O'zbek ma'rifatchilik adabiyoti Turkiston xalqlarining turmush tarzi, tirikchilik tartibotlari, siyosiy yo'sinlari o'zgarishi ularning tafakkuri, hissiyotlari, e'tiqodlariga ham jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Yangi davr kishilaridagi yangi talablar natijasi o'laroq, paydo bo'lgan badiiy adabiyot odamlar turmushini yaxshilash ishiga qo'shilishi kerakligini angladi. Ijodkor shaxs o'zining nafaqat Yaratgan va ko'ngli oldida, balki jamiyat va uning a'zolari oldida ham burchli ekanini seza boshladi. Shuning uchun ham badiiy adabiyot ko'ngil navozishlarini tasvirlashdan dunyoning ishlarini tartibga solish va odamning turmushini farovon qilish to'g'risida qayg'urishga o'tdi. Xalqning o'ychil farzandlari mavjud ahvolning yomonligini qayd etish, bundan qutulish kerak-ligini ta'kidlashdan tashqari, undan xalos bo'lish yo'lini ham izlay boshladilar. Turkistonlik mutafakkirlar taraqqiyotga erishishning yagona yo'li xalq ongini o'zgartirishdan, ya'ni kishilarga ma'rifat tarqatishdan iborat, deb bildilar. E'tibor qilsangiz, aziz o'quvchi, ayni shu o'rinda mumtoz adabiyotimizdagi mashhur mutafakkirlar bilan ma'rifatchi adiblarning farqi yaqqol ko'zga tashlanadi. O'tmish mutafakkirlar ham ma'rifat tarqatish haqida juda ko'p qayg'urganlar. Siz «Qutadg'u bilig»dan tortib, Ogahiygacha bo'lgan deyarli barcha ijodkorlarning asarlarida ma'rifatli shaxs, ko'ngil ma'rifati haqida tasvirlar borligini ko'rasiz. Ammo mumtoz adabiyotning namoyandalari asosiy e'tiborni alohida shaxslar, hukmdorlar ma'rifatiga qaratar edilar. Ma'rifatchi adiblar esa aynan ommani, xalqni to'lig'icha ma'rifatli qilish to'g'risida qayg'ura boshladilar. Eng muhimi, ko'ngillaridagi bu istakni badiiy vositalar yordamida ifodalay bildilar. Ayrim kishilarda o'zbek ma'rifatchilik adabiyoti Rossiya Turkistonni bosib olganidan keyin rus ilmi va texnikasi ta'sirida paydo bo'ldi, degan yanglish tasavvur bor. Xalqimiz tarixiga salgina sinchiklab qarash bu da'voning to'g'ri emasligini ko'rsatadi. Chunki uch xonlikning zulmatga burkangan hayoti ko'zi ochiq, fikri ravshan kishilarni bu qorong'i turmushdan qutulib chiqish haqida o'ylashga majbur etishi ayon edi. Qo'qon xonligida yashagan Hakimxon ismli ziyolini ana shu toifadagi kishilarning eng birinchilaridan deb aytish mumkin. U XIX asrning 30-yillaridayoq o'lkani boshqarish yo'sinlarini isloh qilish, xalq ommasini o'qitish, fan yutuqlarini kishilarning turmushini yaxshilashga xizmat qildirish singari g'oyalarni ilgari surgan. Ayni shu fikrlari bois Qo'qon xoni Madalixonning ta'qibiga uchrab, mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'lgan. S. Ayniy tomonidan Buxoroning qora osmonidagi yorug' yulduz», deb atalgan Ahmad Donishning (1827-1897) ma'ri-fatchilik harakati ham diqqatga sazovordir. Falsafa, tarix, san'at, tilshunoslik, riyoziyot, ilmi nujum bo'yicha zamonasining yetuk olimi bo'lmish bu alloma Buxoro amirligidagi tartibotlarni tubdan isloh qilish, ommaga ma'rifat tarqatish va uni davlat ishlariga jalb etish zarurligi g'oyalarini ilgari suradi. Siz to'qqizinchi sinfda Abdulla Qodiriyning ,,O'tkan kunlar» romanini o'qigansiz. Asar qahramoni Rossiya mustamlakasidan ancha oldin yashagan va shu bosqinga qarshi kurashda halok bo'lgan Otabekning ijtimoiy-siyosiy hayotni isloh qilish haqidagi orzularidan xabaringiz bor. Eng muhimi, bu fikrlar faqat g'oyagina bo'lib qolmay, ma'lum amaliy harakatlar bilan mustahkamlangan ham edi. Ya'ni ayrim ma'rifatli kishilar o'zlari ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.95 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.95 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:28 ]
Arxiv ichida: docx