Lisonut-tayr dostonida payg'ambarlar obrazi talqini

Lisonut-tayr dostonida payg'ambarlar obrazi talqini

O'quvchilarga / Adabiyot
Lisonut-tayr dostonida payg'ambarlar obrazi talqini - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiyning Lison ut-tayr dostonida payg'ambarlar obrazi talqini. O'zbek filologiyasi fakulteti 2-B guruh talabasi Avezova Mavluda. Ilmiy rahbar: dotsent Xo'jayev T.R. Alisher Navoiyning 1499- yilda yozilgan 6- dostoni Lison ut- tayr ni anglash uchun islom dini, Quron karim mohiyatidan xabardor bo'lish lozim. Asarda rang-barang obrazlarni uchratish mumkin. Bu obrazlar orqali tasavvufiy, falsafiy g'oyalar aks ettiriladi. Navoiyning Lison ut-tayr dostonida payg'ambarlar obrazini ham uchratamiz. Asarning bir necha o'rinlarida Navoiy payg'ambarlarni tilga olib o'tadi. Masalan, ulardan biri mumtoz adabiyotda keng qo'llanadigan Sulaymon payg'ambar obrazidir. Sulaymon payg'ambar haqida muhim ma'lumotlar Quroni karimning Naml va Saba suralarida o'z ifodasini topgan. Asarda Sulaymon payg'ambar obrazi yetti o'rinda qo'llaniladi. Ondakim darj etti qushlardin maqol, O'zga tildur, o'zga so'zdur, o'zga hol. Fahmig'a maxfiy zabone kerak, Yo'q zabondonkim-Solaymone kerak. Bunda Navoiy Mantiq ut-tayr asarining maqtovga loyiqligini ta'kidlab, unda qushlar haqida o'zgacha tilda so'zlanganini aytadi. Uni fahmlash uchun kishi maxfiy tillarni bilishi kerak, faqat maxfiy tillarni bilguvchigina emas, balki naq Sulaymonning o'zi bo'lishi kerakligini qayd etib o'tadi.Ushbu misralarda Sulaymon payg'ambarga xos ajoyib bir sifatga ishora bor. Ma'lumki Sulaymon payg'ambarga ins-u jinlar,parilar, devlar tobe edi.U kishi qushlar, jonivorlar tilini ham bilar edi.Baytda ana shu jihat e'tiborga olingan.Alisher Navoiy o'zining Tarixi anbiyo va hukamo asarida ham Sulaymon payg'ambar haqida batafsil ma'lumotlar beradi: Olamni Sulaymong'a haq etmish ma'mur, Hukmi soldi jins-u bashar xaylig'a sho'r. Oxir chu ajal anga maqom ayladi go'r, Tufroq ichida qildi vatan o'ylaki mo'r. Shoir Lison ut-tayr dostonida Sulaymon payg'ambar bilan bog'liq bir hikoyat ham keltiriladi: Naqldurkim, avji rif'at kavkabi, Mehtari a'zam Sulaymoni nabi.(155-bet.) Naql qiladilarkim, yuksaklik cho'qqisining yulduzi ulug' elchi Sulaymon payg'ambarning taxtda o'tirganligi va uning oldiga Azroil kelib, yonidagi shu aziz insonni hind iqlimida jonini olishi kerakligini hayron bo'lib aytgani tasvirlanadi. Biz bilamizki, mumtoz adabiyotda Sulaymonning ins-u jinlar, dev-u parilar ustidan hukmronligi, sehrli ashyolar - uzuk va gilamga, mo'jizaviy taxtga egaligi, qushlar tilini bilishi, shamolni bo'ysundirishi aytiladi. Bu hikoyatda ham Sulaymon payg'ambarning so'zi bilan shamol u odamni xohlagan joyiga eltishi va oxiri hind eliga borib qolib, Azroil uni jonini olishi holati aks ettiriladi. Lison ut-tayr dostonida qo'llangan payg'ambarlar obrazidan yana biri Yusuf payg'ambar obrazidir.Dostonda Yusuf payg'ambar uch o'rinda tilga olinadi. Quroni karimning Yusuf surasi da Ollohning payg'ambarlaridan Yusuf ibn Ya'qubning hayoti zikr qilinib, u zotning boshiga tushgan balolar, og'a-inilari va begonalardan ko'rgan kulfatlari-chohga tashlanganlari; tuhmatga yo'liqqanlari; zindonband bo'lganlari va bunday og'ir ko'rguliklarga sabr- toqat qilishlari natijasida oxir-oqibat zindon azobidan xalos qilinib, butun Misr zaminining mulk-u xazinasiga ega bo'lganlari xususida so'z boradi. Nosiruddin Rabg'uziy Qisasi Rabg'uziy asarida ko'plab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.76 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.76 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga