Sho'ro davri o'zbek adabiyoti Sho'ro davri 1917-yilgi oktabr to'ntarishidan 1991-yili Sovet Ittifoqi deb atalgan hokimiyatning yemirilishi, SSR tarkibidagi jumhuriyatlar, jumladan, Respublikamizning mustaqillikka erishuvigacha bo'lgan 70 yildan oshiqroq davrni o'z ichiga oladi. Bu davr «qizil imperiya» davri deb ham yuritiladi. XX asr boshlaridagi tang vaziyat-ishchilar ko'tarilishi, kolonial zulm, istibdodga qarshi xalqlar ko'nglidagi nafrat, milliy ozodlik harakatlari, birinchi jahon urushi, 1917-yilgi fevral inqilobi tufayli yuz bergan tanglik va boshboshdoqliklardan foydalangan bolsheviklar Lenin boshchiligida mamlakatda davlat to'ntarishi qilishga erishdilar, sho'ro hokimiyatini o'rnatdilar. Bolsheviklarning bosh maqsadi jamiyatda tub o'zgarish yasash, yo'qsillar hokimiyati-proletariat diktaturasini o'rnatish, xususiy mulkchilikni mahv etish, mulkdorlarni sinf sifatida tugatish, bozor iqtisodi munosabatlariga barham berib, rejalashtirilgan xo'jalik yuritishga o'tish, shu tariqa sotsialistik, so'ng sinflarsiz kommunistik tuzum barpo etishdan iborat edi. Jamiyat rivojining tabiiy-tadrijiy jarayoniga zid bunday maqsad-vazifalar zo'ravonlik bilan o'tkazila boshlandi. Mamlakat qonli fuqarolar urushi, terror, qatag'onlar girdobiga tortildi. Bolsheviklar boshda millatlarning o'z taqdirini o'zlari hal etishlari mumkinligini va'da qilgan edi. Ammo bu va'dalar yolg'on bo'lib chiqdi. Milliy mustaqillik yo'lidagi har qanday harakat, jumladan, 1918-yili Qo'qon muxtoriyati qonga botirildi. Bolsheviklar o'z maqsad-g'oyalarini izchillik bilan xalq ongiga singdirishga kirishdilar, kishilarni kommunistik ruhda tarbiyalash, odamlarning yangi birligi-»sovet kishisi»ni yaratish bosh shiorga aylandi, «sovet kishisining axloq kodeksi» ishlab chiqildi. Sho'rolar hukumati, bolsheviklar dinni «xalq uchun afyun» deb e'lon qilib, dinga qarshi kurash ochib, dahriylikni keng yoyar ekanlar, endilikda odamlar qalbini zabt etishning yagona vositasi, sehrli quroli adabiyot va san'at ekanini yaxshi bilar edilar. Shuning uchun ham partiya adabiyotga rahnamolik qilishni o'z zimmasiga oldi, adabiyotni «proletar ishining bir qismi»ga, partiyaning mafkuraviy quroliga, adiblarni esa partiyaning dastyoriga, partiya g'oyalari va siyosatini targ'ib etuvchi «karnaychi»larga aylantirishga tirishdi. Hatto tarixda misli ko'rilmagan hodisa-sho'ro yozuvchilari amal qilishi lozim bo'lgan ijodiy metod-sotsialistik realizm qoidalari ham partiya rahnamoligida ishlab chiqildi; voqelikka faqat kommunistik mafkura asosida sinfiy-partiyaviy yondashish barcha qalam ahli uchun qat'iy qoidaga aylantirildi. Bu hol ko'p millatli sovet adabiyoti, jumladan, o'zbek adabiyoti tarixida, o'nlab iste'dodli adiblar qismatida o'ta noxush, fojeiy asorat qoldirdi. Eng yomoni, ijodiy tafakkurni tushovga solib qo'ydi, shaxsiy tashabbusni bo'g'di, hayotdan yiroq, bir xildagi yuzaki, sxematik asarlarning keng yoyilishiga olib keldi. Partiyaning adabiy siyosati, kommunistik g'oyaviylik uchun kurash ko'plab shafqatsizliklarga yo'l ochib berdi. A. Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat singari adiblar tevaragida fitnalar uyushtirildi, oxir-oqibat ular «xalq dushmani» sifatida qatl etildi. Oybek, G'. G'ulom, A. Qahhor, H. Olimjon kabi omon qolgan yozuvchi-shoirlar umr bo'yi ta'qib-tazyiqlar ostida yashadilar. Yangi o'zbek adabiyotining o'nlab shoh asarlari zararli sanalib, o'qish man etildi. Bolsheviklarning va'dalari, shiorlari so'z ustalarini qisman chalg'itdi. Chunonchi, Cholpon boshda sho'rolar «Sharqni qul ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.89 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.89 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:38 ]
Arxiv ichida: docx