jamladi. 1915-1919-yillarda yozgan she'rlarini esa yettita to'plam qiladi va ularga «Milliy ashulalar uchun milliy she'rlar majmuasi» deb umumiy nom beradi. Bu majmuaga «Atir ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
58.48 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
58.48 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:06 ]
Arxiv ichida: docx