Muhammad Hodiy (1879-1920)

Muhammad Hodiy (1879-1920)

O'quvchilarga / Adabiyot
Muhammad Hodiy (1879-1920) - rasmi

Material tavsifi

Muhammad Hodiy (1879-1920) XX asr Ozarbayjon adabiyotining klassiklaridan biri bo'lmish Muhammad Hodiy 1879-yilda Shamaxi shahrida dunyoga kelgan. Shoir hayoti o'zi aytganiday, ancha «g'amli, alamli» kechgan, ehtiyoj va mahrumiyatda yashagan. Shamaxi shahrida yangi maktablarning ochilishi, teatr tomoshalarining qo'yilishi shoir qarashlaridagi o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Muhammad Hodiy zamonasining mashhur ziyolisi Mulla Aliabbos qo'lida tahsil olgandi. O'zi umrining eng baxtiyor damlari deb atagan bu o'quv yillari shoir shaxsiyati shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Muhammadning otasi vafot etib, onasi qayta turmush qurgach, u bir muddat otasining do'sti Mustafo Lutfiy Ismoilzoda (keyinroq Xashtarxon -Astraxanda «Burxoni taraqqiy» gazetasini ta'sis etgan shaxs) qo'lida qoldi. Bu yillarda Hodiy ko'proq sharq mumtoz adabiyoti va falsafasi bilan shug'ullanib, Nizomiy, Xoqoniy, Fuzuliy, Said Azim, Sanoiy, Jaloliddin Rumiy, Sa'diy, Hofiz, Mirzo Mulkumxon, Namiq Kamol, Abdulhaq Hamid, Shinosiy kabi ijodkorlarning asarlarini o'rganadi. Mustafo Lutfiydan arab tilini birmuncha o'rgangan Hodiy u Xashtarxonga ko'chib ketgach, madrasada olti yil adabiyot, islom tarixi, fiqhdan ta'lim oldi. Ammo bu topqir va betgachopar tolibni mudarrislar tazyiq ostiga olgach, madrasani tashlab ketadi. Ko'ngil qo'ygan qizini otasi boshqa kishiga turmushga berib yuboradi. Bundan dili vayron bo'lgan ta'sirchan va hassos shoir butunlay umidsizlikka tushib, umrining oxirigacha uylanmay o'tadi. 19-20 yoshlarida Hodiy otasidan qolgan mulkni boshqarishga urinib ko'rdi. Ammo tabiatan shoir bo'lgan yigit tez orada mulksiz, ishsiz va pulsiz qoldi. Vaqtini, asosan, shahar kutubxonalarida o'tkazadigan Hodiy Sharqning madaniy markazlarida o'qishni orzu qilardi. Yaqinlaridan yordam so'raganda, ular o'qish emas, do'kon ochishni maslahat berishadi. Ilojsiz qolgan yigit ammasining o'g'li bilan do'kon ochib savdo qiladi. Ammo u oldi-berdi uchun yaratilmagandi: katta zarar ko'rilgach, do'kon yopildi. 1902-yilda Shamaxida bo'lgan kuchli zilzila oqibatida uy-joysiz ko'chada qolgan Hodiy boshqa hamshaharlari bilan birgalikda Kurdamirga panoh tortib keladi. Bu yerda muallimlik qilib kun ko'radi. O'z ustida qattiq ishlab, ma'lumotini oshirgan Hodiy Kalkuttadan «Habl ul-matin», Istanbuldan «Saboh», Bokudan «Hayot», Bog'chasaroydan «Tarjimon» gazetalarini olib o'qirdi. Matbuotdagi ilk chiqishlari shu davrlarga to'g'ri keldi. Ilk ilmiy va publitsistik maqolalari orasida nazmiy parchalarning ham keltirib o'tilganligi Hodiyning shoir tabiatidan darak berardi. Hodiyning ilk asarlariyoq adabiyot va matbuotga yangi iste'dod kirib kelayotganiligini bildirgan edi. 1905-1907-yillar oralig'ida yozgan maqolalarida Hodiy xalqdagi buyuk uyg'onish, ijtimoiy o'zgarishlarni qo'llab, madaniy taraqqiyotni yanada chuqurlashtirish lozimligini ta'kidlardi. Shu davrda yozgan she'rlarining birortasi yo'q ediki, unda «hurriyat» ifodalanmagan bo'lsa. Oktabr inqilobidan boshida ruhlangan shoir «Nag'mayi ahbobona» nomli tabrik she'rlar hamda til, adabiyot, islom dini, maorif, so'z erkinligiga oid turkum maqolalar chop ettirdi. Qur'onning ilm haqidagi oyatlariga quloq tutgan Hodiy bir muddat Rossiya va boshqa o'lkalarda yoyilgan «islomni zamonaviylashtirish» harakatiga qo'shiladi. U islom dini hech qachon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.53 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.53 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga