O'tkir Hoshimov - Shaharlik kuyov (hikoya)

O'tkir Hoshimov - Shaharlik kuyov (hikoya)

O'quvchilarga / Adabiyot
O'tkir Hoshimov - Shaharlik kuyov (hikoya) - rasmi

Material tavsifi

O'tkir Hoshimov Shaharlik kuyov (hikoya) To'ng'ich kuyov bo'lganimiz uchunmi, qishloqqa borsak, darrov shaharlik kuyov keldi, deb ovoza bo'lib ketadi. Olmoqning bermog'i bor, deganlaridek, tez-tez javob vizitlari ham bo'lib turadi. Yaqinda yana shunday bo'ldi. Ishdan qaytib eshikni ochishim bilan yangangiz Tursunoy ro'paramga keldi. - Tsh - dedi u ko'rsatkich barmog'ini labiga bosib. - Sekinroq, namoz o'qiyaptilar. - Kim? - dedim men ham beixtiyor pichirlab. - Bog'bon amaki. - Kim u, bog'bon amaki? Tursunoy shuncha yildan buyon bog'bon amakini tanimaysizmi, degandek qoshini chimirdi. - Qishloqda u kishini hamma taniydi. Xudo yarlaqab bir kelib qolibdilar. Sekin yechinib, oyoq uchida uyga kirdim. Bog'bon amaki televizorning antennasini mo'ljallab sajdaga bosh qo'ygan ekanlar. Anchadan keyin ko'tarib, o'ng tomonga, chap tomonga salom berdilar-da, qaddilarini rostlab, menga o'girildilar. - Assalomu alaykum, kuyov bola! Xo'p salomatgina bormisiz? - Bog'bon amaki bilan birinchi marta ko'rishib turgan bo'lsak ham eski qadrdonlardek quchoqlashdik. Odamni bir qarashda bilsa bo'ladi. Bog'bon amaki ko'p odamoxun kishi ekan. Dasturxon atrofiga o'tirishimiz bilan mosh-guruch soqolini tutamlab gapga kirishib ketdi. - Bu deyman, kuyov yigit, ishlar ko'payib ketdimi? Qishloqqa kam boradigan bo'lib qoldingiz. Qaynotangiz ko'p asl odam-da! Bolalikdan tepkilashib katta bo'lganmiz. Shu deng shaharga ketyapman, deb qolmaymanmi! Bizning farzandlarimiznikida o'n-o'n besh kun turib kelmasangiz qattiq xafa bo'laman, deb turib oldi. Men ham yuzidan o'tolmadim. - Juda yaxshi qilibsiz, rahmat, - dedim quvonib. Bog'bon amaki, u dunyoni ham, bu dunyoni ham baravar olib boradiganlardan ekan. Osh oldidan qittak-qittak haligi narsadan qilsakmikan, degandim, noz qilib o'tirmadi. - Ha, endi buning o'zi harommas. Kayfi harom, - dedi piyolani qo'liga olib. Shundan keyin ikkovimizning ham qulfi dilimiz ochilib ketdi. Bog'bon amaki og'zidan bol tomib yangangizni maqtay ketdi. - Tursunoy qishloqning eng oldi qizi edi-da, o'ziyam. Baxtingiz bor ekan. Shundoq qizimizga uylandingiz. Qaynotangizni aytmaysizmi? Shaharga uzum sotgani ketyapman desam, gastinisa-pastinisa qilib urinib yursangiz, betingizga qaramayman, deydi-da! Bu yil bozorda uzum serob. Shu kunda sotib qolmasak, erta-indin yanayam arzonlashib ketadi. O'n-o'n besh kun bir g'ayrat qilamiz-da, endi. Yolg'iz qo'llik qilmayin deb, jiyanni olib kelganmiz. Bozorda uzumga qorovul bo'lib qoldi. Uyam siz bilan bir otamlashmoqchi o'zi. O'qishga kiraman, so't bo'laman, deydi. Topgan hunarini qarang. - Nega olib kelmadingiz? - dedim astoydil ranjib. - Aytayapman-ku, bozorda qorovullik qilib qoldi. Ertaga albatta olib kelaman. Xo'p ulfat yigit-da, o'ziyam! Yarim kechgacha gurunglashib o'tirdik. Keyin Tursunoy bog'bon amaki ikkalamizga uyga joy solib berdi. O'zi balkonga chiqib yotdi. Bir xonalik uyda turgandan keyin odam o'rganib ketarkan. Ayol mehmon kelib qolsa, men, erkak mehmon kelsa, Tursunoy balkonga chiqib ketadi. Bog'bon amaki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.88 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.88 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga