Xo'janazar Huvaydo. Rohati dil dostoni Dars rejasi: 1. Xo'janazar Hubaydo hayoti haqida ma'lumot. 2. Shoir lirikasi. 3. Rohati dil dostonining badiiy qimmati. Tayanch so'z va iboralar: Oilaviy muhit, boshlang'ich ta'lim, mehnat faoliyati, xalq ta'limi, ijodiy merosi, g'azallari, shoir dunyoqarashi, hafs balosi, orifona g'azallar, oshiqona g'azallar O'zbek mumtoz adabiyotida, xususan, mutasavvuf shoirlar silsilasida Xo'janazar G'oyibnazar o'g'li Huvaydo muhim o'rin tutadi. Huvaydo o'zining manzil - makoni, kelib chiqishi haqida bunday deb yozadi. Kaminaning oti Xo'janazardir, Atosining oti Go'yibnazardur. Nasabda Ushbu mavludi Chimyoniy, G'aribu xokisoru dil parishoniy. Ushbu misralar Huvaydoning ismi otasining oti, sulolasi asli ushlik bo'lib, shoir Chimyonda tug'ilganidan dalolat berib turibdi. Haqiqatan, Xuvaydoning otasi G'oyibnazar Yernazar o'g'li 1104 - hijriy yilda bir guruh marg'ilonlik qarindoshlari bilan birga Chimyonga ko'chib kelib, chimyonlik bir qiz bilan oila ko'rgan. Huvaydo shu oilada, shu maskanda tavallud topgan. Huvaydoning tug'ilgan yili aniq emas. Qarindosh-urug'larining xotiralariga suyaniladigan bo'lsa, u taxminan 1704-yili tug'ilgan. G'oyibnazar Chimyonda nufuzli maktabdor eshon edi. U Qashqarda shuhrat qozongan Ofoq xo'ja muridlaridan bo'lib, piriga ixlos va hurmatini ramzi sifatida o'g'liga Xo'janazar ismini bergan. Huvaydo shoirning adabiy taxallusidir. Xo'janazar Huvaydo Chimyondagi maktabda oladi. So'ng bilimini takomillashtirish maqsadida Qo'qon madrasalarida tahsilni davom ettirdi. O'z ma'naviy olamini Sharq mumtoz adabiyoti, falsafasi, islom va tasavvuf ilmi durdonalari bilan boyitdi. Tahsilni tugallab, Chimyonga qaytgach, Huvaydo ham to'quvchilik san'ati bilan mashg'ul bo'ldi. Huvaydo umrining asosiy qismini xalq ta'limiga bag'ishladi. Huvaydo umrining oxirigacha Chimyonda yashadi va taxminan 1780-1781 yillarda vafot etdi. Huvaydodan bizga bir devon me'ros qolgan. Huvaydo sulolasidan yetishib chiqqan Sirojiy, Salohiddin Soqib, Samar Bonu kabi iste'dodli shoirlar adabiyotimiz tarixida iz qoldirganlar. Salohiddin Soqib bobosi merosini devon holida shakllantirib, qayta ko'chirtirib qoldirgan. Devon mutoalasida Huvaydo g'azal, mustazod, ruboiy, chiston kabi ruhbob she'r turlari, masnaviy singari epik nazm namunalarining mumtoz ustasi sifatida namoyon bo'ladi. Huvaydo g'azaliyoti, asosan, oshiqona, orifona g'azallardan tashkil topgan. Oshiqona g'azallarda ishqi komil yo'lida insoniy kamolat sari sabot bilan intiluvchi oshiq kechinmalari va qiyofasi ta'sirchan tasvirlangan. Orifona g'azallarda esa Huvaydo donishmand faylasuf siymo sifatida qavdalanadi. Bunday g'azallar insonni ma'naviy kamol toptiruvchi so'fiyona ma'rifat g'oyalari bilan yo'g'rilganki, buni tahlil jarayonida alohida kuzatamiz. Huvaydo mazmun-mundarija, shakily-badiiy jihatlardan mukammal mustazodlar yaratib qoldirgan. Mana bu baytlar bilan boshlanuvchi asar shoirning mustazod bitishdagi mahoratini yaqqol namunasdir. Ko'rdim tuno kun ko'chada bir mahliqoni, hayron bo'la qoldim, Husnidan ani ko'nglum uyi topdi ziyoni, raxshon bo'la qoldim, Aytdim: Ey pari, qayga borursan jadal aylab? Achchiq'lanib aytur: Shohim, na so'rarsan, na ishing bor bu zamoni? pozmon bo'la qoldim. Huvaydo ruboiyoti ham falsafiy - ramziy ma'nolar bilan ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.16 KB
Ko'rishlar soni
343 marta
Ko'chirishlar soni
257 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.16 KB
Ko'rishlar soni
343 marta
Ko'chirishlar soni
257 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:47 ]
Arxiv ichida: doc