Zulfiya Isroilova hayoti va ijodi

Zulfiya Isroilova hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Zulfiya Isroilova hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Zulfiyaning hayoti va ijodi. Zulfiya Isroilova xalqimizning atoqli va ardoqli shoirasi , O'zbekiston xalq shoirasi xalqaro Nilufar , Javoharlar Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasidir . U 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degriz mahallasida tavallud topgan . Avval boshlang'1ich maktabda so'ng xotin qizlar bilim yurtida tahsil olgan .1935-1938 yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adbiyot instituti aspiranturasida o'qigan .Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan .1953-yildan 1980-yilgacha qariyib o'ttiz yilga yaqin Respublikamizda keng tarqalgan Saodat nomli xotin qizlar jurnalida bosh muharrir bo'lgan . Zulfiyaning daslabki sherlari Hayot varaqlari nomi bilan 1932-yilda bosilib chiqqan .Shundan so'ng shoiraning Sherlar va Qizlar qo'shig'I (1938), Uni Farxod der edilar (1943), Hijron kunlarida (1944), Dalada bir kun (1948), Tong qo'shig'i(1953), Yuragimga yaqin kishilar (1958), Kuylarim sizga(1965), O'ylar ,Shalola kabi o'nlab sheriy to'plamlari chop etilgan . U atoqli o'zbek shoiri Hamid Olimjon bilan oila qurib , ular shirin hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina avariyasi tufayli turmush o'rtog'idan ayriladi .Shundan so'ng u Hamid Olimjonning ishlarini davom ettiradi . Uning Semrug' Zaynab va Omon dostonlari asosida pyesa va opera librettolarini yaratadi .O'zi ham Quyoshli qalam , Mushoira , Xotira siniqlari kabi poemalar yozadi .Rus , ukrain , ozarbayjon , hind shoiralarining sherlarini o'zbek tiliga tarjima qiladi . Zulfiya keng tanilgan jamoat arbobi edi .Uning sherlari ingliz , nemis , rus ,bolgar ,xitoy ,hind ,yapon , arab , fors , vyetnam kabi juda ko'p xorijiy tillarga tarjima qiingan edi . Shoira 1997-yil 82 yoshida vafot etgan . ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.3 KB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.3 KB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga