Oydinda yurgan odamlar (qissa). Tog'ay Murod I - Quloq sol, momosi, quloq sol. Qayerdandir odam ovozi kelyapti Sayrak adirda yonboshlab yotmish bobomiz, momomizga shunday dedilar. Bobomiz og'izlarini angraygannamo ochdilar. O'ng quloqlarini yellar yelmish tarafga tutdilar. Yellar, ovozlarni yorqin olib kelmadilar. Bobomiz o'ng kaftlarini quloqlari sirtiga tutdilar. Yelpana qildilar. Nafas olmadilar. Bor vujudlarini berib quloq soldilar. Bobomiz shunda-da bir nimani eshitmadilar. Chuqur tin oldilar. Bobomiz oydinga tikildilar. - Manovi yoqdan shekilli - dedilar. - O'zi, vaqting xushmi, momosi? Eson-omon yuribsanmi? To'rt muchaling butmi? 1 Sovchilar qadami qizlik eshikka sharaf! Sovchilar oqshom vaqti keldi. Uy bekasi dasturxon yoydi. Xo'jasi mezbonlik qildi. - Xush ko'rdik, xush ko'rdik, - dedi. - Xushvaqt bo'l, qassob, xushvaqt bo'l, - dedi sovchilar. - Qani, ilohi omin, shu uyda katta-katta to'ylar bo'lsin, olloh-akbar! - Olloh-akbar! Aytganingiz kelsin! Palovdan keyin tarvuz so'yildi. Sovchilar odatlari bo'yicha u yoq-bu yoqdan gapirishib o'tirdi. Eson qassobni haminqadar eladi. Keyin, maqsadga o'tdi. - Singlingning boshiga baxt qushi qo'nib turibdi, qassob, uchirib yubormasang bo'ldi, - dedi. - Aslini bilmay, so'z demaslar, naslini bilmay, qiz bermaslar, - dedi qassob. - Kim ekan, u? 2 Qishloqda bir bo'zbola bo'ladi. Oydinda yurgan odamlar (qissa). Tog'ay Murod Bo'zbola yelkador, pishiq qomatlik bo'ladi. Kulcha yuzlarida chuqur-chuqur kuldirgichlari bo'ladi. Qo'y ko'zlik, siyrak qoshlik bo'ladi. Bo'zbola qomatini g'oz tutadi. Joyida tik turadi. Qo'llarini ko'kragiga qovushtiradi yo beliga tiraydi. Bir nuqtaga tikiladi. Qayerga tikiladi, nimaga tikiladi? Bilmaymiz, biz bilmaymiz. Inchunin, o'zi-da bilmaydi. Bo'zbolani ilk bor ko'ramiz. Shunda, bu bola yo qattiq qayg'uda, yo bir nimani o'ylab o'yiga yetolmayapti, deymiz. Yurish-turishidan kekkayadi, o'zidan o'zgani oyog'i bilan ko'rsatadi, deymiz. Shox-u butog'ing bormi, muncha kerilasan, deymiz. U mizoji xush ko'rmish odamlar bilan salom-alik qiladi. Bordi-keldi qiladi. Chin dildan gapirishadi. Ochilib gurunglashadi. Ko'ngliga o'tirmaydiganlar bilan salomlashgisida kelmaydi! Oqibat, bo'zbola bizni nazarga ilmaydi, deymiz. Oqibat, bo'zbolani birovimiz xush ko'ramiz, birovimiz noxush ko'ramiz. U o'zini biz uchun dil-dildan oshno biladi. Bizga sodiq mehr qo'yadi. Biz bilan hamisha xayrixoh, hamdard bo'ladi. Bir qorindan talashib chiqqanlardayin bo'lsam, deydi. Aqalli, bir, bir yomonligimizni ko'rsa bo'ldi! Bizdan qo'lini yuvib qo'ltiqqa uradi. Biz bilan salom-alik qilmaslik payida bo'ladi. Bizdan qaytganini bizga-da, birovga-da aytmaydi. Qoboq-tumshuq qiladi. Ichimdan top deb yuradi. U odamovi! U olislardan ko'z uzmaydi, kipriklarini-da pirpiratmaydi. Biz u tikilmish tarafga qaraymiz. Zangori ufq. Shu! Aqalli bulutlar-da yo'q. U bizni hayron qoldirib-qoldirib yashaydi! Bir nimani so'rasak, ha yo yo'q deb qo'ya qoladi. Qo'liga suv beramiz. Suvni go'yo birinchi ko'rayotganday tikiladi. O'zicha bosh irg'ab qo'ya qoladi. Biz og'rinamiz. Minnatdorchilikni tilab olamiz. «Sen ham odamga o'xshab ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
163.66 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
163.66 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:42 ]
Arxiv ichida: docx