Maqsud Shayxzoda (1908-1967) Inson qadr topgan joyida aziz. Taqdir ba'zan bir go'shada dunyoga kelgan kishiga iqtidori bois boshqa bir yerda porloq tole in'om etadi. Buyuk Bedil bizning yurtimizda tug'ilib, olis Hindistonda shuhrat topdi. Rus shoiri I. A. Brodskiy siyosiy qarashlari uchun vatanidan badarg'a qilinib, Amerika Qo'shma Shtatlarida yashadi, shu yurtda jahonga tanilib, Nobel mukofoti sovrindori bo'ldi. Shoirning hayot va ijod yo'li. Atoqli shoir va dramaturg Maqsud Shayxzoda 1908-yil Ozarbayjonning Ganja viloyatidagi Oqtosh shahrida tug'ildi. Badiiyatga erta qiziqdi. O'zi e'tirof etishicha, «hali alifboni egallamasdan oldin» she'r yarata boshladi. Ijodi ona-Vatanida ko'z ochdi, lekin ilg'or fikrlari tufayli ta'qibga uchrab, 1928-yil Toshkentga ko'chib o'tdi. Shundan boshlab umrining oxirigacha O'zbekiston unga ikkinchi Vatan bo'lib qoldi. Toshkentda shoir qator gazeta-jurnallarda ishladi, oliy o'quv yurtlarida dars berdi, ilmiy faoliyat olib bordi. Uning ko'pdan ko'p tadqiqotlari o'zbek adabiyotshunosligi rivojiga muhim hissa bo'lib qo'shildi. Nizomiy Ganjaviy, Shota Rustaveli, Shekspir, Bobur, Bayron, Pushkin ijodiga bag'ishlangan maqolalarda bu san'atkorlarning jahon adabiyoti ravnaqidagi o'rni o'rganildi. Shayxzodaning, ayniqsa, Alisher Navoiy poetik mahoratini tadqiq etgan ishlari ilmiy chuqurligi, go'zalligi bilan ajralib turadi. «G'azal mulkining sultoni» deb atalgan turkumdagi maqolalari hozirgacha yangi avlod navoiyshunoslariga o'rnak bo'lib keladi. Shekspir, Bayron, Maxtumquli, Tagor, Avetik Isaakyan, Nozim Hikmat asarlarining o'zbek tiliga o'girilgan qator namunalarida Shayxzodaning yuksak tarjimonlik san'ati namoyon bo'ladi. Maqsud Shayxzodaning o'zbek adabiyoti, madaniyati ravnaqiga qo'shgan hissasi mustaqil O'zbekiston va uning hukumati tomonidan munosib e'zozlandi. Qator maktab va ko'chalar uning nomi bilan ataladi. U «Buyuk xizmatlari uchun» ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. XX asr o'zbek she'riyati rivojida Shayxzodaning o'rni katta. Rang-barang shakl va mazmun, ko'tarinki rah, o'ktam pafos bilan sug'orilgan she'rlaridagi quyma obrazlar, ramziylik, so'zlardagi jarangdorlik, musiqiy salobat shoir asarlariga ajib badiiy-yaxlitlik bahsh etadi, o'quvchi qalbida shularga monand hissiyotlar to'lqinini uyg'otadi. Shoir hech qachon, kitobiy, sun'iy muammolarni izlamadi. U, eng avvalo, o'zini hayajonga solgan, o'zidagi fuqarolik va poetik hujayralari ko'zini ochgan masalalarga murojaat etadi. Shoir uyg'otgan yog'dular kitobxon qalbi, shuuriga ham ko'chib o'tadi, o'zining yangi umrini boshlaydi. Uning she'rlarida, ayniqsa, chiroyli badiiy obrazlar mo'ldir. Shoirga ba'zan dengizdagi nuqtadek qayiq «suv ustidagi xol» bo'lib tuyulsa, ba'zan chag'alaylar qiyqirig'i «ufqqa berilgan savol» bo'lib jaranglaydi. Shayxzoda she'rlari «Chorak asr devoni», «Dunyo boqiy», «Xiyobon» singari o'nlab to'plamlarda bosilib chiqdi. Bu she'rlar yuksak insoniy orzular bilan yashayotgan zamondosh xayollari, muhabbati, dardlari, umidlari bilan kuylandi. To'g'ri, qirq yil davom etgan ijodida Shayxzoda Lenin, Kreml, sho'rolar, firqa va firqaviylarni ham kuyladi. Lekin bu zamon va tuzumning shoir taqdiri va ijodidagi muhridir. Biroq Shayxzoda she'riyatining qimmati bu yo'nalishdagi asarlar bilan emas, inson qalbining nozik va ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.91 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.91 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:19 ]
Arxiv ichida: docx