XX-asr adabiyoti. Mahmudxo'ja Behbudiy va uning Padarkush dramasi

XX-asr adabiyoti. Mahmudxo'ja Behbudiy va uning Padarkush dramasi

O'quvchilarga / Adabiyot
XX-asr adabiyoti. Mahmudxo'ja Behbudiy va uning Padarkush dramasi - rasmi

Material tavsifi

XX asr adabiyoti. Mahmudxo'ja Behbudiy. Padarkush dramasi Dars rejasi: 1. Asr boshidagi o'zbek adabiyoti, ijtimoiy-siyosiy hayot, matbuot va adabiyot. 2. M.Behbudiyning hayoti va ijodi. 3. Behbudiy o'zbek dramaturgiyasining asoschisi. 4. Padarkush dramasining tarbiyaviy ahamiyati. Tayanch so'z va iboralar: Ma'rifatchilik adabiyoti, ta'lim sohasi, teatr ishlari, ilk o'zbek dramasi, asarning asosiy g'oyasi va ahamiyati, milliy va insoniy qadrni anglash, XX asr adabiyotida o'zlikni anglash, ma'rifatga intilish va milliy ozodlik harakati tasviri. Behbudiyning hayoti va ijodi. Padarkush dramasi o'zbek dramaturgiyasining dastlabki namunasi. Dramada ma'rifat va jaholat, ezgulik va yovuzlik timsollari. Ijtimoiy-siyosiy hayot XX asrga kelib, Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hayotda jiddiy o'zgarishlar sodir bo'la boshladi. Mustamlakachilik siyosati yanada kuchaydi. Turkistonning arzon ishchi kuchidan foydalanish va xom-ashyosini o'zlashtirish evaziga Rossiyaning jahon bozoriga chiqish va taraqqiy etgan mamlakatlar bilan raqobatlashuv harakati o'lkada kapitalistik munosabatlarning jonlashishiga olib keldi. Bu jarayonga yerli xalq ichidan etishib chiqayotgan sarmoyodorlarning faollashuvi o'z ta'sirini ko'rsatgan bo'lsada, iqtisodiy turmushda, ishlab chiqarishda, sanoatda taraqqiyot aytarli ko'rinmadi. Chunki mustamlakachilik siyosati Turkistonda tayyor mahsulot ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilishidan manfaatdor emas edi. Turkiston Rossiyaga, asosan, xom-ashyo xazinasi sifatida kerak bo'lib, tayyor mahsulot masalasida unga doim qaram bo'lib turishi lozim edi. Rossiyadagi 1905-yilgi inqilobiy harakatlar sadosi Turkistonga ham etib keldi. Toshkent, Samarqand, Qo'qondagi zavod-fabrikalar va temir yo'l ishchilari orasida ish tashlash, mitinglar bo'lib o'tdi. Aholi o'rtasida mustamlakachi amaldorlar va mahalliy boy-mulkdorlardan haq - huquqni talab qilish, og'ir ish sharoiti, yetishmovchiliklar, nohaqliklarga norozilik bildirish hollari ro'y berdi. Asr boshi Turkistondagi siyosiy harakatlar, da'vatlar Rossiyadagi kabi siyosiy tuntaruv emas, balki undan farqli ularoq, mustamlaka va istibdoddan norozilik hamda milliy-ozodlik harakati tarzida namoyon bo'ldi. S. Qosimxujaev, D. Ustaboev kabi xalq rahnamolari shu yo'nalishda faollik kursatdilar. Samarqand atrofida adolatsizlikka qarshi birlashgan Namoz kabi xalq kasoskorlarining isyoni milliy-ozodlik harakatining o'ziga xos ko'rinishi edi. Rossiyaning 1914 yildagi jahon urishiga tortilishi (unda 70 dan ortiq mamlakat qatnashgan) Turkiston xalqi boshiga ham musibatlar keltirdi. Ikki yil ichida yer solig'I va hunarmandlardan olinadigan soliq deyarli 2.5 barobar oshdi, salkam 100 ming ot, tuya, qoramol tekinga olindi. Xalqning 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan minglab farzandlari Nikolay podshoning amri bilan mardikorlikka yuborilib, ko'pdan - ko'p oilalar boquvchisiz qoldi. Natijada juda ko'p joylarda g'alayonlar, quzg'alonlar bo'ldi. Bu davrda Turkistonga Rossiya ta'sirida ilm - fan, madaniyat, san'at, adabiyot, matbuot sohasida qator ilg'or zamonaviy yangiliklar (telefon, telegraf) ham kirib keldi. Biroq ularning askari missionyerlik maqsadlari bilan yugrilgan edi. Shunday sharoitda milliy uyg'onish, uzlikni anglash, ozodlik harakatlari kuchaydi. Bu harakat 1916 yilda avj pardasiga kutarildi. Samarqandda xalq harbiy gubernator uyi atrofida katta g'alayon ko'tardi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.09 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.09 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga