Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat (1859-1909)

Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat (1859-1909)

O'quvchilarga / Adabiyot
Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat (1859-1909) - rasmi

Material tavsifi

Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat (1859-1909) O'zbek mumtoz adabiyotidagi eng yaxshi an'analarni davom ettirish bilan birga, o'zbek adabiyoti rivojini yangi bosqichga ko'targan mashhur shoir va publitsist Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat 1859-yilda Qo'qonda savdogar oilasida tug'ilgan. Otasi Mulla Xolmuhammad o'qimishli odam bo'lib, she'riyat bilan ham bir qadar shug'ullangan. Bo'lajak shoir dastlabki ta'limni mahallasidagi maktabdor Muhammad Olimdan oladi. Ota iste'dodli Zokirjon olti oyda «Haftiyak»ni tamom qiladi, «Chor kitob»ga o'tib, «andak fursat»da uni ham tugallaydi. Tengdoshlari hali harflarni tanish bilan ovora bo'lgan bir paytda u yozishni mashq qila boshlaydi. Bo'lajak shoir sakkiz yoshida Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostonini yod oladi, sal o'tib, Navoiy asarlarini o'qishga tutinadi. Iste'dodli bolaning badiiy so'zga mahliyoligi shu darajada ediki, Navoiy boshliq ulug' shoirlarni tushida ko'rib, ularga «Chor devon»dan imtihon topshirib, «she'r mashqig'a ruxsat» oladi va shundan so'ng she'rlar yoza boshlaydi. U 1891-yilda «Turkiston viloyatining gazeti»da e'lon qilgan «Xo'qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. O'zi yozg'oni» deb atalgan va adabiyotshunoslikda shartli ravishda «Furqatnoma» deb nomlanadigan nasriy asarida quyidagi baytni to'qqiz yoshida yozganligini qayd etadi: Mening maktabaro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imloyi savodim. Bo'lajak shoir o'n yoshlarida Fuzuliyni sevib o'qigan. Zokirjon 1870-yilda Ashur Muhammad qoridan Qur'on qiroatini o'rgandi. 1871-1872-yillarda mudarris Poshshoxo'ja eshondan arab tilini o'rganib, madrasa ta'limiga tayyorgarlik ko'radi. Nihoyat, 1873-yili, 14 yoshida madrasaga kiradi. Biroq zamon o'zgarib, bosqinchilar tomonidan Qo'qon xonligi tugatilganligi va barcha madrasalar yopilganligi tufayli o'ta zehnli bo'lishiga qaramay, Zokirjon ta'limni oxiriga yetkaza olmadi. 1879-yilda bo'lajak shoir Yangi Marg'ilon (hozirgi Farg'ona) ga do'kondor tog'asi huzuriga boradi. Bir muddat tog'asi qo'lida ishlagan Zokirjon, keyinroq o'zi kichik do'kon ochib, mustaqil ish yuritadi. Ayni vaqtda, u o'z bilimini oshirish bilan shug'ullandi. Shaxsiy muallim topib, undan dars oldi. Tez orada shaharning eng o'qimishli, bilimdon kishilaridan biriga aylangan Zokirjon endi o'zi boshqalarga xususiy darslar berdi, mirzalik, xattotlik qildi. Lekin bu yillar Furqat uchun she'riyatga oshuftalik davri bo'ldi, deyish mumkin. Ta'sirchan yigit to'lig'icha she'riyatga berildi. Shoirning «Furqat»-ayriliq taxallusini olishi ham Yangi Marg'ilonda yashaganidan bo'lsa kerak, degan qarashlar bor. Lekin Furqat ijodini sinchiklab o'rgangan tadqiqotchi Nurboy Abdulhakim sakkiz yasharligida «Mantiq ut-tayr» asaridagi so'fiyona qarashlardan bahramand bo'lgan shoir taxallus tanlashda Alloh jamolidan judolikni ko'zda tutgan bo'lsa kerak, degan fikrni bildiradi. Adabiyotshunos V. Rahmonov esa shoirning quyidagi bayti tahlilidan shu savolga javob topgan: Zamon ahli shu boisdin taxallus Furqatiy derlar: Necha yildur bir oshubi zamonidin adashganman. (Bayt mazmuni: Bir necha yil bo'ldiki, husni bilan zamonga g'avg'o solgan go'zalimdan adashib qolganman. Shuning uchun zamon ahli meni Furqatiy deydilar.) Furqat otasining qistovi bilan 1880-yilda Qo'qonga qaytib keladi. Biror doimiy yumush ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.73 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.73 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga