Lison ut-tayr dostonida Sulaymon payg'ambar obrazi talqini

Lison ut-tayr dostonida Sulaymon payg'ambar obrazi talqini

O'quvchilarga / Adabiyot
Lison ut-tayr dostonida Sulaymon payg'ambar obrazi talqini - rasmi

Material tavsifi

Lison ut-tayr dostonida Sulaymon payg'ambar obrazi talqini Avezova Mavluda- O'zbek til va adabiyoti fakulteti 3- ''B'' guruh talabasi Ilmiy rahbar: dotsent T.R. Xo'jayev Alisher Navoiyning tasavvufiy ruhda bitilgan ''Lison ut-tayr'' dostoni insonni komillik sari yetaklovchi o'ziga xos manbadir. Asarda rang-barang obrazlarni uchratish mumkin. Shulardan biri payg'ambarlar obrazi bo'lib, Navoiy insonlarni diniy- tasavvufiy bilimlardan ham xabardor bo'lishga undaydi. O'zbek mumtoz adabiyotida eng ko'p qayd etiladigan payg'ambarlardan bo'lgan Sulaymon payg'ambar haqida ' 'Lison ut-tayr '' dostonida turli ma'lumotlar keltirilgan. ''Sulaymon- Qur'onda tilga olingan payg'ambarlardan biri, hukmdor.Mil. avv. 965-928-yillarda Isroil podshosi bo'lgan. Dovudning o'g'li.13 yoshida taxtga o'tirgan. yetuk bilimli,har bir ishda hukm chiqarishda otasidan ko'ra olimroq bo'lgan.'' Sulaymon payg'ambar to'g'risida ''Qur'oni karim''ning ''Naml'' va ''Saba'' suralarida ham turli mulohazalar keltirilgan : ''Sulaymon alayhissalomga Olloh taolo ins-u jin podshohligini ato etgan edi. Uchar shamollar esa u zotning inom ixtiyorida bo'lib, istagan joylariga bir zumda eltib qo'yar edi.'' ''Lison ut-tayr '' dostonida Navoiy yetti o'rinda Sulaymon payg'ambarni tilga olib o'tadi. Mumtoz adabiyotda Sulaymon payg'ambar va unga xos sifatlar yonma-yon tarzda qo'llaniladi. Sulaymon va chumoli, Sulaymon va lashkari, Sulaymon va uzugi, Sulaymon va Osaf, Sulaymon va Hudhud, Sulaymon va Bilqis shaklida uchratishimiz mumkin. Bularning har biri haqida ma'lumotlarga ega bo'lish asar mazmunini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi.Asarning XVI bobida quyidagi misralarni uchratishimiz mumkin : K-ey daming jonbahsh-u, nutqing dilpisand, Ikkisi jonu ko'ngulga sudmand. Ham Sulaymon bazmida topqan qabul, Ham rasul etkon seni andog' rasul. Hudhud Sulaymon oldida e'tiborga molik edi. Shu sabab ham ular ko'pincha birgalikda qo'llaniladi.Navoiy talqinicha, Sulaymon har bir qushga ma'lum ish topshirgan bo'lib, Hudhud suv topishga mas'ul bo'lgan. ''Lison ut-tayr '' ning LXXV bobida ushbu fikrlar qayd etilgan : O'truda bu bo'ldi Hudhudning so'zi : Kim manga tushmish Sulaymonning ko'zi. Haq taollokim anga aylab nazar, Ham rasul aylab edi, ham tojvar.(127-bet.) Hudhud o'z qarshisida turganlarga Sulaymonning ko'zi unga tushganini, haq taolo unga nazar solib, uni ham payg'ambar , ham toj egasi etganini, olamdagi barcha narsalarga shoh etib tayinlaganini ta'kidlab o'tadi. Naqldurkim, avji rif'at kavkabi, Mehtari a'zam Sulaymoni nabi - Bir kun erdi taxt uza oromgir, Olida devu pari farmonpazir.(155-bet.) ''Lison ut-tayr '' dostonida Hudhudga bir qush manzilga yetib borolmay yo'lda jon taslim etishini aytadi. Ushbu fikrlarga javoban asarning CXII bobida Hudhud tomonidan Sulaymon payg'ambar bilan bog'liq hikoyat keltirilgan.Unda aytilishicha, kunlarning birida payg'ambar o'z taxti ustida dam olib o'tirar, dev va parilar uning farmonini kutib turgan bir paytda uning oldida bir oqil odam xomush turardi. Shunda payg'ambar oldiga jon oluvchi Azroil uchib kelib,unga yonida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.94 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.94 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga