Alisher Navoiyning Lison ut-tayr dostonida Bahouddin NAQSHband obrazi talqini O'zbek tili adabiyoti fakulteti 2-B guruh talabasi Avezova Mavluda Ilmiy rahbar: dotsent T.R.Xo'jayev Alisher NavoiyningLison ut-tayr dostonida turli toifadagi ulug' zotlar- so'fiylar, Shayx, avliyo, xalifar va boshqalarning nomlari zikr etilgan. Bu shaxslarga oid voqea, hodisalar, sifatlar,belgilardan xabardor bo'lish Lison ut-tayr dostoni mazmuni, shoir g'oyalarini anglab olishni osonlashtiradi. Asarda ko'plab diniy-tasavvufiy obrazlarni uchratamiz. Masalan: Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali kabi xalifalar; Bahouddin NAQSHband, Najmiddin Kubro, Abu Turob Naxshabiy, Abulhasan Xaraqoniy, Ibrohim Adham, Porso, Abdulla Ansoriy, Bistomiy, Shayx Abul Abbos va boshqa so'fiylar haqida hikoyatlar keltiradi. Asarda Bahouddin NAQSHband nomlari ham ko'zga tashlanadi. Bahouddin NAQSHband- mashhur avliyo, nAQSHbandiya tariqatining asoschisi. U tug'ilgan qishloq Qasri Hinduvon deb atalgan. Uning oilasi va farzandlari to'g'risida aniq ma'lumot yo'q. Lekin Bahouddin NAQSHband Muhammad payg'ambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd etiladi. Bahouddin NAQSHband oiladan voz kechgan bo'lsa ham o'zining qat'iy aqidasini dil ba yor-u dast ba kordan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shug'ullangan, otasining yonida turib, dastgohda gulli harirlar to'qigan. Misga gul-nAQSH tushirish bilan shug'ullangan. Uning laqabi- NAQSHband ham misgarligidan olingan. U NAQSHbandiya ta'riqatining asoschisi hisoblanadi. Bahouddin NAQSHband 73 yillik umri davomida Navoiy ta'biri bilan aytganda ko'plab avroq munaqqash etgan bo'lsa-da, uning to'la ilmiy me'rosi bizgacha saqlanib qolmagan. Mashhur so'fiy hamma narsadan o'zini kam ko'rib, o'zini sarv-u gul oldida xor-u xas kabi turar edi. Najmiddin Komilov o'zining Tasavvuf nomli asarida quyidagicha fikrlarni bayon etadi: Alisher Navoiy hazrat NAQSHband va u kishining sulukidagi shayxlarni Lison ut-tayrda sudra daraxti (jannat daraxti)dagi qushlarga o'xshatadi. Bu qushlar sokin vat inch hayot kechiradilar. Ulug' shoir NAQSHband sulukining mohiyatini juda aniq ta'riflab bergan: botiniy holda xalqdan yashirinish, botiniy olam bilan haq visoliga musharraf bo'lish, ko'ngilda irfon nurini limmo-lim saqlash, buni o'zgalardan nihon tutish, dilda ma'rifatning yuz ming daryosi toshib tursa ham sadaf kabi og'izni ochmaslik. Zero, sadafning og'zi berk bo'lganligi uchun ichida dur hosil bo'ladi. Ota- bobolarimiz ulug' avliyo Bahouddin NAQSHbandga chin dildan ixlos qo'yib, uni Bahouddini Balogardon deya ulug'lashgan. Uning diling ollohda, qo'ling mehnatda bo'lsin degan hayotbahsh hikmati o'ziga xos mazmun- mohiyatga ega. Alisher Navoiy o'zining Xamsa hamda Nasoyim ul-muhabbat nomli asarlarida mashhur so'fiy haqida ko'plab ma'lumotlarni keltirib o'tadi. Masalan, Nasoyim ul-muhabbat asarida shunday ma'lumotlarni ko'ramiz: Mavlono Jaloluddin Xolidiy hazratlaridan so'rubdurlarki, Hazrat Xoja Bahouddinning suluk va tariqining nisbati mutaaxxir mashoyixdin qaysi pirning tariqig'a munosabati bor? Ul debdurki, so'z mutaqaddimin mashoyixdin deng va ikki yuz yildan ortuqroqdurki, bu nav' osori valoyatzuhuriki, hazrat Xoja Hazratlarig'a tengri taolo inoyatidin voqe' bo'lubdur. Bahouddin NAQSHband tasavvufdagi ilgarilari amalda ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.22 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.22 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:17 ]
Arxiv ichida: docx