Lison ut-tayr dostonida obrazlar talqini

Lison ut-tayr dostonida obrazlar talqini

O'quvchilarga / Adabiyot
Lison ut-tayr dostonida obrazlar talqini - rasmi

Material tavsifi

Lison ut-tayr da obrazlar talqini Avezova Mavluda- O'zbek filologiyasi fakulteti 2- ''B'' guruh talabasi Ilmiy rahbar: dotsent. T.R. Xo'jayev. Alisher Navoiyning falsafiy-ta'limiy va tasavvufiy ruhda yozilgan 6-dostoni Lison ut-tayrdir.Bu doston 1499-yilda yozilgan bo'lib, 3598 baytdan iborat. Asarning asosiy voqealari qushlarning o'z joylarini to'g'ri aniqlolmagani va Hudhudning afsonaviy Semurg' degan adolatli qush haqida so'zlab berishi bilan boshlanadi.So'ngra Hudhud boshchiligida qushlar Semurg'ni izlab yo'lga tushadilar.Asarda 7 vodiy tasavvufda haqiqatga eltuvchi 7 bosqichning majoziy tavsifi sifatida namoyon bo'ladi.Bu vodiylar Talab, Ishq, Ma'rifat, Istig'no, Tavhid, Hayrat, Fano kabilardir.Lison ut-tayr dostonida ko'plab hikoyatlar keltiriladi.Ularda turli obrazlar uchraydi.Ularni quyidagicha guruhlab o'rganishni ma'qul topdik: 1.Payg'ambarlar obrazi. 2.Diniy -tasavvufiy obrazlar. 3.Tarixiy shaxslar timsollari. 4.Mifologik obrazlar. 5.Ishq-muhabbat bilan bog'liq an'anaviy obrazlar. Yusuf payg'ambar o'zbek mumtoz adabiyotida, qolaversa, Alisher Navoiy asarlarida o'ziga xos go'zallik timsoli sifatida ta'riflanadi.Lison ut-tayr dostonida ham bir necha bor Yusuf payg'ambar obrazi keltirib o'tiladi: Dard-u g'am erdi anga yor-u nadim, Hajr zindonida Yusufdek muqim Misrlik bir oliy himmatli kishi hamma narsaga ega bo'lsa-da,hajr zindonida qolgan Yusuf kabi unga ham doimo dard va g'am chekish yor edi. Quroni karim da Yusuf haqida 2 ta oyati kalima hamda Yusuf nomli 11 oyati kalimalik bir sura mavjud Bundan tashqari, Qissasi Rabg'uziy da: Yusuf 11-o'g'il erdi, Mavlo taolo anga o'n karomat qildi:ko'rk, qiliq, kechurmak, yalovochlik, tush ta'biri, ko'ni so'z, o'z, avoqibat umur, ta'vili suhuf… ta'rifi berilgan. Lison ut-tayr dostonida Sulaymon payg'ambar obrazi ham bir necha bor tilga olinadi.Afsonalardan ma'lumki, Sulaymonning butun salohiyati, podsholigi qudrati uning uzugi bilan bog'liq edi: Fahmig'a maxfiy zabone kerak, Yo'q zabondonkim-Sulaymone kerak. (32-bet) Sulaymon payg'ambar haqida Navoiy o'zining Tarixi anbiyo va hukamo asarida ham keltirib o'tadi: Olamni Sulaymong'a haq etmish ma'mur, Hukmi soldi jin-u bashar xayliga sho'r. Oxir chu ajal anga maqom ayladi go'r, Tufroq ichida qildi vatan o'ylaki mo'r. Sulaymon xotami, Jamshid jomi mumtoz adabiyotda ko'p tilga olinadigan,juda noyob afsonaviy ashyolar.Bularga ega bo'lish qudrat va buyuklik ramzi.Farhod va Shirinda shunday bayt bor: Adadsiz javharu naqdi kiromi, Sulaymon xotami, Jamshid jomi. Asarda Hudhud tomonidan aytilgan Sulaymon haqidagi hikoyatda Azroil bilan bo'lgan suhbati ko'rsatilgan. Diniy-tasavvufiy obrazlar ham asarda ko'plab uchraydi.Masalan:Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali kabi xalifalar; Najmiddin Kubro, Abu Turob Naxshabiy, Abulhasan Xaraqoniy, Ibrohim Adham, Porso, Abdulla Ansoriy, Bistomiy, Shayx Abul Abbos va boshqa so'fiylar haqida hikoyatlar keltiriladi.Lison ut-tayr dostoni hamd, munojot, na't bilan boshlanadi va so'ngra xalifalar haqida fikr yuritiladi. Xalifa (arab.-o'rinbosar,noib)- musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig'i. Xalifa Muhammad payg'ambarning o'rinbosari. Navoiy Abu Bakr xalifa haqida fikr yuritib shunday deydi: Kim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.48 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.48 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga