Oybek - Fanorchi ota (hikoya)

Oybek - Fanorchi ota (hikoya)

O'quvchilarga / Adabiyot
Oybek - Fanorchi ota (hikoya) - rasmi

Material tavsifi

Fanorchi ota (hikoya) Oybek Tor, qiyshiq ko'chaning o'ksik oqshomini Tursunqul akaning churuk daivozasi tepasiga o'tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi. Uni har kun kechqurun past bo'yli, burushiq yuzli bir chol kelib, yoqib ketar edi. Biz uni «Fanorchi ota», der edik. U juda yuvvosh, indamas kishiydi, kichkina narvonchasini chaqqon qo'yib, allaqanday ustalik bilan chiqar, qo'ltig'idan kir ro'molchasini olib, avaylab fanor oynalarini artardi. Fanorni yoqqach, yerga tushib, obkashdek bukilgan yelkasiga narvonchasini qo'yib birpasda ko'zdan yo'qolar edi. Fanor qurilgan vaqtlarda butun mahalla quvonib, unga allaqanday mehr ila qaragan bo'lsalar-da, vaqat bu mehr uzoqqa cho'zilmagandi. Keyincha har kim unga parvosiz bo'la boshladi. Ayniqsa, mahalla bolalari ila fanor orasida anglashilmas dushmanlik uyg'ondi. To'planishib, avvalo bir-birimizning do'ppimizni otishar, fanorga do'ppi kiygizgan o'rtoq merganligi ila kerilar edi. Keyincha bu ham bizni zeriktira boshladi. chunki piston qadalgan yoki har turli ipaklar bilan bezalgan do'ppini kiyib olib, fanor chiroyli bir tus olar, bizni xafa qilgandek bo'lar edi. Shuning uchun qo'limizga tosh, kesak olib, fanorga hujum qilishni o'rgandik. Bunda u juda kuchsiz edi: kichkina bir kesak yoki tosh parchasi bechora fanorning oyna ko'zlarini o'pirib tushirardi. Keyin-keyin Fanorchi ota haftada uch-to'rt marta unga «yangi ko'zoynak» taqib ketishga majbur bo'lardi. U ketdi, darrov biz yangi «ko'z»ini o'yib olardik. Shunday bo'lsa-da, Fanorchi ota «Lom» deb og'iz ochmasdi. Uning bu qilig'i bizga sira yoqmas, tutib olish uchun poylasa, hatto birontamizni tutib ursa ekan, der edik. Ammo shu tilaklardan bittasi ham yuzaga chiqmasdi. Bir kun, namozshom vaqti, ko'chada bolalar ko'p edi. Ichimizda eng ko'p qo'rqmaydigan, eng battol Qosim cho'loq: «Bolalar!» - dedi. Changga botgan yuzlarimiz yangi bir narsa kutib, uning ko'zlariga tikildik. - Fanorchi ota keladigan vaqt yaqin. Sindiramiz. Nima qilar ekan? - dedi-da, qo'lga ilinadigan bir narsa qidira bosh ladi. Qo'llarimizdan g'izillab uchgan tosh-kesaklar fanorning hamma ko'zlarini teshib o'tgan edi. Uzoqdan Fanorchi otaning bukilgan kichkina qomati yaqinlasha boshladi. Narvoncha yelkadan tushib, ta'zim ila devorga suyandi. Fanorchi ota uning ustiga chiqdi-da, «chirt» etib, gugurtni yoqdi: fanor to'rt tarafdan qulagan uy kabi ajava tusda, yana bir tomonga qiyshayib turar edi. Biz hammamiz kerilib turar edik. Ba'zilar «piq-piq» kulishdi. Chol kasal odamga o'xshab, sekin-sekin pastga tushdi. o'siq qoshlari tagida qisilib yotgan ko'zlari ila hammamizga yalingansimon qaradi-da, mayin bir tovush bilan: - Tentak bolalarim, bu qanday gap? Fanorga tegmasanglar, bir narsa bo'ladimi? U yuqorida, sizlar pastda o'ynay beringlar-da. Bolalar jim bo'lgan edi. - Sizlar hali yosh, ko'zlaringiz o'tkir. Qorong'i ham, yorug' ham baravar. Xufton bo'lmasdan onalaringizning quchog'ida pish-pish uxlab qolasiz hammangiz. Bizga o'xshash qari-qartanglar uchun chirog' judayam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.35 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.35 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga