Mirtemir (1910-1978)

Mirtemir (1910-1978)

O'quvchilarga / Adabiyot
Mirtemir (1910-1978) - rasmi

Material tavsifi

Mirtemir (1910-1978) Ko'l-u tog'lik, Bog'-u rog'lik o'zbek elim. Momo yurti, Bobo yurti, chambilbelim. Zar-u gavhar - yaltiroq tosh, nedir olmos, Sen biz uchun ham non, ham osh, mangu meros. O'quvchining xotirasiga bir o'qishdayoq mixlanib qoladigan bu quyma satrlar O'zbekiston xalq shoiri Mirtemir qalamiga mansubdir. Mirtemir Tursunov 1910-yilda, o'zi yozganidek, Qoratog' etaklarida - Turkiston shahrining Iqon qishlog'ida tug'ilgan. Avval bobosi qo'lida va (keyin) eski maktabda tahsil olgan. So'ng Toshkentga kelib, «Almaiy» nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko'radi. Samarqanddagi O'zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o'qiydi. O'qishni bitirib maktablarda muallimlik qiladi, nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida ishlaydi. Shoirning birinchi she'ri «Tanburim ovozi» 1926-yili, 16 yoshida e'lon qilinadi. 1928-yili uning «Shu'lalar qo'ynida» nomli ilk she'riy to'plami nashr etiladi. Keyin «Zafar», «Qaynashlar», «Tong» to'plamlari dunyo yuzini ko'radi. 30-yillarda u juda ko'p vaqtini tarjimalarga bag'ishlaydi. A. S. Pushkin, M. Y. Lermontov, N. A. Nekrasov, T. G. Shevchenko she'rlarini, dostonlarini o'zbekchaga o'giradi. Umuman tarjima sohasida Mirtemir nihoyatda barakali ijod qilgan. Antik dunyo shoiri Homer, shuningdek, Shota Rustaveli, Henrix Heyne, Tagor, Maxtumquli, Berdaq, Nozim Hikmat she'riy asarlari, «Manas» qirg'iz xalq eposi, «Qirq qiz» qoraqalpoq xalq dostoni Mirtemir domla zahmatlari tufayli o'zbek o'quvchisiga yetib kelgan. Shoir umri davomida o'nlab she'rlar va dostonlar to'plamlarini chop ettirdi. «Bong», «Poytaxt», «O'ch», «Surat», «Qoraqalpoq daftari», «Tingla, hayot!», «Izlaganim», «Tog'day tayanchim», «Yodgorlik» kabilar ularning ichida eng mashhurlaridir. Bu to'plamlaming mundarijasiga qarasangiz, inson hayotining barcha pallalaridagi kechmishlar, tuyg'ular, taassurot va xotiralar jamuljam bo'lganini ko'rasiz. Chunki Mirtemir xoh yirik doston yozsin, xoh sahna asarlari yoki katta-katta asarlarni tarjima qilsin, qat'i nazar, biron kun ham she'r yozishni tark yetmagan. Ko'nglidan kechgan barcha tuyg'ulari she'rga ko'chgan. U gohida O'zbekistonimizning paxtazor dalalarini kezib, mehnatkash dehqonlar bilan tanishib, barchaning bunyodkorlik bilan yashayotganidan ta'sirlanib, zavqqa to'lib shunday satrlar bitadi: Shavkatim, faxrim mening, Dengiz-u nahrim mening, Yuragim, bag'rim mening - Paxtakor Respublikam. Shoirni to'lqinlantirgan tuyg'ular mo'l. U goh tarix sahifalarini varaqlab, ota-bobolarining ulug'vor ishlaridan hayratga tushadi. Gohi bu hayratlari o'z zamonasining mard, tanti insonlari bilan muloqotlardan she'rlarga ko'chadi. Shoirning ijodidagi bosh mavzu nima deb so'ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o'z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash deb aytish mumkin. Mirtemir she'rlarida bu mavzular ko'pincha birikib, omuxtalashib keladi. Bir she'rning o'zida ham tabiat go'zalligi, ham xotiralar, ham iftixor tuyg'usi va yana hayotga muhabbat kabi tushunchalarning ifodalanishini ko'rish mumkin. Shoir umrining oxirida «Yodgorlik» deb nomlangan she'riy to'plam tayyorladi. Va unga so'nggi yillardagi eng sara she'rlarini jamlab, o'zidan keyingi avlodlariga ma'naviy tuhfa qilib qoldirdi. Mirtemir 1978-yil 24-yanvarida 68 yoshida vafot etdi. Shoirning avlodlarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.78 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.78 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga