Shukrullo hayoti va ijodi

Shukrullo hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Shukrullo hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Shukrullo (1921-yilda tug'ilgan) «UMR HAQIDA ERTAK» SHE'RI So'nggi 10-15 yil oralig'ida e'lon qilingan «Javohirlar sandig'i», «Kafansiz ko'milganlar», «Tirik ruhlar» kabi nasriy asarlari bilan Sizga ham nomi tanish bo'lgan shoir va yozuvchi Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921-yili Toshkent shahrida tug'ilgan. Uning otasi adabiyot va san'atga ixlosmand, jumladan, buyuk o'zbek shoiri G'afur G'ulom bilan yaqin tanish, suhbatdosh bo'lgan o'qimishli, ziyoli kishi edi. Asli kasbi emchilik bo'lib, umr bo'yi xalq tabobati bilan shug'ullangan. Shukrullo maktab ta'limidan so'ng pedagogika bilim yurtida, Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi pedagogika universiteti) da tahsil oladi. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, badiiy adabiyot nashriyotida ishlaydi. Uning «Baxt qonuni» deb nomlangan birinchi she'ri 1939-yilda e'lon qilingan. 40-yillarda shoirning ketma-ket «Birinchi daftar», «Qalb qo'shiqlari» to'plamlari, «Chollar» dostoni chop etiladi. Keyinroq «Hayot ilhomlari», «Umrim boricha», «Inson va yaxshilik», «Inson - inson uchun», «Ikki qoya», «Otash va gul», «26-tongotari» kabi yigirmadan ortiq she'rlar va dostonlar to'plamlari nashr etiladi. Vatanni kuylash, uning bunyodkor, fidoiy farzandlarini ulug'lash, xalqlar do'stligi g'oyalari o'sha to'plamlarning asosiy mazmunini belgilagan. Agar bu xususiyatlar shoirning dastlabki she'rlarida juda bo'rtib ko'ringan bo'lsa, keyinroq, ayniqsa, 70-80-yillarga kelib «Zarralar», «Suyanchiq», «Yashagim keladi», «Sening baxting» kabi to'plamlarida inson va xotira, odamiylik kabi teran ma'noli tushunchalar o'z she'riy aksini topdi. Misol sifatida quyidagi satrlarga e'tibor beraylik: Shukr qil, nolima, tashvishim ko'p deb, Bilasanmi, tashvish tugaydi qachon? Tashvishing mo'l bo'lsa, orzularing ko'p, Orzusiz yashamas hech tirik inson. Harakatim ko'p deb zorlanma hech vaqt, Yer ham hech tinmaydi, tinsami hayhot! Intilish, izlanish, doim harakat, Shundan iboratdir tiriklik, hayot! Shoir Siz - bolalar uchun ham «Bahor sovg'asi», «Yulduzlar» nomli kitoblar chop ettirgan. Uning «Xatarli yo'l», «To'ydan keyin tomosha», «Tabassum o'g'rilari», «O'g'rini qaroqchi urdi», «Janjal», «Unsiz faryod» kabi qator sahna asarlari O'zbekiston teatrlarida sahnalashtirilgan. Gyote, K. Gotsi, A. Blok, T. Shevchenko, A. Tvardovskiy, Q. Quliyev, Mustay Karim kabi jahon adabiyotining ko'plab vakillari ijodidan qilgan tarjimalari o'zbek o'quvchilari tomonidan iliq kutib olingan. 80-yillarda shoir «Asr bahsi» deb nomlangan dostonini e'lon qiladi. Bu asarda shoir Yer kurrasiga, butun insoniyatning taqdiriga xavf solayotgan urushni, atom, vodorod bombalarini, ya'ni butun tirik mavjudotni yo'q qilib yuboradigan qirg'in qurollarini yaratuvchi kishilarni qoralaydi. Buyuk ilmiy-texnik kashfiyotlar tinchlikka, bunyodkorlikka, hayotimizni farovon va obod etishga xizmat qilmog'i kerak degan fikrni badiiy obrazlarda ifoda etadi. Shu davrlarga qadar faqat she'r va dostonlar, she'riy pyesalar yozish bilan shug'ullangan shoir Shukrullo 80-90-yillarda badiiy proza sohasida tajribalar qilib ko'radi. Ustozlari va turli donishmandlar tilidan hikoya qiluvchi «Javohirlar sandig'i» asarini e'lon qiladi. Bu asar tezda shuhrat topib, turli tillarga tarjima etiladi. Birinchi tajribadan so'ng Shukrullo «Kafansiz ko'milganlar» ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.36 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.36 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga