Maqsud Qoriyev (1926-yilda tug'ilgan) Hozirgi zamon o'zbek adabiyotining namoyandalaridan bo'lgan yozuvchi va jurnalist Maqsud Qoriyev 1926-yili Toshkentda tug'ilgan. Uning bolalik va o'smirlik yillari Ikkinchi jahon urashi paytiga to'g'ri keldi. Shuning uchun u mehnat faoliyatini juda erta boshlab, Yunusobod mavzesidagi xo'jaliklarda ishladi. 1947-yili Toshkent yuridik institutini tugatib, shu institutning aspiranturasida o'qishni davom ettiradi. Keyinchalik nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. M. Qoriyevning jurnalistik faoliyati o'tgan asrning 50-yillaridan boshlangan. Dastavval u «Qizil O'zbekiston» gazetasida, so'ng «Toshkent haqiqati» gazetasida bosh muharrir o'rinbosari va bosh muharrir lavozimlarida ishladi. 1964- 1984-yillarda, ya'ni yigirma yil davomida Respublikaning eng asosiy gazetasi (hozirgi «O'zbekiston ovozi»)ga rahbarlik qildi. 1984-1992-yillarda «Mushtum» hajviy jurnali bosh muharriri, undan keyin «Mehrigiyo» gazetasi bosh muharriri bo'lib ishladi. 60-yillarning o'rtalaridan birin-ketin Maqsud Qoriyevning nasriy asarlari bosila boshlaydi. «Oydin kechalar» (1968), «Jiyda gullaganda» (1970), «Oy tutilgan kecha» (1971), «Qiz uzatib borganda» (1972), «Afrosiyob go'zali» (1974), «Turnalar baland uchadi» (1976), «Oydin» (1979) kabi kitoblari nashr etiladi. Bu asarlarning asosiy mavzulari yoshlar haqida bo'lib, ularning ma'naviy olami, o'z hayot yo'llarini topib olishdagi mashaqqatlari, orzu-intilishlari aks etadi. Ayrim qissa va hikoyalarda yaqin tariximizdagi voqealar, jumladan, fuqarolar urushi, ozodlik harakatlari qalamga olinadi. Ota-bobolarimizning jasorati hikoya qilinadi. Bu asarlar Maqsud Qoriyevni yirik janrdagi nasriy asarlarga o'tishi uchun o'ziga xos bosqich bo'lib, yozuvchi 80-yillardan qadimgi buyuk ajdodlarimiz hayoti, qahramonona ishlari, uzoq tarix kechmishlari borasida hikoya qiluvchi yirik romanlar yarata boshlaydi. «Spitamen» (1985), «Ibn Sino» (1995), «G'aznaviylar» kabi tarixiy romanlar shu siradandir. Bulardan tashqari adib turli mavzu va yo'nalishdagi «Ibn Sinoning bolaligi», «Yulduzlarda edi xayoli», «Osiyo go'zali», «Tojmahal», «Qaytar dunyo», «Temur haqida hikoyalar», «Ezgulikka intilib» kabi o'ndan ortiq yangi to'plamlarini ham kitobxonlarga so'nggi o'n yil davomida taqdim etdi. Yozuvchining «Qaldirg'ochlar bahorda keladi» hikoyasi va «Qiz uzatib borganda» qissasi asosida badiiy filmlar suratga olingan. Maqsud Qoriyev «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi», «Shuhrat» me'dali, «El-yurt hurmati» ordeni va jurnalistika sohasidagi xizmatlari uchun «Oltin qalam» mukofoti bilan taqdirlangan. QALDIRG'OCHLAR BAHORDA KELADI (Hikoya) Bu voqea Toshkentda yer qimirlagan o'sha dahshatli unutilmas yilda bo'lib o'tgandi. Biz, yer qimirlashning qoq markazida, mashhur Qashqar mahallasida istiqomat qilardik. Yuz bergan tabiiy ofat tufayli uyimizning hamma yog'i buzilib-yorilib ketib, bunday qaraganda xonalar but-butun turgan bo'lsa-da, lekin yashash uchun mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgandi. Yaxshiyam, baxtimizga o'sha kezlari iliq-issiq kunlar boshlanib ketdi, chodir tikib hovliga chiqa qoldik. Albatta, odatdan tashqari bunday yashash sharoiti romantikaga ishqiboz bolalarga juda qo'l keldi. Ayniqsa, ko'ch-ko'ronlarimizni yig'ib hovliga chiqib olganimiz qizimiz Nodirada alohida qiziqish uyg'otdi. Lekin qizig'i shundaki, endigina oltinchi sinfga o'tgan, har turli sarguzasht hikoyalarga qiziquvchi, biror gap bo'lsa ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.99 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.99 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:19 ]
Arxiv ichida: docx