Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek (1905-1968)

Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek (1905-1968)

O'quvchilarga / Adabiyot
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek (1905-1968) - rasmi

Material tavsifi

Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek (1905-1968) Agar M. Behbudiy va A. Avloniy XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalarining birinchi bo'g'inini, Fitrat, Hamza, A. Qodiriy va Cho'lponlar ikkinchi bo'g'inini tashkil etgan bo'lsalar, Oybek uchinchi bo'g'inga mansub yozuvchidir. Xuddi shu hol unga ustozlarning adabiy an'analarini yangi tarixiy sharoitda davom ettirish va rivojlantirish mas'uliyatini yukladi. Oybek ruhiy olami va adabiy intilishlariga ko'ra, Cho'lpon bilan A. Qodiriyga ko'prpq yaqin edi. Shuning uchun ham uning shoir sifatida shakllanishida Cho'lponning, adib (nosir) sifatida shakllanishida esa A. Qodiriyning ta'siri sezilarli bo'ldi. Shu bilan birga, Oybek rus va jahon adabiyoti namoyandalaridan saboq olib, ularning eng yaxshi an'analarini davom ettirdi. Oybek XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga nafaqat zabardast shoir va yozuvchi, balki publitsist, adabiyotshunos va tarjimon sifatida ham ulkan hissa qo'shdi. U o'zbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab berdi, navoiyshunoslik faniga tamal toshini qo'ydi, o'zbek tarjima maktabini yangi bir bosqichga ko'tardi. Oybek ayni paytda O'zbekiston Fanlar akademiyasi Gumanitar bo'limi (1943-1951) va Yozuvchilar uyushmasiga (1945-1949) rahbarlik qilgan yillarida yirik jamoat arbobi sifatida ham faoliyat ko'rsatdi. Adibning hayot va ijod yo'li. Oybekning tug'ilgan sanasi uning turli yillarga oid tarjimaiy hollarida turlicha qayd etilgan. Agar adib «She'rlar» kitobi (1963) ga ilova qilgan tarjimaiy holida tug'ilgan sanasini 1904-yil 22-dekabr deb ko'rsatgan bo'lsa, o'n jildlik «Asarlar» to'plamining 1-jildi (1968)da: «Men toshkentlikman. 1905-yil 10-yanvarda Eski shaharda o'rta hol hunarmand-bo'zchi oilasida tug'ildim», deb yozgan. Shu so'nggi ma'lumot ilmiy muomalada Oybekning tug'ilgan sanasi sifatida qabul qilingan. Oybek va G'afur G'ulom singari XX asr boshlarida tug'ilgan yozuvchilar o'z tarjimaiy hollarida madrasada tahsil ko'rgan yillarini davr taqozosi bilan chetlab o'tib, eski maktabda o'qiganlari haqida ma'lumot berganlar. Holbuki, Oybek Toshkentning Oqmasjid mahallasidagi madrasada tahsil ko'rib, shu yerda arab va fors tillarini o'rgangan hamda shu yerda Ahmad Yassaviy, So'fi Olloyor, Alisher Navoiy singari mashhur shoirlar ijodi bilan tanishgan. Oybek tug'ilgan vaqtda, Turkistonga rus manufakturasining kirib kelishi sababli bo'zchilik orqasida tirikchilik o'tkazgan kishilarning kasbi kasodga uchradi. Shu sababdan ham uning otasi shahar atroflaridagi qishloqlarda boqqolchilik, onasi esa tikuvchilik bilan mashg'ul bo'lishdi. Oybek bolalik paytlarida otasining safarlariga hamroh, onasining yumushlariga esa madadkor bo'lishi tufayli oddiy mehnatkash xalq hayoti bilan yaqindan tanishdi va turfa xarakterli kishilar tabiati va tilini yaxshi o'rgandi. Bu davr mustamlakachilik yillari edi. Chor hokimiyatining zulmi, Toshkent shahri politsmeysteri Mochalovning dahshati, «sartlar va itlar»ga kirish mumkin bo'lmagan bog'lar, og'ir turmush orqasida qaddi dol bo'lgan kishilar, 1916-yil Toshkent qo'zg'oloni Oybek ana shu voqealarni o'z ko'zi bilan ko'rib o'sdi. Uning dunyoqarashi shu voqealar ta'sirida shakllana boshladi. Keyin 1917-yil Oktabr to'ntarishi, chor amaldorlari o'rniga bolsheviklarning kelishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.09 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 39.09 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga