Sa'diy Sheroziy (1189-1292) 2

Sa'diy Sheroziy (1189-1292) 2

O'quvchilarga / Adabiyot
Sa'diy Sheroziy (1189-1292) 2 - rasmi

Material tavsifi

Sa'diy Sheroziy (1189- 1292) U kishining ismi sharifi Shayx Muslihiddin Sa'diy Sheroziydir. «Shayx» deb ko'proq so'fiylar boshlig'iga, din arboblariga nisbatan aytilgan. Taxallusidan ma'lum bo'lganidek, sherozlik. Sheroz Eronning mashhur shaharlaridan. Sa'diy nomini dunyoning juda ko'p mamlakatlarida biladilar. Sharqda u qanchalar hurmat bilan tilga olinsa, G'arbda ham bu shoirning e'tibori shuncha balanddir. Sababi nimada? Sababi shundaki, u ajoyib g'azallar yozdi. Bu g'azallar hikmatli fikrlarga boy edi. Go'zal o'xshatishlarga, ta'sirli manzaralarga to'la edi. Masalan: «Ey sorbon, ohista ron oromi jonam meravad», - deb boshlanar edi bir g'azali. Tuya yetaklovchini, karvonboshini «sorbon» deydilar. Oshiq shoir unga qarata iltijo etmoqda: Ey sorbon, ohista yur, oromijon (oromijonim) ketmoqdadur Ko'z oldingizga keltiring. Bepoyon sahro, karvon ohista yo'lga tushmoqda. Ilojsiz oshiq uning atrofida parvonadek aylanadi, karvonni qo'yib yuborgisi kelmaydi. Chunki bu karvonda uning joni, jahoni ketib bormoqda. Forschadagi «sorbon - ohista ron, oromi jon» so'zlaridagi ohangdoshlik - ichki qofiya shu bir satrning o'zidayoq nolakor musiqa yaratadi. Ayni paytda, qalqib-qalqib borayotgan tuyalar qatori, ular o'rkachi ustida bir maromda tebranayotgan mahofalar (odam o'tirib ketishga qilingan, avtomobil kabinani esga tushiruvchi moslama uychalar). Bir satrda shuncha ma'no, shuncha ohang, shuncha dard bor edi. Shuning uchun ham uni Eronda qanchalar sevsalar, Turkistonda ham shuncha sevardilar. Eron-u Turkistonni qo'ying, fransuz Volter, nemis Gyote o'z asarlarida uning she'rlariga murojaat qiladilar. Ayniqsa, shoirning «Guliston» va «Bo'ston» nomli ikki asari uning nomini butun dunyoga tanitdi. Bu asarlar haqida gapirishdan oldin ikki og'iz uning hayoti haqida ma'lumot beraylik. Chunki bu ikki asar uning o'z ko'rgan-kechirgan, eshitgan-bilgan voqealari asosida maydonga kelgan. U Sherozda o'ziga to'q va ma'rifatli bir xonadonda o'sib ulg'aygan. Uzoq umr ko'rgan. Tug'ilgan yilini har xil (1184, 1189, 1203, 1210) ko'rsatadilar. 1292-yilda vafot etgan. Umrining 20 yilidan ko'prog'i sayohatda o'tgan. Afrikadan Xitoygacha, Hindistondan Farangistongacha kezib chiqqan. Musofirlikning, hatto asirlikning azoblarini ko'rgan. Va bu sayohatlari davomida ko'rgan-bilganlarini umumlashtirib, sayqallab «Bo'ston» (1257-yilda yozilgan) hamda «Guliston» (1258) asarlariga ixcham hikoyalar qilib kiritgan. «Bo'ston»da shunday bir hikoyat keltiriladi: Shahar qozisi bir guruh olim-u fozillarni suhbatga chaqiradi. Qimmatbaho liboslarga burkangan kazo-ka'zolar, «o'tsinlar o'tsinlar» bilan to'rdan joy oladilar. Poygakda eski to'n kiygan bir darvesh qisinibgina o'tirardi. Suhbat boshlanadi. Shariat va tariqatdan fiqh-u hadislarga o'tadilar. Bahs, muhokama, munozara avj oladi. Bir masala ustida qattiq talashib qoladilar. O'tirganlar baqir-chaqir qilishar, lekin hech biri ishonchli bir dalil bilan isbotlab bera olmasdi. Shunda o'sha eski to'n kiygan darvesh so'z olib, masalani burro til, oydin dalil bilan isbot qilib beradi. Hamma hang-u mang bo'lib qoladi. Qozi o'rnidan turib salla-to'nini darveshga in'om etib, to'rga taklif qiladi. Darvesh to'nni ham, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.3 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:35 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.3 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga