Xalq og'zaki ijodi - bebaho boylik. Alpomish, Rustamxon dostoni

Xalq og'zaki ijodi - bebaho boylik. Alpomish, Rustamxon dostoni

O'quvchilarga / Adabiyot
Xalq og'zaki ijodi - bebaho boylik. Alpomish, Rustamxon dostoni - rasmi

Material tavsifi

Rustamxon dostoni XALQ OG'ZAKI IJODI Rustamxon Dostoni 1937-yilda bahshi Fozil Yo'ldosh o'g'li tilidan Hodi Zarif yozib olgan. bahshichilikda foydalaniladigan cholg'u asboblari Fozil Yo'ldosh o'g'li kim? Fozil shoir 1872-yilda hozirgi Jizzax viloyatining Baxmal tumani Loyqa qishlog'ida tug'ilgan. Yetimlikda o'sgan bo'lajak shoir cho'ponlik qilgan vaqtlarida do'mbira jo'rligida terma va dostonlar aytishga qiziqqan. Fozil Yo'ldosh 40 dan oshiq xalq dostonlarini to'la yod bilgan va betakror talanti bilan aytgan dostonlarining badiiy jihatdan boshqalarnikidan mu­kammal bo'lishiga erishgan. Rustamxon dostoni ham shunday dostonlardan biri. Rustam kim? Dostonning bosh qahramoni Rustam yoshligidan baquvvat, mard va jasur bo'lib ulg'aydi. Doston voqealari rivojida Rustamning qo'rqmas va dovyurakligini, chin insoniylik sifatlarini ko'rish mumkin. Kundoshlari tuhmat bilan onasini yurtdan haydab, dorga osdirmoqchi bo'lganida, Rustam sarosimaga tushmadi. Onasini jallodlar qo'lidan qutqarib: «Adashganning oldi yo'l», - deya yo'lga tushadi va Hukumu tog'ida qo'nim topib, ovchilik bilan kun ko'ra boshlaydi. Doston haqida Qisqa rezumi «Rustamxon» dostonida o'z davrining ijtimoiy-siyosiy munosabatlari, ishq-muhabbat sarguzashtlari, turli fantastik uydirmalar, ertaklarga xos voqealarning yuksak badiiyati bilan yo'g'rilgan tasvirlar kishini hayajonga soladi. Asar matnida xalqimizning qadimiy, boy tiliga xos fazilatlar, xalqona ibora va ifodalar, shu tilning imkoniyati, nafosati, kuchi va qudrati ham yorqin namoyon bo'lgan. Qiziqarli topshiriqlar Nima uchun o'xshaydi? integratsiya o'yini. Rustamxon dostonining quyidagi asarlarga qanday o'xshashligi bor? Xalq dostonlari haqida Doston forscha so'z bo'lib, qissa, hikoya, sarguzasht, ta'rif ma'nolarini bildiradi. Adabiy atama sifatida ham folklorning, ham yozma adabiyotning muayyan janrini anglatadi. Xalq og'zaki ilodiga mansub asarlarni yozma dos-tonlardan farqlash uchun ular xalq dostonlari deb yuritiladi. Favqulodda xususiyatlarga ega qahramonlarning boshidan o'tgan qaltis voqealar she'r va nasriy yo'lda aralash tasvirlangan yirik hajmli, muallifi noma'lum epik asar­lar xalq dostonlari deyiladi. 1. Qahramonlik dostonlari. 2. Jangnoma dostonlar. 3. Romanik dostonlar. 4. Tarixiy dostonlar. 5. Kitobiy dostonlar. Xalq dostonlar olimlar tomonidan quyidagi turlarga ajratilgan: Sa'j nima? Xalq dostonlaridagi nasriy tasvirlar ham juda o'ziga xos bo'lib, ko'pincha, saj' yo'lida, ya'ni qofiyali sochma ko'rinishida keladi. Nasriy tasvirlarning bu tarzda berilishi xalq dostonlarining ifoda darajasini yuksaltirib, badiiy ta'sirchanligini orttiradi. Epik qolip nima? Xalq dostonlarining deyarli hammasida uchraydigan ifoda va tasvirlar folklorshunoslikda epik qoliplar deyiladi. Ular xalq dostonlarida takrorlanib turadigan holatlar tasvirida qo'llaniladi. Dostonlarning boshlanish va tugallanishi, personajlaming ko'rinishi, o'zaro munosabatlari, tulporlarga berilgan ta'riflar, safar yoki jang tasvirida epik qoliplardan foydalaniladi. Misol uchun: Dam shu damdir, o'zga damni dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema yoki: Kokillarim eshilgandir tol-tol, Har toliga bersa yetmas dunyo mol. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.13 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.13 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga