Yangi o'zbek adabiyoti

Yangi o'zbek adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Yangi o'zbek adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

Yangi o'zbek adabiyoti Sizga tarixdan yaxshi ma'lumki, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Turkiston o'lkasi mamlakatlarida iqtisodiy, siyosiy, harbiy tanazzul avj nuqtaga chiqdi. Uch xonlikka bo'linib ketgan qadim Turkiston aholisi dunyodagi rivojlangan mamlakatlardan deyarli uzilgan holda hayot kechirardi. Xonliklardagi ijtimoiy tartibot bir necha asr oldingi mezonlarga asoslangan bo'lib, yangi zamon talablariga mutlaqo javob bermas, ilg'or ijtimoiy tafakkurning o'sha bosqichiga xos yetakchi xususiyatlarni hisobga olmasdi. Ijtimoiy hayotdagi qoloqlik, siyosiy tuzumning nobopligi, tashkiliy-boshqaruv tizimining zamondan ortda qolganligi o'lka aholisining turmush tarziga ham keskin salbiy ta'sir ko'rsatgan va u ma'rifatsizlik, qashshoqlik qa'riga uloqtirilgan edi. Xalqning ma'rifiy darajasini ko'tarish, unga erk berish, hayotini farovonlashtirish singari masalalar hukmdorlarni mutlaqo bezovta qilmas, ular mavjud turmush tarzini o'zgartirishni o'ylamasdilar ham. Buning o'rniga har uch xonlik ham o'z chegaralarini qo'shnisi hisobiga kengaytirish, «begona mamlakat»ni talash yo'li bilan xazinani to'ldirish payida edi. Ulug' maqsadning yo'qligi, oqibatsizlik, toro'ylik, bugunning manfaati bilangina yashash hukmdorlarni oyoqning tagidan narini ko'rolmaydigan holatga keltirib qo'ygandi. Shu holiga har bir xon o'zini yer yuzidagi eng qudratli hukmdorlardan deb bilar, qo'shnisiga qanday yashashni o'rgatib qo'yish da'vosida yurardi. Turkiston hukmdorlari o'rtasidagi bu kayfiyat bosqinchi mamlakatlarga juda qo'l keldi. Shulardan eng yirigi, va «dunyo jandarmeriyasi» nomini olgani, bosqinchilikda chegara bilmaydigan chor Rossiyasi o'z imperiyachilik maqsadlari yo'lida bir zamonlar shonli saltanatlar qurib, dunyo so'ragan turkistonlik hukmdorlarning ayni vaqtdagi holatidan ustalik bilan foydalandi. Rossiya siyosatchilari va ularning o'zimizdagi hamtovoqlari xonliklar orasiga kelishmovchiliklar solib, ularni bir-birlariga qarshi gij-gijlab, yovlashtirdi. Xonliklar o'rtasidagi oqibatsizlik, boshboshdoqlik rus bosqinchilari-ga ularni birma-bir o'ziga bo'ysundirish imkonini berdi. Dunyodagi ko'pchilik xalqlarda millat tuyg'usi qaror topayotgan, muayyan millat shaklida bo'lishgina xalqqa tarixda o'z o'rniga egalik qilish imkonini berishi oydinlashgan bir sharoitda turkistonlik hukmdorlar o'rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o'lchovlar bilan ish ko'rishdi. Ular zamon zaylini, davr talabini, kun sayin o'zgarib borayotgan sharoitni hisobga ola bilmadilar. Ma'rifatsizlik tufayli mavjud idora usuli isloh qilinmadi, boshqarish usullari davrga moslashtirilmadi. Turkistonlik xonlar bugunda turgani holda kechaning havosi bilan nafas olishda davom etdilar. Shuning uchun ham umumiy dushman bo'lmish Rossiya lashkari Turkiston o'lkasini bosib ola boshlagan vaqtda Buxoro amirligi bilan Qo'qon xonligi bir yoqadan bosh chiqarish o'rniga, bir-biri bilan qirpichoq bo'lishdi. Ruslar Qo'qon xonligiga tegishli yerlarga bosqinchilik qilganda, qo'qonliklarning g'ayridinlarga qarshi jangga otlanganidan foydalangan Buxoro amiri bu mamlakatga urush ochdi. Natijada, Qo'qon xoni o'z askarlarini»ortga qaytarishga majbur bo'ldi. Keyinchalik, chor Rossiyasi qo'shinlari Buxoro amirligi lashkar-larini yanchib tashlaganda, bosqinchilardan zarba yeb, o'ziga kelolmayotgan Qo'qon, tabiiyki, unga yordam berolmadi. Shu tariqa, 1868-yilda Buxoro amirligi, 1873-yilda Xiva xonligi Rossiya podshosining vassaliga aylantirildi. Qo'qon xonligi esa 1876-yilda tamomila tugatilib, uning hududi chor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.53 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:48 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.53 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga