Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) Bobur ham shoh, ham shoirdir. «Bobur» arab tilida sher degani. Chindan ham u bu nomga munosib shaxsiyat edi. U tariximizning murakkab bir davrida yashadi. Qudratli temuriylar saltanati yemirilib, o'rniga shayboniylar kelayotgan davr edi. Yurt jang-u jadallar ichida qolgandi. Shunday bir paytda o'z yurtiga sig'magan temuriyzoda Bobur Hindistonga bosh olib ketdi. U yerda buyuk saltanat o'rnatdi. O'z jasorati va adolati bilan olis hind xalqi qalbidan joy oldi, uning mehrini qozondi. Boburning avlodlari hind diyorida uch yuz yildan ortiqroq hukmronlik qildilar. Bobur didi va zavqi baland shoir edi. U go'zal g'azallar yozdi. Ruboiyning tengsiz namunalarini yaratdi. Ko'rgan-kechirgan voqealari haqida «Boburnoma» asarini yozib qoldirdi. Uning qalbi musiqaga oshno edi. U sozni go'zal chalgan, ajoyib kuylar yaratgan, musiqa haqida ilmiy kitob yozgan shohlardan edi. Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug'ildi. Otasi temuriyzoda Umarshayx Farg'ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug' Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bo'lajak shoir 12 yoshida ekan, otasi bevaqt halok bo'lib, Farg'ona hokimligi uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo'ladi. Keyin ham ikki marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo'ldi. Lekin saqlab qolish nasib etmadi. Samarqandni ham, Andijonni ham qo'ldan berib, tog'-u toshlarda besh-o'n yigiti bilan goh otliq, goh yayov yurgan paytlari ham bo'ldi. Nihoyat, 1503-yilda Jayhun (Amu)ni kechib, Xurosonga o'tdi. Kobul va G'aznani qo'lga kiritdi. So'ng 1526-yilda esa Hindistonni zabt etib, katta saltanat o'rnatdi. U 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etdi. Keyinroq uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko'chiriladi. Bobur ikki she'riy to'plam - devon tuzgan. Bizgacha shulardan bittasi yetib kelgan. Ikkinchisining taqdiri noma'lum. Hozirda bizning qo'limizda uning to'rt yuzdan ortiq she'ri bor. Shundan ikki yuzdan ortig'i ruboiydir. Ruboiy sharq she'riyatida keng tarqalgan she'r turlaridan, to'rtlik. Aruzning ma'lum vaznidagina yozilgan. Bobur ruboiylari har jihatdan to'kis, mukammal she'riy asarlardir. Ularda Bobur hayotining manzaralari aks etadi. Shoir o'z umrining achchiq-chuchuk kunlaridan so'z ochadi. Mana, ayrim namunalar: Ko'ngli tilagan murodig'a yetsa kishi Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar bo'lmasa olamda, Boshini olib bir sorig'a ketsa kishi. Endi Boburning ushbu ruboiyini (ruboiysini) yozgan holatini ko'z oldimizga keltiraylik. U 19-20 yoshlarda, g'ayrati dunyoga sig'magan paytlari. Lekin Samarqandni ikki marta olib, ikki marta ham tashlab chiqishga majbur bo'ldi. Andijon xiyonatchilar qo'liga o'tgan. Ikki-uch yil tog'-u toshlarda sarson-sargardon yurdi. Nihoyat, hammasi joniga tegdi. Va yuqoridagi satrlar qog'ozga tushdi. Mana yana bir holati: nihoyat u bir qarorga keldi. Amudaryodan o'tdi-yu bir hamla bilan Kobul va G'azna shaharlarini jangsiz egallab oldi. Lekin butun ko'ngli ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:41:33
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.96 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:41 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.96 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:50 ]
Arxiv ichida: docx