Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig dostoni Dars rejasi: 1. Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodiy faoliyati haqida. 2. Adib asarining bizgacha yetib kelgan nusxalari haqida nimalarni bilasiz? 3. Qutadg'u bilig obrazlari. Tayanch so'z va iboralar: Yozma adabiyotning ilk yirik namunasi, didaktik doston, turkiylar istiqomat qiladigan qadimiy shahar, el-yurt madhiyasi, Qutadg'u bilig siymolari. Yusuf Xos Hojib XI asrning 20-yillarida Bolosog'unda tug'ilgan. Qutadg'u bilig asarini 1069-1070-yillarda Qashqarda yozib tugallaydi. Asar turkiy tildagi yozma adabiyotning ilk yirik asari hisoblanadi Yusuf Xos Hojib davrining turkiy muhitdagi dunyoga kelgan zamonasining eng muhim fanlaridan bilimlar olgan. Taassufliki, bu buyuk alloma haqida uning o'z asaridan boshqa biror yerda ma'lumotlar saqlangan emas. Asardagi ma'lumotlar esa quyidagilardan iborat. Kitob muqaddimasida adib o'zining tug'ilgan yurtini eslatib o'tadi: Munuqi turug'laq Quz O'rdu eli, Tub - asli, nasabdin yurumish tili. (Buning tug'ilgan eli, Quz O'rdudir, Tub - asli, nasl - nasabdan tili so'z ochdi.) Quz O'rdu turkiylar istiqomat qiladigan qadimiy shaharlardan biri. U Bolosog'un nomli bilan ham mashhur bo'lgan. Bu shahar XI asrda yozilgan yana bir muhtasham obida-Mahmud Koshg'ariyning Devoni lug'otit-turk asarida bir necha marta tilga olinadi. Jumladan,bu shaharning arg'un lahjasida Quz ulus, o'g'o'z lahjasida esa Quz O'rdu deb yurtilishini Mahmud Qoshg'ariy maxsus qayd etadi. Yusuf Xos Hojib ham, Mahmud Qoshg'ariyga o'xshab ko'pgina o'lkalarni kezib chiqqan, talaygina sayr-u sayohatlarda bo'lgan. Adib asarini yozishga bir yarim yil vaqt sarflaydi. O'n sakkiz oy, tabiiyki, asarni bevosita yozish uchun sarflangan muddat. Adibning unga katta tayyorgarlik ko'rgani va ko'p kuch sarflagani aniq. Har holda asarning Qashg'arda tugatilgani maxsus qayd etiladi. Adibning ismi Yusuf ekanligi haqida asar so'ngidagi qasidalardan birida o'qiymiz. Ey Yusuf, kerak so'zni ro'yi rost so'zla, keraksiz so'zni yashir, (chunki u) ziyon qiladi. Kitob Qashg'ar elining eligi (hukmdori) Tabg'ach ulug' Bug'ro xonga tortiq qilinadi. Buning evaziga esa Xos Hojiblik lavozimi bilan taqdirlanadi. Asardan bilinadiki, adib doston yozilgan paytda ellik bilan oltmish yosh orasida bo'lgan. Qutadg'u bilig -qut (saodat, baxt)ga eltuvchi bilim, demakdir. Bu asarning maydonga kelishi yuqorida aytganimizday, nihoyatda kuchli hayotiy zarurat va ma'naviy ehtiyoj samarasidir. Aslida uni vatan, el-yurt madhiyasi, deb atash mumkin. Zero, asar to'laligicha turkiy xalqlarning davlat tuzilishi, el-yurt farovonligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning badiiy tahlilidan iboratdir. Xalq XI asrda Budun - Budun atamalari bilan yuritilgan. Mamlakatning dahlsizligi, uning ravnaqi faqat va faqat bugun bilandir. Bu yerda turu - siyosat, qonun - qoida ma'nosini beradi. Xalqning qanday bo'lishi mamlakat boshlig'iga to'la bog'liqdir. Qutadg'u biligda mamlakat boshlig'i, hukmdor elig yoki bek deb yuritiladi. Alohida ta'kidlash joizki, qadim turklarda tasavvur etilgan. Ushbu tushuncha el so'zi ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.4 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.4 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:50 ]
Arxiv ichida: doc