Modern adabiyot XX asr boshlarida Yevropada modern adabiyot yuzaga keldi. Bu adabiy yo'nalishning paydo bo'lishiga Botishdagi hayot tarzi va fikrlash yo'sini sabab edi. Bu davrga kelib, ko'pchilik Botish mamlakatlarida fan-texnika, ilm tez rivojlandi, ishlab chiqarish unumdorligi ortdi, odamlarning boyish imkoniyati ko'paydi. Odamda oldingi davrlardagiga qaraganda kamroq qiynalib, ko'proq samaraga erishish va yaxshiroq yashash imkoniyati paydo bo'ldi. Lekin bu imkoniyat alohida odamni ham, butun insoniyatni ham baxtli qilolmadi. Inson aqlining kuchi ommaviy qirg'in qurollari yaratishga, bir-birini o'ldirishga xizmat qildirildi. Bu narsa inson baxti taraqqiyotda, ilm-fan rivojida deb bilgan kishilarni dovdiratib qo'ydi. Ilm-fan yomonlikka xizmat qilishi ham mumkinligi ayon bo'ldi. Shuning uchun ham bu davrda ishonchsizlik, ezgulikdan umid qilmaslik, hayot, umr, odam va uning intilishlari samarasiz va bema'nidir degan qarash keng yoyildi. Bu hol adabiyotda modern (fransuzcha yangi, zamonaviy so'zidan) yo'nalish paydo bo'lishiga olib keldi. Modern yozuvchilar olamni ko'proq qora ranglarda ko'rdilar va tasvirlay boshladilar. Ular bugunga ham, ertangi kunga ham ishonmay qo'ydilar. Fan va texnikaning rivoji odamning tabiatini o'zgartirib yuborgandi. Shu bois modern adiblar odamzodni shu vaqtga qadar ko'nikilmagan holatlarda turli-tuman umidsiz yo'sinlarda tasvirlash yo'lini tutdilar. Modern ijodkorlar oldingilariga o'xshamagan hayotda yashayotgan avvalgilarga o'xshamaydigan odamlarni oldingilarga o'xshamaydigan badiiy shaklda tasvirlay boshladilar. Ular odamzodning kutilmagan jihatlarini aks ettirishga urindilar. Shuning uchun ham modern adabiyotda hayot haqiqatiga rioya qilish muhim hisoblanmaydi. Modern yozuvchilar uchun tasvirning hayotdagiga, borliqdagiga o'xshashi emas, balki odamning ichki olamini, ruhiy to'lg'amlarini aks ettirishi muhim sanaladi. Ular dunyoga o'zgacha nazar bilan qaraydilar. Modern hodisasi faqat Botish uchun emas, balki bizning adabiyotimiz uchun ham xosdir. Jumladan, shoir Rauf Parfi «Qishloqqa qaytish» she'rida shunday yozadi: Og'ushimda zangori sezgi, Kiprigimda suyuq hayajon, Ko'zlarimda yumaloq sevgi. Shu holicha she'r tamomila tushunarsiz ko'rinishi mumkin. Lekin bir qadar aqliy zo'riqish natijasida shoir «zangori sezgi» deganida yoshlikdagi tuyg'ularini, «suyuq hayajon» deganda esa o'sha sezgilarni eslash natijasida paydo bo'lgan yoshni, «yumaloq sevgi» deganida muhabbatga limmo-lim ko'zni nazarda tutgani anglashiladi. Avstriyalik adib Frans Kafkaning asarlari modern adabiyotning mumtoz namunalaridir. Modern adabiyotda deyarli hech narsa o'z oti bilan atalmaydi. Unda tasvir butunlay ramzlar va imo-ishoralarga asoslanadi. Shuning uchun ham Kafkaning ,Jarayon» romani qahramoni Yozef K. ustidan qo'zg'atilgan jarayon aslida odamning mushkuldan mushkul hayotidir. Kafkaning talqinida odam yashamaydi, balki bir umr sudlanadi. Odam boshqa odamlarga kerak emas, kimsasiz va unga hech kim yordam bermaydi. Shu bois odamning hayotida yorug'lik bo'lmaydi. Lekin ana shu shafqatsiz hukm-u xulosalar g'oyat ta'sirchan va o'ziga, xos tarzda ifoda etilgani uchun ham yuksak badiiy qimmat kasb etadi. ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.07 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.07 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:20 ]
Arxiv ichida: docx