Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod Bu qissalar ne bir kunlarni ko'rmadi! Zoti nomard bo'ldi, ushbu qissalar yoqasidan oldi. Og'zi buzuq bo'ldi, ushbu qissalarga tupugini sochdi. Qo'li nopok bo'ldi, ushbu qissalardan butun-butun boblarni o'chirib tashladi. Oqibat, ushbu qissalar o'z vaqtida pati yo'linmish tovuq misol chop etildi. Alqissa, dorilomon kunlar keldi. «Ot kishnagan oqshom»dagi Ziyodulla chavandozchasiga aytar bo'lsak uloq Tog'ay Murodda ketdi! 1 Birodarlar, ko'rgilik, ko'rgilik! Bir erta uyg'onib, kallamga qo'l yugurtirdim. Sochlarim orasida yara-chaqalar uch berdi. Parvoyim falak bo'ldi, yura berdim. Onamga-da aytmadim. Chaqalar kun sayin bolaladi. Katta-katta bo'ldi. Qo'tir bo'lib qichidi. Shunda, qishlog'imiz do'xtiriga bordim. Do'xtir fu, deya aftini burishtirdi. Yurchidagi kalxonaga olib jo'nadi. Yo'lda mashinadan tashlab qochdim. Ushlab kelib, yana mashinaga bosdi. Kalxonada Uh, aytgili yo'q. Do'xtir degani berahm ekan. Onamni ko'rdim, birodarlar, onamni Bari kalga qaytadan jingala soch bitdi. Mening kallam yaltirab qoldi. Bitta-da soch bitmadi! Do'xtirlar ajablandi, kamdan kam uchraydigan voqea, dedi. Xo'rligimdan yig'lab-yig'lab uyga keldim. Onamiz tap-taqir kallamni ushlab-ushlab ko'rdi. Ich-ichidan kuydi. Aytib-aytib yig'ladi. - Kambag'alni tuyaning ustida it qopadi, degani shu-da, - dedi. Katta telpak sotib oldim. Qishin-yozin quloqlarimgacha bostirib kiyib yurdim. Maktabdada telpagimni olmadim. Matematika muallimimiz oyog'ini tirab talab etdi: - Bosh kiyimingni olmasang, dars o'tmayman!- dedi. Old qatorda o'tirgan sinf oqsoqolimiz muallimga bir nimalar dedi. Ammo muallim o'z Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod so'zida turdi: - O'quvchi darsda yalangbosh o'tirishi lozim! Qoida shunday! Telpagimni kallamga bosib ushladim. - O'quvchi Qurbonov, senga aytyapman! Miq etmadim. Muallimimiz telpagimni boshimdan yo'lib oldi. Derazadan tashqariga otib yubordi. Sinfimiz bolalar kulgisidan zirillab ketdi. Bolalar kallamni oftobga mengzab qiyqirdi: - Ura-a-a, kun chiqdi! Kallamni qo'llarim bilan yashirdim, ho'ngrab yig'ladim. Siyohdonni olib, muallimning yuziga otdim. Tegmadi. Keyin, tashqari otildim. Maktabdan qochib ketdim. Yana qaytib maktabga oyog'imni bosmadim. Direktor bilan sinf rahbarimiz kelib tavallo qildi. Onamiz aldab-avradi. Baribir maktabga bormadim. Beshinchi sinf kallam bilan qoldim. 2 Odamlar meni kal deydigan bo'ldi! Ziyodulla kal emish! E, tavba-e, tavba-e! Avval-avval uyatdan quloqlarimgacha lovullab yondim. Ko'nglim o'ksidi. Keyin-keyin botmaydigan bo'ldi. Kal so'zi ko'nglimga singdi. Quloqlarim kalga o'rganib qoldi. Endi, Ziyodulla kal, demaydiganlardan o'pkaladim. Ayniqsa, pochtachidan hafsalam pir bo'ldi. Qachon ko'rsa o'rtoq Qurbonov, deydi. G'ashim keladi. Meni mayna qilayotganday tuyuladi. Bir safar jerkib tashladim: - Nimaga meni o'rtoq Qurbonov deysiz? Men bir amaldormidimki, yo, diplomim bormidiki, o'rtoq Qurbonov deysiz? Bor-yo'g'i beshinchi sinf kallam bo'lsa. Ko'p mayna qilmang, sochim bo'lmasayam tarog'im tillodan! - Bo'lmasa nima deyin? - El qatori Ziyodulla kal deya bering. O'z otim o'zim bilan Xudoga shukur-e, endi pochtachi-da kal deydigan bo'ldi! ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
94.57 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
94.57 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:42 ]
Arxiv ichida: doc