Jek London Hayotga muhabbat (hikoya). HAYOTGA MUHABBAT Ular oqsoqlanib soyga tomon tushib borardilar. Hamrohlardan biri, oldinda borayotgani toshloq yerda qoqilib gandiraklab ketdi. Ikkalasi ham charchab holdan toygan va tishini-tishlariga qo'yib taqdirga tan berganliklari yuzlaridan ko'rinib turardi - bu uzoq vaqt chekkan qiyinchiliklari oqibati edi. Orqalaridagi qayish bilan tortib bog'langan og'ir yuklari yelkalarini ezardi. Ikkalasida ham bittadan miltiq. Ikkalasi ham bukchayib ko'zlarini yerdan uzmay borardilar. - Qani endi yashirib qo'ygan joyimizdagi o'qlardan hozir ikkitaginasi bo'lsa, - deb qo'ydi ulardan biri. Azbaroyi madorsizlikdan ovozi zaif chiqdi. U judabehafsalalik bilan gapirardi. Toshlarga urilib, ko'piklanib oqayotgan sutdek oppoq suvga endi oyoq bosgan sherigi esa unga hech narsa deb javob bermadi. Ikkinchisi ham sherigi orqasidan suvga tushdi. Suv muzdek sovuq bo'lishiga qaramay ular oyoq kiyimlarini yechmadilar. Suv shu qadar sovuq ediki, oyoqlari barmoqlarigacha uvishib qoldi. Ba'zi joylarda suv tizzadan kelardi. Shunda suv shi-tob bilan urganda, ular o'zlarini tutohnay, gandiraklab ketardilar. Orqada kelayotgan yo'lovchi silliq toshga tiyg'anib ketib, yiqilishiga oz qoldi, og'riqdan qattiq ixrab yubordi, ammo yiqilmadi. Boshi aylandi, shekilh, munkib ketib, xuddi havodan madad so'raganday, bo'sh qo'lini oldinga cho'zdi. o'zini o'nglab oldi-da, oldinga qadam bosdi, lekin yana toyib ketib, yiqilishiga sal qoldi. Shundan keyin, to'xtab o'z sherigiga qarab qo'ydi: sherigi esa orqasiga ham qaramay, hamon oldinga qarab ketmoqda edi. Orqada qolgan bir narsani o'ylagandek birpas qimirlamay turdi, keyin: - Menga qara, Bill, oyog'imni chiqarib oldim, shekilli! - deb qichqirdi. Bill oyoqlarini sudrab, sutdek oppoq suvdan kechib borardi. U orqasiga biror marta ham qayrilib qaramadi. Sherigi uning orqasidan qarab turardi. Uning yuzi avvalgidek hech narsani ifoda qilmasa-da, ko'zlarida yaralangan bug'u singari chuqur qayg'u ifodasi aks etdi. Mana Bill qarshi qirg'oqqa o'tib oldi-da, kalovlanib yurib ketdi. Suvning o'rtasida turgan hamrohi undan ko'zini olmay qarab turdi. Uning lablari shu qadar titrar ediki, o'siq sariq mo'ylovi uchib-uchib ketardi. U tilining uchi bilan qovjiragan lablarini bir yalab oldi-da: - Bill! - deb qichqirdi. Bu faloqatga yo'liqqan odamning jon achchig'idagi qichqirig'i edi, ammo Bill qayrilib ham qaramadi. Ketib qolgan sherigining orqasidan uzoq vaqt qarab turdi: sherigi lapanglab, oqsoqlanib, qoqinib-suqilib, tepalikda ko'ringan egri-bugri chiziqlar tomon asta-sekin ko'tarilib borardi. Bill to tepalikni oshib, ko'zdan g'oyib bo'lguncha, sherigi orqasidan qarab turdi. Shundan keyin u tarafdan ko'zini uzdi-da, Bill ketgandan keyin yolg'iz o'zi qolgan yerni bir-bir ko'zdan kechirib chiqdi. U butun og'irligini bir oyog'iga sohb turib, soatini oldi, soat to'rt edi. So'nggi ikki hafta ichida u hisobni yo'qotib qo'ydi: iyulning oxiri yoki avgustning boshlari bo'lganligi sababli quyosh shimol-g'arbda bo'lishi kerak edi. U janub tomonga qaradi. ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.95 KB
Ko'rishlar soni
203 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.95 KB
Ko'rishlar soni
203 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:14 ]
Arxiv ichida: doc